Главная » Futbol yangiliklari » Tito Vilanova vafotidan avval Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi
Tito Vilanova vafotidan avval Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi

Tito Vilanova vafotidan avval Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Tito Vilanova vafotidan avval Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 07-06-14, 21:11
Tito Vilanova vafotidan avval Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi
“Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova vafotidan bir hafta avval Messi bilan uchrashib, uni jamoadan ketmaslikka ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Uff.uz Football Espana saytiga asoslanib.

Ispan nashrlari tomonidan xabar qilinishicha, 19-aprelda, Vilanovaning vafotidan bir hafta muqaddam Messi va darvozabon Xose Pinto sobiq bosh murabbiyni ko‘rib kelishni xohlagan. Ammo Vilanova futbolchilar o‘zini bunday holatda ko‘rishlarini istamagan va bunga qarshilik qilgan. Shunday bo‘lsa-da, bu uchrashuv amalga oshirilgan.

O‘sha vaqtda “Barselona” Ispaniya Kubogi finalida “Real”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan va Messi qattiq tanqid ostida qolgan edi. “Barselona” klubi prezidenti Xosep Bartomeu Tito Vilanovaga murojaat qilgach, murabbiy Messi bilan gaplashishga rozi bo‘lgan. Bu uchrashuv 19-aprelda bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv davomida Messi “Barselona”dan ketishni rejalashtirayotganini tan olgan. Futbolchining so‘zlariga qaraganda, ketishga qaror qilishiga sabab pulda bo‘lmagan.

Ammo ikki soatlik suhbat chog‘ida Vilanova Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndira olgan. Ertasi kuni Messi Bilbaoning “Atletik” jamoasiga qarshi kechgan bahsda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lgan (2:1).

Xosep Bartomeu 24-aprel kuni Tito Vilanovaning oldiga kelgan va Messiga ta’sir o‘tkaza olgani hamda jamoada olib qolgani uchun murabbiyga minnatdorlik bildirgan. Oradan bir kun o‘tib, murabbiy vafot etgan. Tito Vilanova 25-aprelda, 45 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 19-may sanasida “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolagan edi.
Логин:
Пароль: