Главная » Yangiliklar » Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?
Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?

Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?
  • Дата релиза: 07-03-18, 22:03
Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?
“Bojalar” guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov biz bilan bo`lgan suhbatda, televideniedagi faoliyatiga tanqidiy fikr bildirgan tomoshabinlarga javob berib o`tdi...

— Teletomoshabinlarning har bir fikrini to`g`ri qabul qilaman. To`g`ri, ishonmasligingiz mumkin, lekin tanqidni yaxshi ko`raman. Chunki tanqid xatolarimizni ko`zgudek, o`zimizga ko`rsatib beradi. Kamchiliklarni esa doimiy ravishda to`ldirib borishga harakat qilyapmiz.

Odamlar efirga uzatilayotgan hajviy ko`rsatuvlar haqida ko`p salbiy fikr bildirishyapti. Fursatdan foydalanib bir gapni alohida aytib o`tsam degandim. Menimcha, san`atga qiziqqan har bir insonning iqtidorini namoyish etishga haqqi bor. Masalan, agar vaqtida rahmatli Mo`min Oripov ikkimizga ustozimiz Tohir Sodiqov o`z konsertida chiqish imkonini bermaganida, balki biz bugun umuman sahnada bo`lmasdik. Tohir akaning yakkaxon konsertida bor-yo`g`i bitta qo`shiq kuyladik va bu bizga ko`plab eshiklarni ochdi. Shuning uchun ham bugun ijod qilaman degan yoshlarga oz bo`lsa ham vaqt ajratishga harakat qilyapman. Kimdir eplab ketadi, kim esa yo`q. U yog`i menga bog`liq emas. Tanqidchi va tahlilchi tomoshabinning o`zi, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratib oladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: