Главная » Yangiliklar » Toshkentda Huawei P10 smartfoni sotuvga chiqdi
Toshkentda Huawei P10 smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Huawei P10 smartfoni sotuvga chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda Huawei P10 smartfoni sotuvga chiqdi
  • Дата релиза: 24-05-17, 20:13
Toshkentda Huawei P10 smartfoni sotuvga chiqdi
Shu yilning boshida MWC 2017 anjumanida namoyish qilingan Huawei P10 smartfoni O‘zbekistonda sotuvga chiqdi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Smartfon 5,1 dyuymli Full HD va 1920×1080 pikselli displey bilan jihozlangan. Kirin 960 protsessori ega, akkumulyatorining hajmi esa 3200 mA/soat sig‘imga teng. 20 megapikselli monoxrom va 12 megapikselga teng rangli sensorli ikkita asosiy kameraga ega, frontal kamerasi esa 8 megapiksel. Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei P10’ning asosiy jihati — Leica kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqarilgan ikkita asosiy orqa kameraga egaligi. Ulardan biri 12 megapiksel va u rangli tasvirni beradi, ikkinchisi esa 20 megapiksel va monoxrom tartibda suratga olishni amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, bu tasvirning qorong‘ida ham aniq chiqishini ta’minlaydi.

Toshkent savdo markazlarida P10’ning 4 gigabaytli tezkor xotira va 64 gigabayt ichki xotiraga ega hamda ikkita sim-karta ketuvchi modeli 4 860 000 so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “parvona.com” sayti kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: