Главная » Yangiliklar » Toshkentda Samsung Galaxy A8 (2018) smartfoni sotuvga chiqdi
Toshkentda Samsung Galaxy A8 (2018) smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Samsung Galaxy A8 (2018) smartfoni sotuvga chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda Samsung Galaxy A8 (2018) smartfoni sotuvga chiqdi
  • Дата релиза: 05-02-18, 16:04
Toshkentda Samsung Galaxy A8 (2018) smartfoni sotuvga chiqdi
Samsung kompaniya O‘zbekistonda yangi Galaxy A8 (2018) modelini sota boshladi. Smartfon hoshiyasiz 5,6 dyuymli displey va selfi uchun ikkita kamera bilan jihozlangan, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Smartfonning orqa tomonida bitta 16 megapikselli kamera joylashgan.

Yangi qurilmaning asosini 8 yadroli Exynos 7885 protsessori tashkil etadi. Galaxy A8 (2018) ning tezkor xotirasi 4 gigabaytni, ichki xotirasi esa 32 va 64 gigabaytni tashkil etadi. Shuningdek, unga 256 gigabaytgacha bo‘lgan flesh-xotirani ham joylashtirish mumkin. Qurilma Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Modelda “Doimo yoniq ekran” funksiyasi mavjud bo‘lib, bu shunchaki ekranga qaragan holda uni blokdan chiqarmasdan turib ma’lumotlardan tezkor ravishda xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Galaxy A8’ning akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soatga teng. Shuningdek, unga suv hamda changdan himoya qiluvchi IP68 standarti o‘rnatilgan.

Toshkentdagi savdo markazlarida Samsung Galaxy A8 (2018) qurilmasining 4 gigabayt tezkor xotira va 32 gigabayt ichki xotiraga ega modeli 3 977 000 so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: