Главная » Yangiliklar » ​Toshkentdagi shifoxonalarda dori-darmonlarning bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi
​Toshkentdagi shifoxonalarda dori-darmonlarning bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi

​Toshkentdagi shifoxonalarda dori-darmonlarning bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentdagi shifoxonalarda dori-darmonlarning bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi
  • Дата релиза: 18-02-17, 09:14
​Toshkentdagi shifoxonalarda dori-darmonlarning bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi
2017 yil 17 fevralida Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahrida Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi 159-sonli qarorga imzo chekdi. Ushbu hujjatning mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida bugun Toshkent shahar hokimligida brifing uyushtirildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-2647-sonli, 2016 yil 20 dekabrlagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida” 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ-2647-sonli qaroriga o`zgartish kiritish to`g`risida”gi 2685-sonli, 2017 yil 8 fevraldagi “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2007 yil 2 oktyabrdagi 700-sonli qaroriga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi 2760-sonli qarorlari va 2017 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda respublika aholisiga yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo`yicha Ishchi guruhni tashkil etish to`g`risida”gi R-4837-sonli farmoyishi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 5 yanvar va 7 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlash tizimining holati, muammolari va rivojlantirish istiqbollari mavzusida o`tkazilgan yig`ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta`minlash, shuningdek aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatni va tez tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash, oilaviy poliklinikalar tomonidan ko`rsatilayotgan patronaj xizmati sifatini yanada takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar sog`lig`ini mustahkamlash, tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, tizimda yuz berayotgan ta`magirlik, tovlamachilik, bemorlarga e`tiborsizlik kabi illatlarni oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-sonli qaroriga o`zgartish kiritish to`g`risida”gi 2760-sonli qarori talablariga muvofiq, Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i, shuningdek shahar tibbiy diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimiga, tegishli tuman hokimi bilan kelishilgan holda, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanishi belgilangandi.

Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko`rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas`uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko`rilib, mazkur talablar asosida sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo`yicha egallab turgan lavozimiga munosibligi har yili tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda attestasiyadan o`tkazib baholab boriladi.

Endilikda Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog`lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag`larni kamida ikki barobarga oshiriladi va shifoxonada yotib yoki stasionar tartibda davolanayotgan bemorlarni tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalari bilan tanishtirib borish maqsadida barcha palatalarda dori-darmon vositalarining ro`yxatlari o`rnatilib, bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat`iyan chek qo`yiladi.

Mazkur qarorga ko`ra, shuningdek, tuman hokimiyatlari soliq inspeksiyalari bilan hamkorlikda yirik tibbiyot muassasalari joylashgan hududda faoliyat olib borayotgan dorixonalarda, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi yuzasidan monitoring o`tkazib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida” 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ-2647-sonli qaroriga o`zgartish kiritish to`g`risida”gi 2685-sonli qarori talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda qonun doirasida chora ko`radilar.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: