Главная » Yangiliklar » Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani qanday qilib qaytadan olish mumkin?
Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani qanday qilib qaytadan olish mumkin?

Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani qanday qilib qaytadan olish mumkin?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani qanday qilib qaytadan olish mumkin?
  • Дата релиза: 17-06-18, 17:04
Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani qanday qilib qaytadan olish mumkin?
Guvohnomalarni (tug`ilganlik, nikoh, ajralish, o`lim) qaytadan olish holatlarida FHDYo (ZAGS) organlariga murojaat qilish lozim, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Bunda o`sha dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga yoki o`zi yashab turgan joydagi FHDYo organiga murojaat etish mumkin.

Yashash joyidagi FHDYo organi orqali takroriy guvohnoma berish to`g`risidagi iltimos bilan murojaat etilganda arizani qabul qilgan FHDYo organi uni guvohnomani bergan FHDYo organiga ijro uchun jo`natadi.

Pochta orqali kelib tushgan takroriy guvohnoma so`ralgan arizalar shu kuni ijro etiladi va yo`llanma xat bilan birgalikda FHDYo organiga jo`natiladi va bir vaqtning o`zida ariza beruvchiga guvohnoma jo`natilgani haqida xabarnoma yuboriladi.

Ariza beruvchi guvohnomani bergan FHDYo organiga murojaat etganda takroriy guvohnoma shu kuniyoq beriladi.

Tug`ilganlik haqida takroriy guvohnomalar o`sha shaxsning o`ziga, uning ota-onasiga yoki tasdiqlangan ishonch qog`ozi asosida boshqa shaxslarga beriladi.

Vafot etgan shaxsga nisbatan tug`ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tug`ilganligi haqida ma`lumotnoma berilishi mumkin.

O`lim haqidagi takroriy guvohnomalar marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo`rlariga yoki ishonch qog`oziga ega bo`lgan shaxslarga beriladi.

Nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnomalar tegishli shaxslarning o`zlariga yoki ishonch qog`oziga ega bo`lgan shaxslarga beriladi.

Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma`lumotnoma berilishi mumkin.

Takroriy guvohnomalar berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig`imi (o`lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) va eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida davlat boji to`lash lozim.

Eslatib o`tamiz, takroriy guvohnomalarni berish 2018 yil 1 iyundan e`tiboran Nukus, Andijon, Namangan, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo`qon shaharlari, Yunusobod, Do`stlik, Pastdarg`om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: