Главная » Yangiliklar » Usmonovaning "Sen va men uchun" dasturi endi viloyatlarda. Qachon va qaerda? Batafsil tanishtiramiz!
Usmonovaning

Usmonovaning "Sen va men uchun" dasturi endi viloyatlarda. Qachon va qaerda? Batafsil tanishtiramiz!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Usmonovaning "Sen va men uchun" dasturi endi viloyatlarda. Qachon va qaerda? Batafsil tanishtiramiz!
  • Дата релиза: 17-04-18, 08:49
Usmonovaning "Sen va men uchun" dasturi endi viloyatlarda. Qachon va qaerda? Batafsil tanishtiramiz!
O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning "Istiqlol" san`at saroyida o`tgan "Sen va men uchun" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor...

Ushbu konsertga tashrif buyurolmagan muxlislar uchun qulay imkoniyat. Yulduz Usmonova mazkur konsert dasturini viloyatlar bo`ylab taqdim etadi.

Yana ham aniqroq aytadigan bo`lsak, konsert dasturi 12 iyul Nukus shahridagi "Turon" o`yingohi, 13 iyul Buxoro shahridagi "Buxoro arena" o`yingohi, 14 iyul Navoiy shahridagi "Yoshlik" o`yingohi, 15 iyul Samarqand shahridagi "Dinamo" o`yingohi, 16 iyul Qarshi shahridagi "Nasaf" o`yingohi, 17 iyul Jizzax shahridagi "Sug`diyona" o`yingohi, 20 iyul Farg`ona shahridagi "Istiqlol" o`yingohi, 21 iyul Andijon shahridagi "Sog`lom avlod" o`yingohi, 22 iyul Namangan shahridagi "Navbahor" o`yingohi, 23 iyul Bekobod shahridagi "Metallurg" o`yingohida bo`lib o`tadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: