Главная » Yangiliklar » Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda
Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda

Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda
  • Дата релиза: 17-09-18, 12:29
Uzcard: Xavotir olmang, pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda
Kechadan buyon bank plastik kartalari bilan to`lov qilishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabar bergan edik. Uzcard banklararo to`lov tizimi ushbu vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unda qayd etilishicha, Yagona umumrespublika prosessing markazi tizimida 2018 yil 15 sentyabri, kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatilgan. Markaz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Ko`pchilik foydalanuvchilar o`z hisob raqamlarida pullarning yo`qolib qolganidan xavotirda edilar. Bu haqda to`xtalib o`tilar ekan, “Tizim mobil to`lov tizimlari orqali pul mablag`lariga tegishli ma`lumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablag`lariga tegishli barcha ma`lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz”,-deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun: Uzcard banklararo to`lov tizimi bu asosiy elementi mikroprosessorli plastik kartochkalar bo`lgan, qonuniy normalar, normativ hujjatlar va dasturiy texnik echimlar va kerakli tashkiliy texnik infrastruktura uyg`unligiga asoslangan, pul to`lovlarini elektron ko`rinishda amalga oshirish uchun mo`ljallangan va mikroprosessorli bank kartochkalarini chiqaruvchi va mahsulot(ish, xizmat) sotuvchilariga xizmat ko`rsatuvchi banklarni, hisob banki va prosessing tashkilotini bir butun tizimga birlashtiruvchi hududiy to`lov tizimidir.

Uzcard qatnashchi banklar orasida 2005 yil 5 mart kuni VO №-1 “Bank so`mlik mikroprosessorlik plastik kartochkalari bo`yicha xizmat ko`rsatish va ularning operasiyalari bo`yicha o`zaro to`lovlar bilan ta`minlash” haqida umumiy shartnomani imzolaganlar.

Hozirgi kunda, ushbu Markazda 28 xususiy banklarning to`lov tizimlari birlashtirilgan, Uzcard qatnashchilari bo`lmish banklar chiqargan kartochkalar umumxizmat tizimini ta`minlovchi so`mlik plastik kartochkalar orqali hisobning banklararo to`lov tizimi tuzilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: