Главная » Yangiliklar » Via Marokand ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda
Via Marokand ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda

Via Marokand ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Via Marokand ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda
  • Дата релиза: 17-05-18, 11:52
Via Marokand ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi yig‘ilishida “Via Marokand” guruhining “Turist” deb nomlangan video klipini ko‘rib chiqqan edi.

Badiiy kengash yig‘ilishida “Turist” qo‘shig‘ining matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkinligi ta’kidlangandi.

Bundan tashqari, qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan edi.

“O‘zbekkonsert” tomonidan “qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan”, “Turist” video klipi Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Via Marokand” guruhi prodyuseri, aktyor va rejissor Javlon Shodmonov Zo‘r TV telekanalidagi bir qator ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qiladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: