Главная » Yangiliklar » Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 %ga qimmatlashdi
Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 %ga qimmatlashdi

Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 %ga qimmatlashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 %ga qimmatlashdi
  • Дата релиза: 06-02-18, 10:03
Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 %ga qimmatlashdi
2018 yilning birinchi oyi davomida iste`mol bozorida tovar va xizmatlar o`rtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 3,5 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,3 %ga va xizmatlar 1,4 %ga qimmatlashgan. Taqqoslash uchun, o`tgan yilning yanvar oyida tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari 0,8 %ga, shulardan oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar 0,6 %ga oshgandi.

Statistika qo`mitasining tahliliy ma`lumotlariga ko`ra, 2018 yilning yanvar oyida asosiy inflyasion omil sifatida oziq-ovqat tovarlari narxlarining ko`tarilishi sabab bo`ldi.

Oy davomida guruch 7,5 %, sut 5,4 %, tirik va muzlatilgan baliq 4,8 %, sariyog` 4,4 %, tuxum 4,2 %, qaymoq 3,7 %, manniy yormasi 2,7 %, loviya 2,5 %, mol va qo`y go`shti 2,2 %, tvorog 2,1 %, qandolat mahsulotlari o`rtacha 1,8 %, bug`doy uni 1,4 % va o`simlik yog`i narxlari 1,0 %ga oshgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining qimmatlashishi asosan odatiy hisoblangan mavsumiy omillar natijasida ro`y berdi: olma va noklar 12,8 %, pomidor 10,4 %, piyoz 8,7 %, oshqovoq 8,6 %, bodring 6,2 %, kartoshka 4,5 %, yong`oq 3,3 %, lavlagi narxlari 1,4 %ga qimmatlashdi. Asosiy turdagi meva va sabzavotlar narxining oshishi barobarida sabzi 4,0 %ga va karam mahsuloti narxlari 0,2 %ga arzonlashgan.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari orasida birmuncha barqaror holat kuzatilgan bo`lib, bular orasida shakar va parranda go`shti mahsulotlari narxlari pasayganligi ham qayd etilgan (1,0 % hamda 0,8 % ga).

Spirtli ichimliklar narxlarining oshishi 2018 yil 1 yanvardan maxalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga nisbatan yangi aktsiz soliqlarining joriy etilishi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasining minimal ulgurji va chakana sotish narxlarining qayta belgilanishi bilan bog`liqdir. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 2,3 %ga ko`tarilib, umumiy INIning o`sishiga 0,8 f.d.da o`z ta`sirini o`tkazdi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab avtomobillarga gaz to`ldirish shahobchalaridagi propan hamda metan gazlarining sotish narxlari 10,2 % va 11,2 %ga qimmatlashib, umumiy INI o`sishiga 0,1 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlariga bo`lgan aktsiz soliqlarining ko`tarilishi iste`mol bozoridagi sigaret va tamaki mahsulotlarining 8,8 %ga qimmatlashishiga sabab bo`ldi.

Yuqorida nomi qayd etilgan mahsulotlarning narxlari ko`tarilmaganida umumiy inflyasiya darajasi 0,2 f.d.da pastroq ko`rsatkichni tashkil etgan bo`lar edi. Aholi uchun xizmatlar oy davomida o`rtacha 1,4 %ga ko`tarildi. Bu esa INI umumiy o`sishiga 0,3 f.d.da ta`sir etdi, deyiladi qo`mita xabarida.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: