Главная » Yangiliklar » Yaponiyada grippni bir kunda davolaydigan dori vositasi yaratildi
Yaponiyada grippni bir kunda davolaydigan dori vositasi yaratildi

Yaponiyada grippni bir kunda davolaydigan dori vositasi yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Yaponiyada grippni bir kunda davolaydigan dori vositasi yaratildi
  • Дата релиза: 16-02-18, 09:23
Yaponiyada grippni bir kunda davolaydigan dori vositasi yaratildi
Yaponiyaning “Shionogi” farmasevtika kompaniyasi odamni bir kunda grippdan forig` qiladigan dori vositasini yaratdi. Unga baloksavir-marboksil nomi berildi, deb yozadi “Science Alert” nashri.

Ushbu malham samaradorligi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o`tdi. Tajriba-sinovida gripp bilan og`rigan 1436 kishi jalb etilgan. Ular uch guruhga bo`lingan. Birinchi guruh bemorlariga 40-80 milligramm baloksavir-marboksil, ikkinchi guruhga 75 milligramm oseltamivir, uchinchi guruh plasebo dorisi berildi.

Aniqlanishicha, yangi preparat yuborilgan organizmdagi xavfli virus 24 soat ichida yo`qotildi. Ikkinchi guruhda bu muddat 72 soat, uchinchi guruhda 96 soatni tashkil etdi. Boz ustiga, baloksavir-marboksilni qabul qilganlarning kasallikni engishi engilroq kechgan.

Yaponiya komaniyasi ushbu samarali dori vositasini kelgusi yildan boshlab savdoga chiqarishni rejalashtirayapti.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: