Главная » Futbol yangiliklari » Yenrike boshqaruvidagi «Barselona» mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jamoa rekordini takrorladi
Yenrike boshqaruvidagi «Barselona» mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jamoa rekordini takrorladi

Yenrike boshqaruvidagi «Barselona» mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jamoa rekordini takrorladi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Yenrike boshqaruvidagi «Barselona» mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jamoa rekordini takrorladi
  • Дата релиза: 08-02-16, 20:51
Yenrike boshqaruvidagi «Barselona» mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jamoa rekordini takrorladi
«Barselona» «Levante» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (2:0) barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz o'yinlar davomiyligi bo'yicha o'z rekordini takrorladi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi saytida ma'lum qilingan. Ma'lum bo'lishicha, La Liganing 23 turida qayd yetilgan bu g'alabadan so'ng jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi 28taga (23ta g'alaba va 5ta durang) yetdi. Luis Yenrike boshqaruvidagi jamoa oxirgi marta 2015 yilning 3 oktyabrida «Sevilya»ga qarshi o'yinda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Jamoa 127 kundan buyon yutqazish nimaligini bilmay kelmoqda. Qayd yetish kerakki, "ko'k-anorranglilar" La Liganing oxirgi 10ta o'yinida uzluksiz ravishda g'alaba qayd yetgan. Jamoaning bundan oldingi rekordi Xosep Gvardiola bilan qayd yetilgandi. 2010-11 yillar mavsumida kataloniyaliklar shunday natijaga yerishishgan.
Логин:
Пароль: