Главная » YuLDUZLAR GONORARI: O`ZBEKISTONDA XONANDALAR VA AKTYoRLAR QANChA PUL TOPADILAR?
YuLDUZLAR GONORARI: O`ZBEKISTONDA XONANDALAR VA AKTYoRLAR QANChA PUL TOPADILAR?

YuLDUZLAR GONORARI: O`ZBEKISTONDA XONANDALAR VA AKTYoRLAR QANChA PUL TOPADILAR?

  • Категории:
  • Название: YuLDUZLAR GONORARI: O`ZBEKISTONDA XONANDALAR VA AKTYoRLAR QANChA PUL TOPADILAR?
  • Дата релиза: 25-10-17, 12:50
YuLDUZLAR GONORARI: O`ZBEKISTONDA XONANDALAR VA AKTYoRLAR QANChA PUL TOPADILAR?
“Istiqlol” konsert zalining ijarasi bir kunga 12–14 mln so`m turadi. Bunga qo`shimcha ravishda musiqachilarga, rejissyor, dekorasiyalar, sahna monitori, ovoz rejissyori va hokazolarga xarajatlar mavjud. Hammasini chiqarib tashlasangiz, foyda deyarli nol bo`ladi. Konsertga tayyorgarlik qariyb sakkiz oy vaqt oladi. Har bir soha – marketing, ijodiy qism, bezatish alohida e`tibor talab qiladi. Shu sababli konsertni daromad manbai deyii qiyin, ko`proq bu piar uchun kerak.

95% yalpi daromad milliy sektordan tushadi. San`atkorlar xalq talabiga qarab ish ko`radilar. Iqtisodiyotning oltin qoidasiga ko`ra esa, qaerda talab bo`lsa, o`sha erda taklif ham bo`ladi. Oqshomlar, to`ylar, tug`ilgan kunlar va boshqa tantanalar – real daromad manbalari mana shulardir. «Kommersant.uz» nashri o`zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma`lumot to`plab taqdim etdi.

Eng talabgir ijrochilar sirasiga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug`bek Rahmatullaev, Munisa Rizaeva, “Shahzod” guruhi, Ziyodani kiritish mumkin. Ular kuniga to`rt-sakkiz tadbirda qatnashadi. Gonorar ijro etiladigan qo`shiqlar miqdoriga bog`liq. Bir toifa artistlar borki, ular faqat tantanalarda qo`shiq kuylaydilar. TVda chiqmaydilar, klip olmaydilar. Ularning stavkalari 1 mln.dan 3 mln so`mgacha bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: