Главная » Yangiliklar » Zarina Nizomiddinova to`y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o`zgargani haqida
Zarina Nizomiddinova to`y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o`zgargani haqida

Zarina Nizomiddinova to`y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o`zgargani haqida

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Zarina Nizomiddinova to`y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o`zgargani haqida
  • Дата релиза: 18-01-18, 15:25
Zarina Nizomiddinova to`y xizmatlari, plastik jarrohlik va ismi o`zgargani haqida

U hamisha gapso`zlar nishonida. O`zining aytishicha, bu kabi e`tibor ba`zan malol keladi. Axir u ham hamma qatori hayot kechirishga, ijod qilishga haqli, ammo... Iste`dodli aktrisa Zirani NIZOMIDDINOVA bilan omadli va aksincha uyatga qo`ygan rollari, mishmishlar va shaxsiy hayot to`јrisida suhbatlashdik.

— Ayni kunlarda «Saodat» serialining ikkinchi faslida suratga tushyapsiz. Ijodiy jarayon o`zingizga ma`qul bo`lyaptimi?

— Ilk marotaba ssenariy bilan tanishganimdayoq serial g`oyasi menga ma`qul kelgan. Albatta, xolis bahoni tomoshabin beradi, shunday bo`lsa-da, serial omadli chiqishini va ko`p sonli auditoriyaga ega bo`lishini taxmin qilgandim. Haqiqatan ham serial o`zini oqladi. Televidenie doirasida «Saodat» «Yilning eng yaxshi seriali» mukofoti bilan taqdirlandi. Bugun qaerga bormay, hamma meni «Saodat» deya chaqiryapti. Ijodim davomida o`zim uchun anglaganim shuki, odamlar qahramoningizning ismi bilan chaqirishsa, demak rol zamonamiz qahramonlaridan biriga aylanib ulgurgan. Menga «Saodat» deya yangi ism qo`yishganidan xursandman. Ayni kunlarda serialning ikkinchi fasli suratga olinyapti.

— Serialning birinchi faslidan so`ng boshqa rejissyorlardan ham taklif bo`lgandir?

— Ha! Ammo seriallarda suratga tushishni davom ettirmoqchi emasman. Agar «Saodat» singari ssenariysi yaxshi yozilgan teleasar bo`lsa bajonidil, hozircha undayi bo`lmayapti. Ahamiyat bergan bo`lsangiz kinodagi rollarim ham kamayib ketdi.

— Filmdagi rollaringizga hali qaytamiz, «Saodat»dagi qahramoningizning keyingi taqdiri haqida ozroq ma`lumot berolasizmi? Tomoshabinlarga qiziq-da, ikkinchi faslida qanday voqealar bo`lishi...

— Barcha tafsilotlarni aytolmayman-u, ammo serialning ikkinchi faslida kutilmagan burilishlar, hayajonli lahzalar va sevgi uchburchagini ko`rishingiz mumkin. Jamila G`ofurova gavdalantirgan qahramon qanday qilib bo`lsa ham erini qaytarishga urinadi. Bosh qahramonlardan birini ijro etgan Uluјbek Qodirov personaji esa Saodatga ko`ngil qo`ygan bo`ladi. Ammo uni Yigitali Mamajonovnng qahramoni ham yoqtiradi. Xullas, Saodat ikki tomonlama sevgi uchburchagiga tushib qoladi. Yodingizda bo`lsa, serialning birinchi faslida Saodatning akasi vafot etadi, ammo uning hayoti qanday o`tgani ko`rsatilmaydi. Serialning ikkinchi faslida ana o`sha personajning hayoti hikoya qilinadi.

— Yuqorida kinoda rollaringiz kamayib ketganini aytdingiz. Ammo kliplarda suratga tushyapsiz?

— Kliplar u qadar ko`p emas, birbir ko`rinib qolaman, xolos. Kinoda suratga tushmayotganimning sababi yaxshi ssenariylarning yo`qligida. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, oxirgi paytlarda pichoqqa ilinadigan filmlar kam ishlanyapti. Yuki borlarida ham birikki nafar taniqli aktrisalar ishtirok etishadi, xolos. Engilelpi kartinalarda suratga tushgandan ko`ra, vaqtinchalik kinoda ko`rinmay turganim ma`qul. Rostini aytganda, yiliga 5-6 ta filmda rol o`ynaydigan davrdan o`tganman. Aktrisa sifatida ozmiko`pmi o`z muxlislarim bor.

— Yaxshi, kliplar-chi?

— Asli kliplarda rol o`ynash aktrisa uchun «minus» fikrimcha. Shunga ham ularning sonini ko`paytirayotganim yo`q. Gonorar masalasida aniq narhni belgilab qo`yganman, agar bu klip ijodkorlarini qoniqtirsa, hamkorlik masalani o`ylab ko`rishim mumkin.

— Kinodagi rollaringizga ham narx belgilanganmi?

— Yo`q! Filmda meni ssenariyning qay darajada mukammalligi qiziqtiradi, puliga qaramayman, rosti. So`nggi paytlarda gonorari katta bo`lsa ham ssenariysi yoqmasa, rad etyapman. Negaki, engilelpi rollar bilan ko`rinishni istamayman. Avvallari, ssenariysi sayozroq uchta kartinada suratga tushsam, ketidan to`rtbeshta yuki bor rollarim bo`lardi. Aytmoqchimanki, muvozanat buzilmasdi. Afsuski, bugun unday emas.

— «Yaxshi ssenariy yo`q» deya takliflarni qaytaraversangiz, oxiroqibat umuman chaqirmay qo`yishsa-chi?

— Rejissyorlar ham anoyi emas, yaxshi ssenariy bo`lsa, aktrisa rad etmasligini bilib, ishonch bilan taklif bildirishadi. «Hamroh» filmiga chaqirishgandi, ammo bosh qahramonningvafot etishi va ruh obrazida namoyon bo`lishini bilib, rozilik bermadim. O`zbek tomoshabinlari uchun yangi janr, kino yaxshi chiqishi kerak deya o`ylangandim. Buning ustiga har doimgi rollarimdan farq qilardi. Ammo onam ko`ngliga olib, unamadilar. Bilishimcha, bu rol Yulduz Rajabovaga nasib etdi.

— Ha, «Hamroh»dagi bosh rolni Yulduz ijro qildi.

— Triller janri bo`lsa ham film «portlash» qilolmadi, bilishimcha. Balki reklamaga e`tiborni kuchaytirish kerakmidi...

— Kartina premerasida bo`ldingizmi?

— Yo`q, fursat bo`lmadi. Lekin imkon topib albatta tomosha qilaman.

— «Hamroh» filmining janri ham, mavzusi ham bizning tomoshabinlar uchun yangilik. Negaki, ular maishiy muammolar asosida suratga olinayotgan kinolarga o`rganib qolishgan. Ehtimol, shuning uchun ham kartina kutilganidek ommalashmagandir?..

— «Ruh 513» filmini eslaysizmi? Juda katta shovshuv bo`lgandi. To`јri, u paytlari filmlar bugungidek ko`p bo`lmagan, ammo kartina treylerining o`zini tomosha qiliboq etim jimirlab ketgandi. Nima bo`lganda ham «Hamroh» ijodkorlariga omad tilayman!

— Zarina, paytdan foydalanib, kliplardagi gonoraringiz summasini so`rasam, aytasizmi?

— Xafa bo`lmasangiz, bu haqida suhbatlashmasak.

— Ixtiyoringiz. Balki bu haqida Shohruxxondan so`rarmiz, axir u bilan teztez hamkorlik qilib turasiz. Yo o`zaro shartnoma bormi o`rtangizda?

— Shohruxxonga hech qachon gonorar haqida gapirmaganman, bu ijodkor bilan ko`p yillik do`stmiz. Gonorar masalasini uning o`zi hal qiladi va men bunga qarshi emasman. O`rtamizda hech qanday shartnoma yo`q, shunchaki birbirimizni qo`llabquvvatlaymiz. Ekranda birbiriga mos tushadigan partnyorlar bo`ladi. Biz Shohruxxon bilan shundaymiz. Qolaversa, ikkimiz rol o`ynagan musiqiy ketmaketlik tez fursatlarda ommalashyapti.

— Asalning rashki kelmayaptimi hamkorligingizga?

— (kuladi) Yo`g`-e, Asal bilan dugonamiz. S`yomka jarayonlarida qo`ng`iroqlashib, ba`zan yozishib turamiz. Shohruxxon bilan avvaldan tanishmiz va Asal buni yaxshi biladi. Shunga ham qizg`anmaydi. Buning ustiga Asal xarakterimni juda yaxshi biladi. Mendan rashk qilish xayoliga kelmaydi ham.

— Zarina epizodik rollarni yoqtirmaydi, degan gapni eshitdim. Rostmi shu?

— To`g`ri eshitibsiz. Epizod rolga rozi bo`lishim mumkin, agar u filmning mazmunmohiyatini ochib berolsa, albatta. Birrov ko`rinib qo`yishni esa istamayman. Tomoshabinlar kulguga olishmaydimi, «Nomiga ko`rinib qo`yibdimideya. Otamning vafotidan so`ng qattiq depressiyaga tushib qolgandim. Ruhiy muvozanatingiz buzilganida o`yxayollaringiz, bajarayotgan ishingizni nazorat qilolmas ekansiz. Menda ham shunday bo`ldi. Bir rejissyorning taklifi bilan uning filmida suratga tushdim. S`yomka ishlari Kumushkonda bo`lib o`tdi. Onam meni hamisha qo`llabquvvatlab kelgan, ijodimda ham eng yaqin maslahatchim. Ammo ular ham sezmay qolganlar, sayoz kartinaga rozilik bildirib qo`yganimni. Xullas, engilelpi filmlarimni yana bittaga ko`paytirib, qilgan ishimdan juda qattiq pushaymon bo`ldim.

— Film ekranlarga chiqdimi?

— Yo`q, chiqmasin ham. Buni nimaga aytdim, epizod rollarda ham shunday bo`lishi mumkin. Bir marta ko`rinib qo`yishingiz, butun aktrisalik faoliyatingizga dog` tushiradi. Yaxshi epizodik obrazlarim ham bor, misol uchun Javlon Shodmonov kartinasidagi ijrom. Qamara Kamalovaning filmida ham epizod rolim bor, u ham omadli chiqqan.

— Bundan bir necha yillar avval «Xonandalikka qaytdim» degandingiz. Yangilik bo`lmadi-ku?

— Xonandalik faoliyatini boshlamoqchi edim, ammo ikkilandim. Keyin, aktrisaligimni qila qolay deya, qo`shiqchilikka e`tibor bermay qo`ydim. To`g`risini aytaman, qo`shiq kuylagan bo`lsam ham biror marta to`yga chiqmaganman.

— To`ylar haqida so`z ochganingiz ayni muddao bo`ldi. Bundoq qarasam, faqat siz qolibsiz boshlovchilik bilan shug`ullanmayotgan?..

— Men qatori aktrisalardan, Asal va Shahzoda Matchanovani ham aytishingiz mumkin, to`ylarda boshlovchilik qilmayapti, deya. Fikrimcha, to`y xizmatlari qaysidir ma`noda aktrisaning mavqeiga ta`sir ko`rsatadi. Katta gapirishni istamayman, bir kun zarurat paydo bo`lsa, balki to`yga chiqarman. Harqalay boshlovchilik ham pul turadi. To`ylarni olib borish taklifi bilan ko`plab murojaatlar bo`ladi, ba`zan gonorarini eshitib, o`ylanib ham qolaman. Biroq rozilik bildirmayman. Birinchidan, boshlovchilik qilishni bilmayman. To`јri, istasam o`rganib olishim mumkin. Lekin to`y xizmatlariga ehtiyoj sezmayapman.

— Aktrisalik faoliyatiga ta`sir qiladi, deganda nimani nazarda tutdingiz?

— Klip, reklama, ko`rsatuv va teleloyihalarda qatnashib tursangiz durust. Ammo har kuni, hatto kunora yo haftada ikki marta bo`lsa ham to`ylarda ko`rinaversangiz, sizga hamma qatori qaray boshlashadi. Siz bilan muloqot qilish oson bo`lib qoladi. Menimcha, aktrisa tomoshabin bilan ma`lum masofani ushlab turishi lozim.

— Hamisha gapso`zlar nishonida ekanligingiz sir emas, to`g`rimi?

— Nimasini aytasiz.

— Ijtimoiy tarmoqlardan birida siz haqingizda «o`zbek Kim Kardashyani» deya izoh qoldirilganidan so`ng unga javoban fikr bildirdingiz. «Zarina qattiq gapirdi» deya shov-shuv qilishdi-yu, fikrimcha, xotirjam yondoshgansiz?

— Instagram sahifamda uyimni videoga olib, «Fotoshop» deganlar uchun atay joyladim. Ko`rishsin, menga «fotoshop»ning hojati yo`q. Ko`zgu o`zida shunday rakursni aks ettiradiki, gohi tasvir boshqacharoq chiqadi.

— Kim Kardashyanga o`xshatishganidan jahlingiz chiqdimi yoki yo`q?

— Nega endi achchig`im kelsin, kelishgan, chiroyli ayolga o`xshatishyaptimi, xursandman. Vaqtlarini qizјonmay, men haqimda shuncha fikr bildirishyapti-ku axir, minnatdorman barchalaridan.

Plastik jarrohlikka murojaat qilganingizni inkor etasiz, shundaymi?

— Ha! Hech qachon plastik amaliyotdan foydalanmaganman. Ikki yarim yildan buyon qomatimni korreksiyalash maqsadida sport zalida shuјullanaman. Kunora uch soatdan mashq qilaman. Bor sirim shu. Turmushdan ajrashganimdan so`ng haddan tashqari ozib ketdim. Qomatimni tartibga keltirmasam bo`lmaydi deya, shug`ullanayotganimni hamma o`zicha gap qildi. Aslida esa barining ortida mehnat yotibdi. Go`zallik saloniga borsam ham, qizlar sochimni surishtirishadi, «O`zingiznikimi yo ulamamideya. Sochlarim o`zimniki, tabiiy shunday.

— Keling mavzuni o`zgartirsak, o`јlingiz bu yil nechanchi sinfga boryapti?

— To`rtinchi sinf o`quvchisi bo`ldi.

— Uning tarbiyasi bilan asosan onangiz shuјullanadi. Buvisining bolasi gapingizga quloq soladimi?

—O`g`lim uchun ham ota, ham onaman. Tan olaman, juda qattiqqo`lman. Nimaki istasa, barchasini muhayyo qilaman, ammo shunga yarasha yaxshi o`qishi kerak. Onam uni erkalatishlari rost, lekin biror nima qilishdan oldin «Oyingdan so`ra» deb turadilar.

— Otasi bilan ko`rishib turibdimi?

— Yo`q, otasi bilan ko`rishmaydi.

— So`rab tursa kerak, u haqida?

— Yo`q. Temirxonning otasi ko`p noto`јri ishlarni qildi. Shungami bilmayman, o`јlim u haqda so`ramaydi. Tug`ilgan kunida tabriklamaydi, tarbiyasida ishtirok etmaydi. Balki shungadir, o`z otasiga qiziqmaydi.

— Temirxonning aktirsa ekanligingizga munosabati qanday? Partnyorlaringizdan g`ashi kelmaydimi?

— O`g`lim kino bilan haqiqiy hayotni birbiridan ajrata oladi. Partnyorlarimdan sira qizјonmagan. Lekin ko`chakuyda odamlar bilan ko`rishib, so`rashib qolsam, «Oyijon, u kimdeya so`roqlaydi.

— Instagram sahifasida bir million kuzatuvchiga ega aktrisa sifatida qayd etildingiz. Bu sizga nima berdi?

— Aytarli hech nima. Shunchaki, sahifamni kuzatadiganlar soni bir yarim millionga etdi, xolos.

— Savollarga ro`yirost javob berganingizdan minnatdormiz. Ishlaringizga rivoj tilaymiz!

— Rahmat!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.

 


Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: