Главная » Ayol kasalliklari » Bachadondan tashqari homiladorlik
Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadondan tashqari homiladorlik

  • Категории: Ayol kasalliklari
  • Название: Bachadondan tashqari homiladorlik
  • Дата релиза: 16-02-16, 20:44
Bachadondan tashqari homiladorlik
Bachadondan tashqari homiladorlik ayol organizmi uchun juda xavfli holat bo'lib, uni vaqtida aniqlash juda muhim. Normal homiladorlik qanday boshlanadi: Normal homiladorlik boshlanishida ayolning urug'landan tuxumi bachadon yo'llari bo'ylab bachadonga tushib u yerda joylashadi. Bu jarayon "implantasiya" deb ataladi. Ba'zida bu jarayon noto'g'ri kechishi mumkin bo'ladi. Shunda urug'langan tuxum bachadonda emas, balki bachadon yo'llarida, qorin bo'shlig'ida yoki kam uchraydigan holat tuxumndonda joylashib oladi. Ana shunday holatni bachadondan tashqari homiladorlik deb atashadi. Bachadondan tashqari homiladorlik alomatlari: Bachadondan tashqari homiladorlik oddiy homiladorlik alomatlari singari hayz kelish muddatining kechikishi bilan namoyon bo'ladi. Faqat qo'shimcha ravishda qindan qizg'ish ajralmalar chiqishi kuzatiladi (ba'zida shu ajralmalar oddiy homiladorlikda vujudga kelishi mumkin bo'lgan homila tushishi alomati ham bo'lishi mumkin). Yoki hayz vaqtida keladi, lekin qon chiqish miqdori odatdagidan ko'ra juda sust bo'ladi. Bachadondan tashqari homiladorlikning yana bir alomati og'riq. Og'riqlar qorinning past qismida bo'lib, urug'langan tuxum joylashib olgan tomonda keskin bo'ladi. Og'riq zirqiraydigan bo'ladi. Bachadondan tashqari homiladorlik vaqtida aniqlanib bartaraf etilmasa, bachadon yo'llariga joylashgan urug'langan tuxum o'sa boshlaydi, shunda bachadon singari kattalashishga mo'ljallanmagan bachadon yo'llari yorilib ketadi. Natijada qorin bo'shlig'ida qon ketishi, ayolning xushdan ketishi, qattiq og'riqlar paydo bo'lishi kuzatiladi. Shu holat tezkor jarrohlik yordam ko'rsatishni talab etadi. parvona.com saytidan olingan. Bachadondan tashqari homiladorlik sabablari: Asosiy sababga ayolning kichik toz va jinsiy a'zolarda o'tkazilgan yallig'lanish kiradi. Bunda bachadon yo'llarining faoliyati buzulib, urug'langan tuxumni bachadon tomon o'tkaza olish qobiliyati yo'qolgan bo'ladi. Shunda implantasiya bachadondan tashqarida ro'y beradi. Urug'langan tuxumning hususiyatining o'zgarishi yoki jinsiy a'zolarning anotomik hususiyatlari: bachadon yo'llarining juda uzun yoki egilgan bo'lishi, jinsiy a'zolarning o'sishida yetilmay qolgani (infantilizm) bachadondan tashqari homiladorlikning yana bir sababidir. Urug'lantirish sun'iy ravishda amalga oshirilgani (EKO) yoki ovulyasiya stimulyasiya qilingani ham ba'zida bachadondan tashqari homiladorlikka olib keladi. Agar ayolda bachadondan tashqari homiladorlikka shubha paydo bo'lgan bo'lsa, darhol shifokorga uchrab Ultra tovushli diagnostika tekshiruvi yoki qon tekshiruvini amalga oshirish lozim. Bachadondan tashqari homiladorlik aniqlansa, u holda laporoskopik yo'l (maxsus operasiya) bilan urug'langan tuxum olib tashlanadi va bachadon yo'llari plastik jarrohlik yo'li yordamida qayta tiklanadi. Undan keyin ayol kamida 6 oy davomida homilador bo'lmasligi va keyingi homiladorlik yuz berishidan oldin o'z salomatligini tiklab olishi tavsiya etiladi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: