Главная » Ayol kasalliklari » Hayz nega kechikishi mumkin?
Hayz nega kechikishi mumkin?

Hayz nega kechikishi mumkin?

  • Категории: Ayol kasalliklari
  • Название: Hayz nega kechikishi mumkin?
  • Дата релиза: 16-02-16, 20:41
Hayz nega kechikishi mumkin?
Homiladorlikni kutayotgan ayolda hayz kechikayotganligi haqidagi xayol o'rnini hech narsa bosa olmasa kerak. Nahotki homiladorman? Lekin hayz kechikishiga nafaqat homiladorlik , balki boshqa faktorlar ham sababchi bo'lishi mumkin ekan. 1. Stress Stress hayotimizdagi ko'p narsaga ta'sir etishi mumkin. Shu qatorda hayz siklining buzilishiga ham. Ba'zida biz shunday kuchli siqilib stress olishimiz mumkinki, organizmda GnRH gormoni miqdori ko'payib ovulyasiya bo'lmasligi yoki hayz kelmasligiga olib kelishi mumkin. Stress holati o'tganda, hayz sikli odatda normallashadi. 2. Kasallik Og'ir yoki uzoq vaqt davom etgan kasallik ham hayz kelmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu vaqtinchalik muammo bo'lib, kasallik davolangandan so'ng hayz sikli yana normaga tushadi. 3. Vaqt o'zgarishi Ma'lum bir mamlakatdan boshqa mamlakatda tez-tez safarga borib turgan ayollarda ham hayz sikli buzilishi mumkin. bir mamlakatda tun bo'lib, boshqa mamlakatda shu payt kun bo'lishi ayol organizmi soatlarini biroz adashtirib yuboradi. Natijada kutilayotgan hayz sikli boshlanmaydi. 4. Dori vositalari Ba'zi dorilarning ta'siri natijasida hayz sikli o'zgarib ketishi yoki hayz umuman kelmasligi mumkin. Agar siz yangi dori vositasini qabul qilayotgan bo'lib, hayz siklingiz buzilib yoki hayz kuni kechikayotgan bo'lsa, u holda ichayotgan dorini almashtirish yoki to'xtatish to'g'risida shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi. 5. Semirish Vaznning ortishi organizmda ma'lum gormonal o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ortiqcha vazn natijasida hayz sikli buzilishi yoki umuman kelmasligi ham mumkin. Ko'pincha ayol ozishi natijasida ayz siklini normaga qaytadi. 6. Ozib ketish Keskin va qisqa vaqt ichida ozish natijasida hayz sikli normadan chiqib ketishi mumkin. 7. Menopauzadan oldin Bu davr ayolning tug'ish yoshidan tug'maydigan yoshga o'tadigan davrga aytiladi. parvona.com saytidan olingan. Bunda hayz miqdori kamaygan bo'lib, davomiyligi qizqara boshlaydi. Undan tashqari hayz sikllar soni ham kamayib boradi. 8. Menopauza Menopauza davrida ayol hayz ham ko'rmaydi ovulyatsiya ham yuz bermaydi. Menopauza tabiiy ravishda ayolning yoshi 50dan oshganda va ba'zi kimyoviy operatsiyalar tufayli boshlanadi. 9. Adashish Hayz sikli har xil ayolda turlicha bo'ladi. Norma deb qabul qilingan 28 kunlik sikl hammada ham uchramaydi. Bir ayolda 26 kunlik sikl bo'lsa, boshqa ayolda hayz har 32 kunda ham kelishi mumkin. Ikkala holat ham normal hisoblanadi. Shuning uchun ba'zida ayol siklni noto'g'ri hisoblashi tufayli hayz kelishi kechikkandek tuyulishi mumkin. 10. Homiladorlik Nihoyat hayz kelmayotganligining yana bir sababi - homiladorlikdir. Aynan homiladoroik yuz berganda hayz kelmaydi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: