Главная » Erkak kasalliklari » Azospermiya (azoospermiya)
Azospermiya (azoospermiya)

Azospermiya (azoospermiya)

  • Категории: Erkak kasalliklari
  • Название: Azospermiya (azoospermiya)
  • Дата релиза: 16-02-16, 21:05
Azospermiya (azoospermiya)
Erkak bepushtligining asosiy sababchilardan biri bo'lmish azospermiya(azoospermiya), bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanmoqda. Halqaro Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra bepusht erkaklarning 10%da azospermiya mavjud ekan. Azospermiya nima degani? Erkak jinsiy suyuqligida spermatozoidlarning yo'qligi yoki juda kamligiga azospermiya deyiladi. Azospermiya holatiga nima sabab bo'ladi? Ko'pincha u moyak yetishmoqchiligi tufayli yuzaga keladi. Undan tashqari erkak jinsiy yo'llarining ikki tomonlama buzilishi asoratida ham rivojlanishi mumkin. Agar azospermiyaning kelib chiqish sababi aniqlanmasa, u holda noaniq genezga ega azospermiya, degan tashhis qo'yiladi. Azospermiya turlari: Azospermiyaning obsturktiv (ekskretor) va noobstruktiv (sekretor) shakllari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi: parvona.com saytidan olingan. Obstruktiv azospermiya: Gormonal holat normada; Tuxum razmeri tabiiy ravishda normal; Erkak jinsiy suyuqligida maxsus tekshiruv natijasida spermatozoid hujayralari aniqlanmaydi; Urug' o'tuvchi yo'llarda patologik o'zgarish mavjud, bunga quyidagilar sababchi bo'ladi: Tug'ma kasalliklar, ya'ni tashqi va ichki jinsiy a'zolarning shakllanishida patologiya; Jinsiy a'zolar yallig'lanishi; Kichik toz a'zolarda jarrohlik operasiya o'tkazilgani; Jinsiy va reproduktiv a'zolarda tan jarohati mavjudligi. Noobstruktiv azospermiya: Gipogonadizm (erkak jinsiy bezlari faoliyatining yetishmovchiligi); Jinsiy suyuqlikda oz miqdorda spermatozoid hujayralari mavjud; Gormonal buzilish; Bemor anamnezida (tarixida) gen va xromosom o'zgarish ro'y bergan. Noobstruktiv azospermiyaning tug'ma bo'lishi sabablaridan biri tuxumning rivojlanishidagi anomaliyalardir. Undan tashqari noobstruktiv azospermiyaga nurlanish, varikosele, alkogol ichimliklar, muzlash va infeksiya sababchi bo'lishi mumkin. Azospermiyaning davolanishi: Azospermiya turiga va kelib chiqish sababiga ko'ra davolanadi. Bunda jarrohlik yo'li, gormonal terapiya va kerakli dori-vositalar bilan terapiya qo'llaniladi. Ko'p hollarda azospermiya tufayli homilador bo'la olmayotgan juftlikka IKSI muolajasi tavsiya etiladi. Bunda mikrojarrohlik usuli bilan moyakdan sun'iy ravishda spermatozoislar ajratib olinadi va o'z farzandiga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: