Главная » Erkak kasalliklari » Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari.... (Muhlis talabiga binoan)
Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari.... (Muhlis talabiga binoan)

Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari.... (Muhlis talabiga binoan)

  • Категории: Erkak kasalliklari
  • Название: Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari.... (Muhlis talabiga binoan)
  • Дата релиза: 16-02-16, 21:10
Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari.... (Muhlis talabiga binoan)
Savol: Menda bir savol bor. So‘rashga uyalib turibman. Biroq musulmon ekanmiz, hijolat bo‘lmasligimiz vojib. Islomda “onanizm – kapaki” bilan shug‘ullanish joizmi? Javob: Alhamdulillah, avvalo Qur’oni Karimdan: Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: Imom Shofi’iy va u kishiga muvofiq bo‘lganlar qo‘l bilan maniy chiqarishning xarom qilinganiga quyidagi oyatni dalil keltirdilar: "Ular avratlarini (xaromdan) saqlovchi kishilardir. Magar jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilardangina (saqlanmaydilar). Bas ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas ana o‘shalar haddan oshguvchidirlar". (Mu’minun: 5-6) Shofi’iy “Nikoh kitobi”da aytadilar: Bas ular avratlarini o‘z jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilardan o‘zga narsalardan saqlanguvchi ekanliklarini bayon etish bilan bulardan boshqa barcha narsalarning xarom qilinganligi ochiq ravshan bo‘ldi. Keyin (ravshan bo‘lsa ham). Alloh taolo uni ta’kidlab yana shunday dedi: "Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas ana o‘shalar haddan oshguvchidirlar". Demak zakarni faqat jufti halol yoki qo‘l ostidagi cho‘rigagina ishlatish halol. Qo‘l bilan maniy chiqarish xarom. Vallohu a’lam. Shofi’iyning “Asos” (al-Umm) kitobi. Ilm ahllaridan ba’zisi Alloh Ta’oloning "Nikoh (uchun lozim bo‘lgan mol-davlatni) topa olmagan kishilar to Alloh ularni o‘z fazlu karami bilan boy-badavlat qilgunicha o‘zlarini (xaromdan) pok tutsinlar" (Nur: 33) degan oyatidan o‘zni pok tutishga buyurish boshqa narsalardan sabr qilmokni taqozo etishiga dalil keltirdilar. Ikkinchi sunnati nabaviyyadan: Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhuning hadisini dalil qildilar. U kishi aytdi: Hech narsaga ega bo‘lmagan yigitlar nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Shunda rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarga: "Ey yigitlar, kim uylanish sarf-harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki u ko‘zni to‘suvchiroq, olatni saqlovchiroqdir. Kim qodir bo‘lmasa ro‘za tutsin. Zero ro‘za u uchun axtalikdir." (ya’ni xaromga tushib qolishdan himoyadir) (Buxoriy rivoyati, Fatx: 5066) Demak, shariat uylanishdan ojiz bo‘lgan kishini qiyin bo‘lsa ham ro‘za tutib yurishga yo‘lladi. Bois kuchli bo‘la turib uni sun’iy maniy chiqarishga yo‘llamadi. Holbuki u ro‘za tutishdan yengilroq. Shunday bo‘la turib bunga ruxsat bermadi. Bu masala xususida boshqa dalillar ham bor. Shu qadri bizga kifoya vallohu a’lam. Hazon.ru saytidan olingan Endi bu baloga mubtalo bo‘lgan kishini davolash xususiga kelsak, qutulish uchun quyidagi bir necha nasihatlar va bosqichlarga amal qilinadi: 1. Bu odatdan qutulishga bois Ollox amriga bo‘ysunish va g‘azabidan saqlanish bo‘lmog‘i lozim. 2. Tubdan, ildizdan bo‘lgan isloh orqali buni daf qilish. Bu rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yigitlarga qilgan tavsiyalariga amal qilib uylanish. 3. Turli xayol va vasvasalarni daf etish. Nafs va fikringni dunyo va oxiratingga naf bo‘ladigan narsada ishlatib, mashg‘ul-band kilmog‘ing. Chunki davomli vasvasa amalga eltadi. So‘ngra mustahkamlanib odatga aylanadi-da, undan qutulish qiyin kechadi. 4. Ko‘zni to‘smok. Chunki, xoh tirik bo‘lsin xoh rasm-maftunkor surat va shaxslarga qarash, ko‘zni jilovlamaslik xaromga olib boradi. Shuning uchun Allox taolo: "Mo‘’minlarga ayting ko‘zlarini to‘ssinlar", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: "Birinchi nazarga keyingi nazarni ergashtirma", dedilar. (Termiziy rivoyati: 2777, Sahihul-jomi’: 7953). Birinchi nazar (nogahoniy nazar)da gunoh bo‘lmay, ikkinchi nazar esa xarom qilingandir. Shuningdek ichki yashirin shaxvatni ko‘zg‘ovchi o‘rinlardan uzoq yurish lozimdir. 5. Har xil ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lish. Gunoh uchun bo‘sh vaqt qoldirmaslik. 6. Bu ishdan kelib chiqadigan sihat-salomatlikka oid zararlarni e’tiborga olish. Ular ko‘z, asablar, tanosil a’zolarining zaiflashuvi, bel og‘riqlari va tabobat ahli zikr qilgan boshqa zararlardir. Shuningdek vijdon azobi, hadiksirash kabi ruhiy zararlarni ham sanab o‘tish joiz. Eng dahshatlisi esa yuvinishning ko‘payishi yoki uning xususan qishda qiyinligi sabab namozlarning zoe’ qilinishi va ro‘zani barbod qilishi. Yana bu illatning zararlaridan: qanoat qilish o‘rniga uni noto‘g‘ri yo‘l orqali chiqazish. Chunki ba’zi yoshlar o‘zni zinodan himoya etishni (bahona) sabab qilib bu ishni joiz deb sanaydi. Holbuki, u bu fahsh ishlarga umrida yaqin kelmasligi mumkin. 7. Kuchli iroda va azmu-karor bilan qurollanib kishi shaytonga bo‘ysunmaslik. Yolhiz yotish kabi yakkalikdan saqlanish. Xadisda Nabiy sollalloxu alayhi va sallamning kishining yolg‘iz yotmog‘idan qaytarganligi kelgan. Buni Imom Ahmad rivoyat qildi. U Sahih al-Jome’: 6919 - da ham mavjud. 8. Ta’siri kuchli, Payg‘ambar davosiga rioya qilish. U ro‘za tutishdir. Chunki, u shaxvat g‘alayonini pasaytirib, g‘arizani poklaydi. Shuningdek bu ishni qaytib qilmaslikka qasam ichish yoki nazr qilish va bu kabi g‘ayri oddiy ishlardan xazar kilish. Chunki, shundan so‘ng bu ishga qaytsa qasamni mustahkamlagandan keyin uni buzish bo‘lib qoladi. Undan tashkari shaxvatga taskin beruvchi dorilarni iste’mol qilmaslik. Chunki, bularda tibbiy va tanaga oid xatarlar mavjud. Darvoke’ mutlaqo shaxvatni kesadigan narsalarni iste’mol qilishning xaromligini ifoda etuvchi hadis sobitdir. 9. Uxlayotgandagi shar’iy odoblarga rioya etish. Misol uchun bu xususda vorid bo‘lgan zikrlarni o‘qish, o‘ng yoni bilan yotish, Nabiy sollallohu alayhi va sallam qaytarganlari uchun qorin bilan yotib uxlashdan saqlanish. 10. Iffat va sabr bilan bezanish. Chunki, garchi nafs xohlasa-da xarom qilingan narsalardan tiyilib, sabr qilish bizlarga vojib. Shuni bilaylikki, nafsni iffatga undash oqibatda uning hosil bo‘lib, kishi uchun ajralmas xulqqa aylanishiga olib keladi. Zero Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Kimki, iffat izlasa Alloh uni iffatli qilur, kim hojatsiz bo‘lishni izlasa Alloh uni behojat qilur, kim o‘zini sabrga undasa, Alloh uni sabrli kilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra mo‘lrok va yaxshiroq narsa ato etilmadi", dedilar. (Buxoriy, Fatx: 1469) 11. Ushbu gunoh ishni inson qilib qo‘ysa darhol tavba- tazarru, istig‘forga shoshilmog‘i va umidsizlikka tushmasdan toat-ibodatga bel bog‘lamogi lozim. Chunki noumidlik katta gunohlardandir. 12. Va nihoyat, hech shak- shubha yo‘qki, albatta, Allohga iltijo qilish, duo qilib unga yolborish, bu odatdan qutulish uchun undan yordam so‘rash eng katta davodir. Chunki Alloh subhanahu duo qilguvchi duo qilsa, uni ijobat qilur. Vallohu A’lam. Shayx Muhammad Solih al- Munajjid !

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: