Главная » Erkak va ayol munosabatlari » Ayrim savollarga mutaxassis javobi
Ayrim savollarga mutaxassis javobi

Ayrim savollarga mutaxassis javobi

  • Категории: Erkak va ayol munosabatlari
  • Название: Ayrim savollarga mutaxassis javobi
  • Дата релиза: 20-02-16, 23:50
Ayrim savollarga mutaxassis javobi
Jinsiy hayot, eru xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlar xusu-sidagi bo‘limni tugatayapmiz. Ammo sezib turibmiz, bu kerakli va sirli mavzu tugal emas. Sizda tug‘ilgan jinsiy hayot psixofizio-logiyasi haqidagi ayrim savollarga mutaxassislar javob berisha-di. Savol: Ayrim yosh yigitlarda jinsiy aloqa boshlanmasdan, ya’ni olatni qinga kiritmasdanoq yoki qinga kiritgan bo‘lsa ham friksion xarakatlar boshlanmasidan avval orgazm yuzaga keladi. Natijada olat bo‘shashib, jinsiy aloqani boshlash yoki davom ettirish imkoni bo‘lmay qoladi. Javob: Buning sabablari haqida yuqorida yetarlicha ma’lumot berildi. Ammo mazkur kitob xotin- qizlarga mo‘ljallangani uchun ham ularga ayrim narsalarni aytib o‘tmoqchimiz. Bunday vaqtda kelinlar tillariga erk bermasliklari, niho-yatda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishlari va hatto hazil ohangida ham kuyov ustidan kulmasliklari zarur. Chunki erkak kishi bu masalaga tabiatan nihoyatda sezgir bo‘lib, jinsiy hayot sohasidagi har bir muvaffaqiyateizlikni yuragiga yaqin oladi, kuchli iztirob chekadi, buni shaxeiy qayg‘u sifatida idrok qiladi. lily sababli ham psixogen etiologiyasiga ega bo‘lgan impotent (ruhiy tushkunlikka berilib, jinsiy zaif bo‘lib qolgan) er-kaklarning ko‘pchilik qismi avvalo xotinlarining jinsiy hayot-da yetarli uquvga ega bo‘lmasliklaridan kelib chiqqan. Shuning uchun barcha seksopatologlar erkaklarning jinsiy ojizliginи — impotensiyasini davolaganda faqat erkakning o‘zini emas, balki qayliqlarini ham birga davolaydilar. Chunki davolanayotgan erkakning davosini tezlashtiradigan ham, yoki aksincha, uning tu- zalishiga to‘sqinlik qilib, dardini og‘irlashtiradigan ham xo-tindir. Shu sababli erkaklarda uchraydigan bu xususiyatlarni ayol-lar yaxshi bilishlari kerak. Savol: — Qo‘zg‘alish va o‘z juftini qo‘zg‘atishda turli qo‘zg‘atish shakllaridan foydalanishning jinsiy aloqaga ijobiy ta’siri bormi yoki bular jinsiy tubanlik va bemazagarchiliklarning jinsiy ifodalangan shakllaridan birimi? Javob: — Sevgi va muhabbat asosida jinsiy hayot kechirayotgan kuyov va kelin, er va xotin uchun ikkovlariga ma’qul bo‘lgan yoki biri ikkinchisiga baxtli daqiqalarni taqdim etish niyatida tan-langan jinsiy holatni qo‘zg‘atish va qo‘zg‘alish shakllari axloq- sizlik hisoblanmaydi va jinsiy hayotda buning ahamiyati katta-dir. Bu hatto o‘z navbatida oila mustahkamligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunda erkak va ayol bir- birini umr yo‘ldoshi tariqasida yaxshiroq, jinsiy hayotni esa nisbatan boy, ijodiy, teran idrok etishadi. Bu esa oilaviy hayotda ma’lum vaqtdan so‘ng yuzaga keladigan psixofiziologik to‘yinishni su-saytiradi, qayliqlarni, ayniqsa erkaklarni jinsiy to‘yinish- dan so‘ng «yangi lazzatli uchrashuv»ni qidirishdan, oiladan tash-qari jinsiy munosabatlar o‘rnatishdan saqlashga yordam beradi. Vafosizlikning oldini olish yoki uning miqdorini kamaytirish oila mustahkamligini oshiradi. Hatto ba’zan vafosizlik qilgan er yoki xotin nihoyat o‘z turmush o‘rtog‘idan yaxshisi yo‘kligiga yana bir bor iqror bo‘ladi va o‘zga bilan yangi uchrashuvlar qidirishni to‘xtatadi. Yuqoridagi fikrimizni yakunlab, yoshlarga har bir nar-sada, shu jumladan jinsiy hayotda ham ijodkor bo‘lishni, yaqin kishingizga baxtli daqiqalarni taqdim etishni tavsiya etamiz. Savol: — Jinsiy aloqada, kishining jinsiy qoniqishida olatning katta-kichikligi muhim rol o‘ynaydimi? Javob: — Ko‘pgina seksologlar fikricha, agar olat qo‘zg‘alma- gan, ereksiya bo‘lmagan holda uch santimetrdan kichik bo‘lmasa, xotin kishining jinsiy ehtiyojlarini to‘la qondira oladi. Ko‘pchi lik ayollarning fikricha, ayolning jinsiy ehtiyojlarini qondi-rishda, olatning hajmi muhim rol o‘ynamas ekan. Ayol orgazmi olatning hajmiga emas, erkakning suyunchakligi va jinsiy uquvi-ga, ayolning jinsiy qo‘zg‘alganligiga, psixoerotik tayyorligiga bog‘liq. Savol: — Tug‘ilishdan qizlik pardasi — gimeni bo‘lmasligi mumkinmi? Javob: — Bunday savol ko‘pincha yigitlarda (ko‘proq bo‘ydoq yigitlarda) uylanishdan oldin, uylanayotgan qizning o‘tmishi-dan ikkilanishi oqibatida yoki o‘zi nikohgacha ko‘plar bilan jinsiy aloqada bo‘lib, ko‘pgina qizlarga nisbatan ishonchini yo‘qo-tib qo‘yishi natijasida va sovchi orqali uylanayotganda «xatoga yo‘l qo‘yib», birortasi bilan aloqada bo‘lgan ( parvona.com saytidan olindi) juvonga uylanmas-lik maqsadida yuzaga keladi. Gimen, qizlik pardasi — qin dahlizidagi shilliq qavat burmasi bo‘lib, u birinchi jinsiy aloqada yirtiladi, ayrim hollarda birinchi jinsiy aloqada emas, balki yillar davomida saqlanib, faqat tug‘ish chog‘ida yirtilishi mumkin. Ba’zan gimen-da hayz qonining chiqish teshigi bo‘lmasligi ham mumkin. Bu og‘riq bilan kechadi, bunday hollarda qizlik pardasi jarrohlik yo‘li bilan kesiladi. Shuningdek, gimendagi teshik kattaroq bo‘li-shi, pardaning o‘zi esa nihoyatda elastik (cho‘ziluvchan) bo‘lishi va jinsiy aloqa qilinganda ham iirtilmay butunligicha qolishi mumkin. Bunday hollarda yosh kuyovlar va savodsiz kuyov jo‘ralar, qarindoshlar oilaning buzilishiga yoki go‘zal damlarni shubhaga solib, zulmatga aylantirishga bevosita ko‘maklashishlari mumkin. Oilaviy baxt faqat gimen butunligiga bog‘liq emasligini unut-maslik kerak. Savol: — Qizlar gimenlari butunligiga qaramasdan homila-dor bo‘lib qolishlari mumkinmi? Javob: — Sevishgan yoshlarning ma’lum qismi nikohgacha jinsiy aloqa qilish axloq-odobga to‘g‘ri kelmasligini yaxshi uqqan holda bir- birlari bilan petting ko‘rinishida munosabatda bo‘la-dilar va ba’zan davomli pettingni ham qo‘llaydilar. Gimenning, yuqorida yozilganidek, hayz qoni chiqadigan teshik qismi bo‘ladi. Yoshlarning pettingi natijasida maniyning bir qismi jinsiy lablarga tushib, chaqqonlik bilan teshikdan o‘tib bachadonga kira-di va bachadon naylariga boradi. Agar shu kunlarda qizning tuxum-donida gen tuxum hujayrasi pishib yetilgan va u bachadon nayida bo‘lib qolsa, darhol otalanib, homila yuzaga kelishi mumkin. Yoshlar esa hayron bo‘lishadi, «Axir hech narsa bo‘lmagan edi-ku, homila qayerdan paydo bo‘ldi?» — deya o‘zlarini qo‘yishga joy topmaydilar. Savol: — Sevgi bilan seksni bog‘liqlik joyi bormi? Javob: — Sevgini seks saqlaydi. Agar sizda bir-biringizni tushunishda muammo paydo bo‘lib, ranj-alam to‘planib qolgan bo‘lsa, bir-biringiz bilan yaqinlik qilishdan qaytmang. Bir-biringizning orangizdagi kekni isbotlash bilan shug‘ullanmas-dan seks bilan shug‘ullaning. O‘z nafsini qondirgan erkak siz ayoldan xursand bo‘lib, sizga albatta mehribonchilik va marhamat ko‘rsatadi. Qolgan muammolarni hal qilish qiyin emas. Savol: — Jinsiy hayotda har xillik ma’qul ko‘rinadimi? Javob: — Ayolga har xillilik kerak. Har kuni qaytariladigan bir xillilik ayolning ko‘ngliga so-vuq suvdek tegadi. Uning uchun bu narsa har gal bir oz bo‘lsa ham boshqacharoq bo‘lishi lozim. Ayol doimo kutilmagan yangilik taraf-dori, erkaklarda bu boshqacha, ular lazzatlanishga olib keladigan qisqa ochilgan yo‘ldan yurishni yaxshi ko‘radilar. Savol: — Jinsiy aloqani sog‘liqqa qanday nafi bor? Javob: — Tibbiyotda jinsiy aloqa yo‘li bilan turli xasta-liklarni batamom davolab yuborish, qaytarish yoki yengillatish mumkinligi isbotlangan. Keltirilgan dalillar hamkasblarning qoshini chimirishiga yoki labini tishlashga majbur qilsa ajab emas. Bunday kasalliklar ro‘yxati belning yuqorisi va pastki qismini o‘z ichiga oladi. Ovruponing hamma mineral suvlari, barcha tropik daraxtlar, Xitoyning barcha shifobaxsh o‘tlari jinsiy aloqadagi bu tabiiy obihayot suyuqlik (eleksir)larning o‘rnini bosolmasligi aniq. Jin siy aloqa me’yorida bo‘lsagina sog‘liqqa foyda, aks holda zarar ekanligini unutmaslik kerak. Yaxshi jinsiy aloqa uyqusizlikning yagona va tabiiy dorisi-dir. Avvalo aloqa to‘g‘risida o‘ylash xayolot olamini yangilaydi, kishiga orom baxshida etadi. Biologik yaxshi jinsiy aloqa tabiiy uxlatuvchidir, u oldiniga sog‘lom mizg‘ishga kelib, so‘ng chuqur uyquga aylanadi. Bu aytilgan holatni qoida sifatida aytadigan bo‘lsak: er-xotinni to‘shakda jinsiy aloqadan keyin uyqu elitma-sa, jinsiy munosabatda qandaydir kamchilik bor. Lekin hammasi yaxshi bo‘lsa, bo‘shashgan tana, oyoqlar, sustlashgan ko‘zga uyqu malh-am bo‘ladi. Eru xotinning yengil qadam tashlashi, porlagan ko‘zla-ri kechasi bo‘lgan yaxshi aloqa nishonasidir. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, tibbiyotchilar o‘rgana-yotgan o‘nlab, yuzlab xastaliklar borki, yaxshi jinsiy aloqalar ularga ham davo bo‘la oladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: