Главная » Erkak va ayol munosabatlari » Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi
Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi

Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi

  • Категории: Erkak va ayol munosabatlari
  • Название: Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi
  • Дата релиза: 20-02-16, 23:52
Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi
Haqiqatan er-xotin urushib qolsa, tezda yarashib ketishi kerak, lekin hayotda har doim ham unday bo'lmaydi. Er-xotin orasida urushdan keyin alam, xafagarchilik va boshqa salbiy munosabatlar paydo bo'lishi mumkin. Ularni chetlab o'tish yo'llari bilan tanishib chiqing. 1. Er-xotin orasida tushunmovchilik bo'lib gap talashish boshlansa, haqoratga yo'l qo'ymang. Istaganizcha urushing, o'z fikringizni o'qtiring, faqat turmush o'rtog'ingizni haqoratlamang. 2. Urush davomida turmush o'rtog'ingizga og'ir botadigan so'zlarni ishlatmang, dili og'riydi. 3. Jahl ustida aql ketadi. Jahlingiz o'ta uchida bo'lganda o'ziz chiqib keting yoki turmush o'rtog'ingiz chiqib ketsin. Jahl ustida janjallashmang. Bir-biringizga yoqmas so'zlarni yoki harakatlarni qilib yuborishingiz mumkin. Jahldan tushib, keyin qancha xohlasangiz munosabatlaringizni oydinlashtiravering. 4. Urush davomida turmush o'rtog'ingiz qarindoshlarini, do'stlarini tilga olmang. 5. Mavzudan chetlashmang. Er-xotin urushayotgan paytingizda aynan urushni keltirib chiqqan mavzu bo'yicha baxslashing, yuz yil oldin o'tgan alam va xafagarchiliklarni qo'shmang, urush qizishib ketadi. 6. Bolalar oldida urushmang. Hech qachon farzandlaringiz yonida, bir-biringizni kamsitib, haqoratlamang. Farzandingiz sizni tushunmay notog'ri xulosalar chiqaradi. 7. Urushyotganingizda boshqalarni aralashtirmang. Er-xotin urushiga boshqa bir inson (ota, ona, opa-singil, do'st va hokazo) aralashsa urush janjalga aylanib ketadi. 8. Urushayotganingizda baqirmang. Hamma gapni sekin tushuntirib aytish mumkin. Agar o'zingizdan chiqib ketgan bo'lsangiz, baqirishdan foyda yo'q. O'zingizga kelib olib keyin davom eting. 9. Er-xotin orasidagi barcha muammo va tushunmovchiliklarni to'q qoringa oydinlashtiring. Och qorin urushni jiddiylashtirib yuboradi. 10. Urushyotganingizda turmush o'rtog'ingiz nima deyayotganiga ham quloq solib ko'ring, balki u haqdir. Albatta er-xotin hayot davomida urushmasdan iloji yo'q. Lekin har bir tushunmovchilik yoki xafagarchilikdan so'ng aybdor kechirim so'ra olsa, urush nimaga kelib chiqqani ham esdan chiqadi. Yarashish esa so'zlarda emas, balki shirin jinsiy aloqada namoyon bo'lishi hammani yutuqda qoldiradi. Manba: Uzbaby.Uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: