Nozik munosabatlar

Nozik munosabatlar

Nozik munosabatlar
Rivoyat qiladilarki, qadim-qadimda Yunoniston tomonda ni-kohlanib, to‘yi o‘tgan yoshlarga echkilar va asalarilar berishar ekanda, ularni toqqa ko‘chirib yuborishar ekan. Balki to‘ydan keyingi muddatning «asal oyi» deb atalishi shundan kelib chiq-qandir. Har qalay, kelin-kuyov tog‘ bag‘rida, kishini sarxush qiladigan toza havoda, tabiat qo‘ynida echkining suti-yu, asaldan iste’mol qilib yashasharkan. Rivoyat qilishlaricha, yunonlar o‘z millatining farzandlari baquvvat va barno bo‘lishligi tadori-gini ular tug‘ilmasdan ancha ilgari ko‘risharkan. Balki donish-mand yunonlar buni yana ikki yoshning olam bilan yuzma-yuz xoli qolib, bir-biri bilan topishuvi, bir-biri bilan tom ma’noda qovushuvi uchun shunday qilishgandir. Har qalay, zamonaviy ruhiyatshunoslar ham er-xotinning tom va ko‘chma ma’noda qovushuvi paytida eng yaxshi xayollar bilan band bo‘lmoqlik lozimligini ta’kidlashadi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotinning baxtiyor hayot ke-chirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning o‘zaro qovushishi muhim rol o‘ynaydi. Keling, o‘zaro qovushishlarning ayrim ji-hatlarini ko‘rib chiqaylik. Biologik qovushuv. Biologik shoxobchaning ruhiy shoxobchaga nis-batan birmuncha turg‘unligini, kam o‘zgaruvchanligini hisobga olay-lik. YA’ni shakllangan mijoz toifasini o‘zgartirib bo‘lmasligini va unga intilishning samarasizligini unutmaylik. Mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar turlicha bo‘lishi, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, zid toifalarga mansub bo‘lishi ham mumkin. Bu oila mustahkamligi uchun xavflimi? Yo‘q, albatta. Dono xalqimiz aksari bunday oilalardagi er-xotinlar bir-birlarida yetishmaydigan ruhiy xususiyatlarni to‘ldirib turishlarini aytadi. Bu haqda qisman yuqorida suhbat yuritgandik. Qayliklarning mijoz jihatdan turmush qurishlari turli ko‘ri-nishlardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, xolerik kuyov — xolerik kelin bilan, xolerik — sangvinik bilan, xolerik — flegmatik bilan, xolerik — melanxolik bilan, sangvinik — sangvinik bilan, flegmatik — flegmatik bilan, flegmatik — melanxolik bilan, melanxolik — melanxolik bilan va yana bosh qa murakkab «kombinatsiya»lar bo‘lishi mumkin. Qovushuvda eng muhimi mijoz turi emas, balki ular orasidagi hissiyot (muhab- bat) kuchi, ruhiy-pedagogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mus-tahkamlashga intilishi, tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro munosabatlaridagi madaniyat hisoblanadi. Kelin-kuyovlarda bir-birlariga yaxshilik qilish, bir-birini sevishga intilish (agar sovchilar yordamida qurilgan oila bo‘lsa), uyim-joyim, bolam-chaqam deb yashash ustun bo‘lsa, mijozdagi tafovut oilaviy hayot uchun xavf tug‘dirolmaydi. Ruhiy qovushuv. Jamiyatshunos va aholishunos olimlarning ta’kidlashlaricha, aksariyat oilalarda er-xotinlarning ma’lu-mot saviyasi bir xil bo‘larkan. Bu tushunarli, chunki uylanish yoki erga tegishda birinchi mezon — «teng-tengi bilan» ekanini yaxshi bilamiz. O‘g‘il-qizi yetilgan ota-onalar ham, oila quradi-ganlarning o‘zlari ham «o‘qiganga o‘qiganni» olib berishni to‘g‘ri deb bilishadi. Odatda ma’lumoti tenglar yaxshi hayot kechirib ket-ganini ko‘rganda «teng-da — qovushib ketdi!» deyishadi. Biroq ran faqat ma’lumotning yuqori bo‘lganida emas. Olimlarning qayd etishicha, aynan ma’lumoti yuqori er-xotinlar o‘rtasida ajralish sababi nisbatan ko‘p ekan. Ayniqsa, ayolning ma’lumot darajasi erinikidan yuqori bo‘lsa, oila mustahkamligi uchun xavf tug‘ildi deyavering. Umuman, bilim saviyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘z turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan talab ham shunchalik oshib boradi. Bu — tushunarli. Unda oliy ma’lumotli er-xotinlar orasidagi ajralib ketishlarning ko‘pligiga sabab nima? «Taxt ta-lashuv», birinchilikni talashuv, ustunlik, hukmronlik hissi emasmi, ishqilib? Olimlar ruhiy qovushuvda bilim, ko‘nikma va malakaning muhim rol o‘ynashini hisobga olib, ularni uchga bo‘lish mumkin, deyishadi. a) Oilaviy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uy tutish, oila budjetini taqsimlash, tejamkorlik bilan sarf- xarajat qilish, pazandalik va turmushning boshqa zarur tomonlari haqida bilim, ko‘nikma va mal akal arga ega bo‘lish. b) Bolalar parvarishi, ularni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi zarur bilimlar, ya’ni yosh ota- onalarning ruhiy- pedagogi k saviya-si, oila, turmush, bolalar oldidagi otalik, onalik burchini, mas’uliyatni his etish va bularni ado etish. v) Jins va jinsiy hayot psixofiziologiyasi haqida bilim,ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish, turmush o‘rtog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, irodali, sabr- chidamli bo‘lish, yaqin kishisining ehtiyojlarini ustun qo‘yishga intilish. Albatta, yosh er-xotin o‘rtasida bunday bilim, ko‘nikma va ma-lakadagi farqancha bo‘lishi mumkin. Biri ma’lum sohada tushuncha-li, tajribali bo‘lsa, ikkinchisi o‘sha sohada mutlaqo tajribasiz, bilimsiz, malakasiz bo‘lishi mumkin. Pekin ma’lumoti juftini-kidan kam emas — oliy! So‘nggi yillarda va ayniqsa diplom uchun o‘qigan yoshlarda shunday «ma’lumot» bilan maqtanish hissi kuchli. Oila esa har jihatdan qovushuvni talab etadi. Ayniqsa, jinsiy hayot masalalarida ana shu farqyaqqol sezilib qoladi. Bunday payt-larda ma’lum bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan juft turmush o‘rtog‘ini qo‘llab borishi, tushuntirib, o‘rgatib turishi zarur. Ruhiy qovushuvda markaziy o‘rinni ruhiy shoxobchaning tarki-biy qismlaridan biri — fe’l-atvor egallaydi. Fe’l-atvori bir-biriga batamom o‘xshash qayliqlarni topish qiyin, birmuncha yaqinlari topilgan taqdirda ham ular orasidagi muhabbat tuyg‘u-lari o‘zaro hurmat bosqichi bilan almashinadi. Shuning uchun ular fe’l-atvori bir-biriga yaqin bo‘lishidan qati nazar, har xil kelishmovchiliklar yuzaga kelib turadi. Masalan, o‘zaro yoki bosh-qalar bilan bo‘lgan munosabatda biri — xudbinroq, ikkinchisi esa uning aksi yoki har ikkovi ham xudbinroq, shuningdek man-manroq bo‘lishlari mumkin. Bunday yigit-qizlar sevgi-muhabbat-siz oila qurolmaydilar. Ular o‘rtasidagi hissiyot oila qurilgan dastlabki bosqichda xudbinlik belgilarini ifodalamaydi. Muhabbat alangalangan davrga o‘tgandan so‘nggina xudbinlik, man-manlik kabi salbiy xususiyatlar o‘zini ko‘rsata boshlaydi va endi oilada nizolar soni keskin ortib ketadi. Shoshma- shosharlik bilan qurilgan oilalarda ko‘pincha er-xotinlar bir-birlarini yaxshi bilishmaydi. Xuddi shunday oilalarda yuqoridagi salbiy xislatlar to‘ydan keyingi dastlabki kunlardayoq tez qalqib chiqi-shi mumkin. Ayrim yangi kuyovlar erkaklarning uy yumushlari bilan shug‘ul-lanishni o‘zlari uchun haqorat deb biladilar. Aksincha, butun uy ishlarini biron-bir asosli sabablarsiz erining zimmasiga yuk-laydigan xotinlar ham bor. Bunda ba’zi er va xotinlar shunday turmushga tezda ko‘nikib va moslashib qolishadi, umr bo‘yi nizo-janjallarsiz yashab ketadilar. Ijtimoiy qovushuv. Ruhiy shoxobchaga ijtimoiy shoxobcha ham taalluqlidir. Ijtimoiy shoxobcha shaxsning dunyoqarashi va uning hayotda tutgan o‘rnini bildiradi. Bunday qovushuvda oilaviy hayotda-gi dunyoqarash asosiy rol o‘ynamasdan, balki shaxsning kimligi yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan shoxobchalar to‘g‘ri kelishidan tashqari, er yoki xotinning hayotda tutgan o‘rni, kimligi muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pincha ana shu narsa er-xotinlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga, ajralib ketishlarga sabab bo‘ladi. Yeki, aksincha, ijtimoiy mavqei yuqoriroq bo‘lgan shaxsga ikkinchi tomon so‘zsiz itoat etadi. Xalqimizda «yetaklashga qodir bo‘lmagan yetovda yuradi», degan ran bor. Buni ongli, madaniyatli, bir-biriga hurmat bilan bajarganlar ko‘p jihatdan, ayniqsa, oila barqaror-ligini saqlab qolib, yutadilar.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: