Qachon o'zgaradi?

Qachon o'zgaradi?

Qachon o'zgaradi?
Oilada ahillik bo'lishiga qaramay, er-xotin orasida bir-biriga nisbatan shunday savol tug'ilishi ko'p uchraydigan holat. Qachon o'zgaradi, axir? Erkak va ayolni bir-biriga jalb qilishda xarakter va temperament katta ahamiyat o'ynaydi. Erkak va ayol biron sabab bilan turmush quradi. Boshidan yoki boshida bilinmay, yillar o'tib er xotinida, xotini esa erida yoqimsiz jihatlarni ko'ra boshlaydi. Misol uchun, erining paypoqlarini har joyga tashlashi xotiniga yoqmaydi, biron joyga ketishdan oldin xotinining uzoq vaqt pardoz-andoz qilishi eriga yoqmaydi. Shu kabi jihatlarni juftliklar bir-birida to'g'rilashga harakat qiladi. Erkak xotinidagi o'ziga yoqmas jihatlarni to'g'irlash niyatida bo'ladi, xotini esa erida. Bu jarayon biron janjal bilan o'tmaydi, aksincha, bu tanbeh va yo'riqlar kun mobaynida, suhbatlashish yoki biron uy ishlari bilan band bo'lgan holatlarda, ichida saqlash, chidash yoki asabiylashish bilan davom etaveridi. Natijada er- xotin orasida gap talashish ko'payib ketadi, xarakter va odat esa o'z holicha o'zgarmay qolaveradi. U holda erining televizorni oldida uxlab qolishlaridan charchagan ayol yoki xotinining ortiqcha vazni bilan kurasha olmayotgan erkak qanday saboq.org saytidan olingan yo'l tutishi kerak? Shu yerda bir latifani aytib berishni joiz deb bildik: bir ayolni burni eriga hech yoqmas ekan. Har safar eri xotiniga qarab, "burning juda xunuk, operasiya qildirishimiz kerak, shunday qolaversa, men sendan ketib qolaman", deb aytaverar ekan. Nihoyat xotini burnini operasiya qildirishga rozi bo'libdi. Burni chiroylik bo'ldiyu, o'zi eridan ketib qolibdi. Bu bilan nima demoqchimiz? Har bir insonning yonida o'ziga loyiq inson bo'ladi. Latifadagi erkakka ham faqat shu ayol munosib edi, burni go'zallashgach u ayolga bu erkak munosib bo'lmay qoladi. Biz har doim o'zimizga loyiq inson bilan yashaysmiz va o'zimizga mos munosabatni olamiz Hayotda ham shunday. Erkak yonidagi ayolidan nolivattimi, uning ko'rinishi, biron harakati, qilayotgan ovqatlari yoqmayaptimi, o'ziga nazar solishi kerak. Demakki, u shunga loyiq hayot kechirmoqda. Va, aksincha, erining baqirishlaridan, qo'polligidan charchagan ayol ham birinchi bor o'ziga nazar solishi darkor. O'zini pol lattadek his qilayotgan bo'lsa, albatta unda oyoqlarni artadigan inson topiladi. O'zini qadr-qimmatini biladigan ayolga munosabat ham qadrli bo'ladi. Turmush o'rtog'ingiz o'zgarishini istayotgan bo'lsangiz, birinchi o'zingiz o'zgaring. Go'zal bo'lishini istasangiz go'zallikni ko'rsating, muloyimlikni xohlasangiz, shirin so'z bo'ling, saramjonlikni kutsangiz, yordam so'rashni o'rganing, hurmat qilishi kerak bo'lsa, o'zingizni hurmat qiling. Bir narsani unutmangki, agar erkak yoki ayol siz uchun emas boshqa biron sabab deb o'zgara boshlasa, siz ham unga hazon.ru saytidan olingan mos ravishda o'zgarishingiz darkor. Siz turmush qurganda eringiz yoki xotiningiz qanday bo'lgan bo'lsa, 2-3 farzand ko'rib, bir necha yil birga yashagandan so'ng ham shunday bo'la olmaydi, u tubdan o'zgaradi. Ana shu o'zgarish birgalikda bir tomonga qarab sodir bo'lishi lozim. Aks holda, "Men senga o'ylanganimda bunday emas eding," yoki "Ilk turmush qurganimizdagi va'dalaringiz boshqa edi," kabi gaplar orada ko'payib boraveradi. "Qachon o'zgaradi?", deyish noo'rin, u o'zgarib kelmoqda, aynan sizga mos ravishda. Yoki aksincha, sizga mos ravishda shundayligicha qolmoqda. Agar sizga turmush o'rtog'ingizning o'zgarishi kerak bo'lsa, "qachon men o'zgaraman?, deyishdan boshlang. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: