Главная » Erkaklarga maslahatlar » Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar
Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar

Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar

  • Категории: Erkaklarga maslahatlar
  • Название: Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar
  • Дата релиза: 17-02-16, 20:44
Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar
Ko‘pchilik erkaklar salomatligi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa ham shifokor ko‘rigidan o‘tishni o‘ziga odat qilmagan. Biroq hech qanday shikoyat bo‘lmasa ham shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Zero kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish ham oson, ham ancha arzon. Shuning uchun ham quyida erkaklar uchun eng zarur bo‘lgan yetti turdagi tibbiy ko‘rik haqida qisqacha ma’lumot berishni joiz deb topdik. Demak ular: Diabet Agarda siz sog‘lom turmush tarzi qoidalariga qat’iy rioya etsangiz, tana vazni va kasalliklarning rivojlanishiga qulay muhit yaratuvchi boshqa omillar (masalan, xolesterin miqdorining me’yoridan baland bo‘lishi yoki qon bosimining baland bo‘lishi) mavjud bo‘lmasa, diabet bo‘yicha chuqur tekshiruvlardan o‘tishga mutlaqo hojat qolmaydi. Ammo 45 yoshdan oshgan aksariyat erkaklar bunday deya olmaydi. Shu davrdan qondagi glyukoza va A1C miqdorini o‘lchatib borish tavsiya etiladi. A1C-test uchun qorin to‘q bo‘lishi talab etilsa, glyukoza meyorini aniqlashdan avval suvdan boshqa hech narsa iste’mol chilmaslik so‘raladi. Jinsiy a’zolar infeksiyalari Uzoq muddat davomida bir sherik bilan jinsiy aloqa qilgan taqdiringizda ham, mazkur ko‘rikdan o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki ayrim infeksiyalar yillar o‘tib ham yuzaga chiqishi mumkin. Tana vazni indeksi Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun shifokor huzuriga borish shart emas. Organizmdagi yog‘lar miqdorini aniqlash uchun bo‘yingiz va vazningiz o‘rtasidagi farqni ajrata olsangiz bas. 18.5dan 24.9 intervalgacha bo‘lgan ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. Xolesterin Amerika kardiologlar assosiatsiyasi erkaklarga 20 yoshdan keyin har 4-6 yilda qon tarkibidagi xolesterin miqdorini o‘lchab borishni tavsiya qiladi. Shaxsiy shifokor sizda diabet, chekish yoki yuqori arterial bosim mavjud bo‘lgan holda yanada qisqaroq muddatdan ushbu tekshiruvdan o‘tishni tavsiya qilishi mumkin. Xolesterin miqdori qon tahlili asosida aniqlanib, tekshiruvdan avval 9-12 soat hech narsa yemaslik talab etilishi mumkin. Arterial qon bosimi Xolesterinda bo‘lgani kabi arterial qon bosimi ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Biroq bugun uni aniqlash oson, og‘riqsiz va juda arzon kechadi. Prostata tahlili Avvallari prostata bezi bilan bog‘liq muammolar 50 yoshdan keyin sekin-asta chiqib kelaverardi. Bugun esa bunday muammolar yosh tanlagani yo‘q. Atrof- muhitning ifloslanishi, zararli odatlar, turmush tarzining keskin o‘zgarib ketgani, avtomobil, kompyuter kabi zamonaviy omillar prostata bezi saratonining “yoshi”ni ancha kichraytirib yubordi. Shu bois ham o‘z vaqtida urolog ko‘rigidan o‘tib, prostata bezi holatini tekshirib turish lozim. Manba: Erkak.Uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: