Главная » Homiladorlik » Homiladorlikda tomir tortishishi
Homiladorlikda tomir tortishishi

Homiladorlikda tomir tortishishi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homiladorlikda tomir tortishishi
  • Дата релиза: 18-02-16, 23:22
Homiladorlikda tomir tortishishi
Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin. Homiladorlik paytida tomir tortishish sabablari turlicha bo'lib, ularning asosiylari 1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy, magniy va vitamin B6 mikroelementlarning yetishmasligi; Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: Homiladorlikning dastlabki davridagi kuchli toksikoz, bunda ayol ko'p qayt qilib kerakli mikroelementlarni keraklicha hazm qilmaydi. Homilaning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini kuchayishi (odatda homiladorlik davrining o'rta qismida namoyon bo'ladi). Siydik keltiruvchi dori va suyuqliklarni vrach nazoratisiz ko'p iste'mol qilish. Noto'g'ri ovqatlanish natijasidaayol organizmiga kerakli moddalar yetarlicha tushmaydi. 2. Qonda gemoglobin moddasi darajasi keskin pasayib ketishi (anemiya); 3. Qondagi shakar miqdorining buzilishi, ko'pincha homilador ayolning ovqatlanish tizimi buzilib, katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p yeb olish yoki shirinliklarni ovqat o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi mumkin; 4. Oyoqda tomirlarning varikoz kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga katta og'irlik tushayotganda kuzatiladi; 5. Kofeinga boy suyuqliklarni iste'mol qilish (koka-kola, fanta, sprite, kofe va boshqalar). Kofein moddasi mushaklarni suvsizlantirib tomirlarni tortishiga olib kelishi mumkin; 6. Bachadonning tomir bosishi. Bunda kattalashgan bachadon asosiy tomirni bosib, oyoqlarda qon aylanish tizimiga xalaqit beradi. Odatda homiladorlikning uchinchi trimestrida ayol belida yotganda namoyon bo'ladi. Tomir tortishib qolsa nima qilsa bo'ladi: - tomir tortishayotgan oyoq barmoqlarini asta-sekin o'zingizga tortib, yana asta sekinlik bilan o'z holiga qaytaring; - tomir tortishayotgan joyni asta qizitish maqsadida ishqalang; - qon aylanish tizimini o'z holiga qaytarish uchun xonada bir qancha yuring; - tomir tortishi qaytarilmasligi uchun oyoqlaringizni balandroqqa ko'tarib (yostiq ustiga qo'yib) yoting. Homiladorlik davrida tomir tortishishining oldini olish va davolash: Tomir tortishi bu alohida kasallik bo'lmay, organizmda ma'lum bir nosozlik bor ekanligi alomatidir. Shuning uchun homilador ayol o'zida tomir tortishishini kuzatsa, darhol vrachga murojaat etishi lozim. Agar tomir tortishishi sababi mikroelementlarning yetishmovchiligida bo'lsa, u holda vrach kerakli vitamin va mikroelementlarni tavsiya qilishi mumkin. Tomir tortishishining oldini olish maqsadida homilador ayol non , makaron, grechka , ovsyanka , qatiq mahsulotlari , pishloq, baliq , yog'siz go'sht , meva va sabzavotlardan iste'mol qilishi lozim. Qondagi shakar miqdorini normada ushlab turish uchun tez -tez oz- ozdan ovqatlanish lozim . Undan tashqari: Balandligi besh sm dan oshmagan oyoq kiyimida yuring; Tomirlarning varikoz kengayishi mavjud bo'lgan hollarda tomirlarni ushlab turuvchi maxsus kolgotka yoki paypoqlarni kiyib yuring; Homiladorlikning uchinchi trimestridan boshlab iloji boricha chap yoningizda yoting yoki o'n tomon dumg'azangiz tagiga yostiq qo'yib yoting; Oyoqlarga uzoq vaqt og'irlik tushmasligini ta'minlang. Agar tikka turish zarur bo'lib qolsa, u holda oyoqlaringizga dam beruvchi mashg'ulotlarni qilib turing (oyoq uchiga turish, o'z holiga qaytish, bir necha marta). Dam olayotganingizda oyoqlaringizni biroz ko'tarilib turgan holda (yostiq, adyol ustida) ushlang. Manba: Uzbaby.Uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: