Главная » Homiladorlik » Homilaning birinchi bor qimirlashi
Homilaning birinchi bor qimirlashi

Homilaning birinchi bor qimirlashi

  • Категории: Homiladorlik
  • Название: Homilaning birinchi bor qimirlashi
  • Дата релиза: 18-02-16, 23:22
Homilaning birinchi bor qimirlashi
Homilador ayollarda bolaning qimirlashi har xil davrda boshlanib, ayollarning hissiyotlari ham bunda bir-biridan farq qiladi. Aslida, homila 2 oyligidan boshlab qimirlaydi. Lekin bola kichikligi tufayli uning harakatlari juda zaif bo'ladi va onaga sezilmaydi. Homiladorlikning 18-haftalariga kelib, bola qo'l-oyoqlarini kerib bachadon devorlariga tega boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona aynan shu harakatlarni sezishni boshlaydi. Bu davr, odatda, homiladorlikning 18-22 haftalariga to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador ayollar homilaning harakatlarini oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi ayollar esa bola qimirlashini 22-24 haftadan o'tib ham sezmay yurishlari mumkin. Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la ayollardan ko'ra tezroq sezadilar. Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina uning onasi his eta oladi. Shu bilan ham homilador ayol o'zini baxtiyor his etib yuradi. Homilador ayolning hissiyotlari Bolaning harakatlari zaif yoki sust deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va oyoqchalari 5 santimetr atrofida bo'lgan bolaning kuchi juda ham katta emasligini tushuning. Boshida ayol bolaning harakatlarini qorin g'uldirlashi bilan adashtirib ham yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu aynan bola harakatlari ekanligiga amin bo'lasiz va bu hissiyotni hech narsa bilan adashtira olmaysiz. Ko'pincha, onalar bolaning qimirlashini quyidagicha izohlaydilar: Vibratsiya, itarish, tiqilish, g'uldirlash, yengil urib qo'yish. Keyingi ikki oy davomida harakatlar kuchayib boraveradi. Homiladorlik davrning oxirlariga borganda, bola kattalashgan bo'lib, bachadonni butunlay egallagan bo'ladi va uning qimirlashi aniq va tez-tez seziladi. Ba'zida kuchi ko'payib qolgan bola o'z qimirlashlari bilan onasini uyg'otib yuborishi ham mumkin bo'ladi. Homila qimirlashi soni 20-24 haftalarda bolaning qimirlashi muntazam bo'lmaydi. Homiladorlikning 7-oyiga qadar qimirlashlar soni ko'payib boradi va 7-oydan so'ng susayadi. Tug'ush davri yaqinlashgan sayin esa harakat kuchi orta boshlaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bola onaning tinch holatida ko'p qimirlaydi. Agar bolaning qimirlashini sezmoqchi bo 'lsangiz, 1 dona shokolad bo' lagini yeb olib , 10 daqiqa davomida tinch yoting , tez orada bola harakatlanishini sezasiz. Ilk bora ona bo'lishga tayyorlanayotgan ayol uchun bolaning ilk qimirlashi juda ajoyib tuyg'ularni ulashadi. Mana shu tuyg'ularni bir joyga yozib qo'ying. Bola tug'ilib katta bo'lganida uni birgalikda o'qib, baxtiyor kunlaringizga qayta olasiz. Manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: