Главная » Ota-ona bo'limi » Fransuzcha ozish
Fransuzcha ozish

Fransuzcha ozish

  • Категории: Ota-ona bo'limi
  • Название: Fransuzcha ozish
  • Дата релиза: 15-02-16, 23:22
Fransuzcha ozish
Fransuz ayollari o'zining ozg'inligi bilan dunyoga mashhurdir. Agar fransuzcha taomnomaga qaralsa, uning tarkibida albatta qaymoqli desert, uglevodli asosiy taom va glyukozaga boy vino ham bo'ladi. Nega unda fransuz ayollari semirib ketmaydi? Bu haqda hatto tadqiqotlar ham olib borilgan. Ahir to'g'ri ovqatlanish tamoyilida "uglevodlarni oqsillar bilan yemaslik kerak," deb tavsiya etiladi. "Asosiy taomdan so'ng desert yeyish tez semirtiradi", kabi qoidalar mavjud bo'lsa, u holda fransuzlar to'g'ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilmayotgan bo'lmaydilarmi? Lekin ular ozg'in, Fransiyaga borgan odam ko'chada haqiqatan to'la bo'lgan insonni ichratsa u odatda turist bo'lgan bo'ladi. Fransuz aholisi, ayniqsa yoshlari orasida umuman semiz odam uchramaydi. Yana bir qiziq holat, fransuz odam Amerikaga borib yashasa, yarim yilda semirishni boshlaydi. Shu qatorda amerikalik Fransiyaga kelib yashasa, semirmaydi hatto ozadi ham. Ajoyib emasmi? Nihoyat tadqiqotlar buning sababini topdilar. Bu sabablar ilk ko'rishda oddiydek tuyulganiga qaramay, haqiqatan inson organizmi ortiqcha vaznga ega bo'lmasligi uchun yordam berar ekan. 1. Fransiyada yillar davomida tushlikka 2 soat ajratiladi. Ya'ni ishxonadagilarga tushlikda ovqatlanib olish uchun to'liq 2 soat berilar ekan. Bunday imkoniyatni deyarli hech bir mamlakatda uchratmaysiz. Sababi, fransuzlar ovqatni juda sekin yeyishni afzal ko'radilar. Ovqatlanish ular uchun maxsus jarayon bo'lib, uni hech qachon yo'lda, shoshgan holda yoki tez pishadigan ovqatlar bilan qilmaydilar. Ovqatlanish jarayonidan fransuzlar to'liq lazzat olishlari muhim. Nafaqat qorin to'yishi kerak, balki ovqatlanishdan estetik qoniqish ham ular uchun muhim hisoblanadi. Bu esa semirmaslik uchun juda kuchli faktor. Birinchidan, sekin ovqat yeyilganda to'yish hissi ham tez keladi va ravshan namoyon bo'ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt chaynalgan taom oshqozonda tez hazm bo'ladi. Uchinchidan, uzoq muddat yaxshilab pishirilgan taom, tez pishadigan "fast food" kabi taomdan farqli o'laroq semirtirmaydi. Afsus, hozirgi kunda, yoshlar shoshgan holida ovqatlanishni odat qilganlar. Yo'lda hot-dog yeb ketish, chala tayyor taomlarni mikroto'lqinli uskunada tayyorlab yeyish yoki oshxonaga kirib shoshib tamadi qilib olish hozirgi kunning odatidir. Oqibati esa, ortiqcha vaznda, oshqozon- ichak a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lmoqda. 2. Fransuzlar restoranlariga nazar solsak, taomnomada doim set taomi mavjud bo'ladi. Bu nima degani? Bunda mijoz bir narxga biratolasin 3 taomni sotib oladi. Bu odatda salat, asosiy taom va desert bo'lishi mumkin. Yoki 2 taomdan iborat set salat va asosiy taom yoki asosiy taom va desertdan tashkil topgan bo'ladi. Bir tomondan qarasa, bizdan deyarli farqi yo'q. Biz ham kafega ovqatlanishga borsak, birinchi salat yeymiz, keyin asosiy taom va oxirida desert bilan tamadini yakunlaymiz. Lekin fransuzlar yeyishida bizdan bir katta farq bor. Bu porsiya! Biz butun bir tushlik kalloriyasini tashkil etuvchi salatdan keyin, huddi shuncha kalloriyaga ega asosiy taom va ba'zida asosiy taomdan kalloriyada oshib ketuvchi desert bilan ovqatlanamiz. Fransuzlarda esa mana shu salat, asosiy taom va desertning umumiy kalloriyasi bir tushlikda talab etiladigan kalloriyadan oshmaydi. Ya'ni bizning holatda 3000 kalloriyaga ham yetsa, fransuzlarda bu uchchala taom shundoq balanslashgan bo'ladiki, uning umumiy kalloriyasi 1000-1500 kalloriyadan oshmaydi. Demak, semirmaslik uchun yeyilayotgan porsiyaga hamiyat bermoq lozim. Mayonezga bo'kkan salatdan keyin shashlik, ustidan esa snikers tortini yeb hech qanday balans haqida gapirib bo'lmaydi. 3. Nihoyat tadqiqotlar aniqlagan uchinchi sabab sifatda ekan. Har bir fransuz uchun ovqat uchun sifatli mahsulotlardan foydalanish bu qonun. Haqiqiy fransuz taom tayyorlashda oz bo'lsada eskirgan, bir tomoni burushib qolgan yoki uzoq vaqt xolodilnikda turgan mahsulotni hech qachon ishlatmaydi. Ularning fikricha, odam organizmi faqat yuqori sifatli, foydali va mazali mahsulotlarni iste'mol qilishi kerak. Tez pishadigan, chala tayyor taomlarni yeyish fransuz uchun juda qiyin. U ovqat tayyorlashga ham uni iste'mol qilishga ham juda katta e'tibor bilan qaraydi. Mana shu uch tamoyil fransuz ayollarini semirmasligiga asosiy sabab ekan. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: