Главная » Ota-ona bo'limi » Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)
Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)

Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)

  • Категории: Ota-ona bo'limi
  • Название: Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)
  • Дата релиза: 15-02-16, 23:18
Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)
Yangi pishirilgan halim asablarga kuch beradi, erlik urug‘ini ko‘paytiradi va jinsiy quvvatni oshiradi.Yangi sog‘ilgan sigir sutini ichish yoki sutni yong‘oq mag‘zi yoki xurmo bilan iste’mol qilish maniy (erlik urug‘i) paydo qiladi, shahvat quvvatini oshiradi. Yangi sog‘ilgan sutga arablarda o‘sadigan xurmo (finik) mevasidan va dolchindan bir kecha-kunduz ivitib qo‘yib, keyin eyilsa va ustidan yangi sut ichilsa, jinsiy a’zoni baquvvat qilib, shahvatni kuchaytiradi. Ammo bu tadbir issiq o‘lkalarda va issiq mijozli kishilarga to‘g‘ri kelmaydi.Olma gulining murabbosi, ya’ni gulqandi jinsiy a’zoni quvvatli qilib, harakatga keltiradi, yurakni baquvvat qiladi. Buning uchun olma gulini ikki baravar ko‘p qizil atirgul yaproqlari bilan aralashtirib, gulqand tayyorlanadi. Buni iste’mol qilishning bir kunlik miqdori 30 grammgacha.Eman (dub) daraxti mevasini xamir yo loy orasiga joylab olov qo‘rida pishirsangiz, buni sabzi murabbosi yoki boshqa quvvatbaxsh vositalar bilan iste’mol qilsangiz parvona.com saytidan olingan. badanga kuch bag‘ishlaydi, jinsiy quvvatni oshiradi, badandagi zararli xilt va zaharlarni haydab chiqaradi. Tudariy (tikanli daraxt turi) urug‘ini eyilsa, ishtahani ochadi, jinsiy quvvatni oshirib, erlik olatini harakatga keltiradi.Omila (Hindistonda o‘sadigan daraxt mevasi) asal va dolchinga ralashtirib iste’mol qilinsa, tanani bardam qilib, shahvat quvvatini oshiradi.Baliqning hamma turi shahvoniy quvvatni oshiradi, agar baliq piyoz bilan eyilsa, maniyni (erlik urug‘ini) ko‘paytiradi. Mayda baliq kabobini qurigan gazako‘t, sedana urug‘i, petrushka urug‘ini teng miqdorda olib kerakli miqdordagi zaytun yog‘i bilan nonxurush qilib eyilsa, erlik quvvatini oshiradi.Shahvatni jonlantirishda kiyik, o‘rdak, bedana, chumchuq, qo‘tos, arxar (tog‘ echkisi) go‘shtlarini iste’mol qilish yaxshi samara beradi. manba: Uzbaby.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: