Икки болам билан хануз ЗАГСим йўқ(
- Категории: Yakshanba - Muxlis Minbari!!
- Название: Икки болам билан хануз ЗАГСим йўқ(
- Дата релиза: 17-02-16, 20:59
Salom sayyod.com rahbariyati hamda
muxlislari.sizlarga aytib bermoqchi bo'lgan
voqea meni boshimdan o'tgan bo'lib meni
hozirgacha bu voqealar qiynab
kelmoqda.hozir yoshim 25 da.2011 yil
institutning 3 kursidaligimda ne ne orzu
umidlar bilan oliy malumotli o'zimdan 6 yosh
katta bo'lgan kishiga turmushga chiqdim.u
kishi meni jamoat transportida uchratib
yoqtirib surishtirib sovchi yuborib
menga uylandilar. to'y marosimlar hammasi
risoladigidek bo'ldi ammo hammasi tuy
o'tgandan keyin boshlandi.kuyov yani turmush
o'rtog'im menga umuman
yaqinlashmasdi.kechalari qo'shni xonada
yotadigan bora bora esa ishxonadan
kelmaydigan odat chiqardi.ustiga ustak
qaynonam zug'um o'kazishni boshlagandi
senga uylangandan beri o'g'lim o'zgarib
kechalariuyga kelmaydigan ichadigan odat
chiqardi deb.men u bilan vaziyatni
oydinlashtirish maqsadida gaplashib olishga
harakat qilardim lekin u doim meni eshitgisi
kelmas va doim paysalga solardi.shu zaylda 2
oy vaqt o'tdi. nihoyat u men shunaqa kasal
odamman (impatent)ayolimga
yaqinlasholmayman senga onamni okelin
qilish orzusi uchun uylandim ota uyinga bor
baxtingni top meni kechir deb meni javobimni
berdi.ota onamni chaqirib hech to'polonlarsiz
ko'ch ko'ronimni olib otamnikiga qaytdim.
3 oy deganda rasmiy ajrashdik. ruhan siqilib
darslarimga qatnay olmadim ochig'i
kursdoshlarim oldida 2 oyda ajrashibdi degan
mish mishlarga qolib ketmay deb uyalib
qatnay olmadim.ruhan ezildim yolg'izlandim
depressiyaga tushdim dugonalarimga qo'shila
olmadim natijada o'qishdan chetlashtirilish
to'grisida ogohlantirish oldim va onam menga
o'qishga qaytishimga ruhan dalda berib
diplom ishlarimda yordam berib turdilar
nihoyat eson omon bitirib diplom ham oldim
nufuzli joylarga ishga ham kirdim bunda otam
yordam berdilar o'zimni ishga bag'ishladim bu
orada 2,3 joydan sovchilar kela boshladi. biri
qarindosh bo'lsa ikkinchisi uylanmagan yigit
bola uchinchisi esa hali xotinidan rasman
ajrashmagan erkak kishi edi.
ajrashganimga 3 yil to'lib qoldi. shunda yana
bir kishidan sovchi kela boshladi.o'zimdan 2
yosh kata o'qimishli xotini bilan 6 oy yashab
ajrashgan va u ayol bir qiz ko'rgan va ayni
damda shu qizi uchun aliment to'layotgan
edi.oilamni qistovi bilan shu kishiga ikkinchi
marotaba turmushga bokira sifatida
chiqdim.tuyimiz 10 kun ichida bo'lganligi
sabab zags dan tuydan keyin o'tamiz dwb
meni aldab menga uylandilar.aldab deganimni
manosini hali bu gaplarimni hammasini o'qib
tushunib olasizlar...... Tuyimuzni 10 kun tez
muddatda bo'lishiga sabab yana 15 kundan
keyin erimni ukasi yani qaynukamni tuyishi
bo'lishi kerak edi. meni erimni aka sifatida
to'yini oldinroq qilishdi. ixchamgina lekin tuy
bo'ldi yana oq kuylak kiydim. oldiniga
hammasi yaxshi edi. qaynonam bilan apoq
chapoq edik lekin ovsinimni 15 kundan keyin
ovsinimni tushirgandan keyin qaynonam
uzgarib qoldi.
qaynukam doim safarda yurganligi sabab
qaynonam ovsinimni xonasida chilalli kelin
yakka yotmaydi deb u bilan yotardi va
qaynona kelin birgalikda 9 ertalab
uygonishardi ungacha men hamma ishlarni
qilib nonushtalarni taxlab supurib sidirib
tozalab kelinlik vazifalarimni qilib qo'yardim.
qizigi ovsinim uzini bu yerda mehmondek
tutardi. hech bulmaganda uzi yegan ovqatini
idishini yuvmasdi ish ovqat qilish uyiqda
tursin hatto uy ishlarida menga yordam
bermasdi. bir ikki marta qaynonamga namyok
qilganday buldim u kishi jiming o'glim
kupincha safarda tilim qisiq siz uziz ishlarizni
bilib qilavering ovsinizga istehzo qilmang
aksincha unga o'rnak buling dedilar.
gapirganimga pushaymon yeb ikkinchi
gapirmaydigan bo'lib qoldim. eng alam
qiladigani ovsinim meni xuzmatkori sifatida
ko'rib pisand qilmasdi vaholanki u mendan
15 kun keyin kelin bo'lib tushgandi. ustiga
ustak qaynonamga nimadirlar deb meni
yomonlatotgani qaynonamni menga bo'lgan
munosabatidan bilinardi. erimga aytib kurdim
befoyda u ham sen ukamni oilasiga aralashma
dedi. bu orada ovsinim ham zags qilinmagan
edi ikkalangni 1 kunda qilaman deb qaynonam
so'z bergandi. menga indamay ovsinimni
qaynukam safardan qaytgan kuni ikkalasini
zagsga yubordi. ovsinim allaqachon
qaynonamni bir nimalar deb avrab olgan edi.
ular zagsdan utib kelishdi. menga esa
qaynonam indamadi sizga hali bor dedi zurg'a
yutinib xop dedim. zags qogozimiz bulmagani
uchun hech bir domla bizga nikoh o'qimagan
edi menga shunisi alam qilardi. qaynonamni
zags qilmay tuy qilganiga sabab nimamush
erimni avvalgi xotini qaynonamni uyiga
ajrashayotib davogarlik qiganmushde keyin
erimni alimentga berganmush hozir ko'rmagan
nabirasi uchun aliment to'layotganmish. lekin
ovsinimni zagsdan o'tkaztirdi.
bu orada ovsinim mendan oldin homilador
bo'lib tili uzayib qoldi. gap qaytaradigan
arazlab ketadigan odat chiqardi. har kun u
tufayli uyda janjal boshlangandi. qaynonam
unga ishonib сhuv tushganiga zags qilganiga
pushaymon edi. u bilan bunday muammo
boshlangandan keyin men zags haqida ogiz
ocholmasdim. bu muammolar tinjib ketishini
kutdim. tuyimizga 3 oy tulib qolgandi ustiga
ovsinim homilador bo'lganiga qaynonam
xavotir olib qisirmasmisiz mabodo derdi.
erimni avvalgi xotini qaynonam bergan tilla
taqinchiqlarni qaytarmay ajrashib ketganligi
sabab menga ham tuyimda na qaynonam na
erim tilla Sovga qilmagandi. shunda bo'yizda
bo'lgan kuniyoq zags qilib zirak olib beraman
derdi. qaynonamni ishonchini qozonay deb
shunaqangi ertayu kechgacha tinim
bilmasdimki hattoki tasavvur qilolmaysiz.
qaynonamni dorilarini vaqtma vaqt soatma
soat berardim oyoqlari tirnoqlarini olib yuvib
tarab bo'yab quyardim ogziga yoqanini
pishirib mexmongaboraman desa kiydirib
balki ishonmassiz.
bo'yimda ham bo'ldi. erim o'zuda yo'q
xursand edi. ovsinim bu paytda onasinikida
arazlab ketgandi. qaynonam yana boshladi
tugilgan kunizda zags qilib tilla olib beraman
tugilgan kunim ham utdi. bu orada toksikozim
kuchliligi sabab qaynonam bolnitsa yotishga
quymaganligi sabab chiqib onamdan muhtoj
bulib o'lar bo'lib yordam surab bordim
shifoxonaga yotqizing deb. shifoxonaga
yotdim erimga aytdim. qaynonam nima uchun
borib shifoxonaga yotdi deb mingta quwib
erimni kelib kurgani quymadi.10 kun erimni
yuliga zor bo'lib yotdim. bilsam homilam 2 ta
egizaklar ekan. sms orqali erimga yozganimda
bu ham uni yumshatolmadi. yolgon sen meni
uzingga og'dirish uchun aytyapsan
iwonmayman dedi. ukam kelib shifoxonani
pulini to'lab onamlarnikiga olib ketdi. erimni
uyidan hech kim meni surab kelmadi. otam
uzi meni ruzgor shu deb erimnikiga oborib
quydilar. erim esa meni yuzimga ham
qaramasdi. arazlab yurardi. onasi yuzaki
gapirardi. men esa hali to'liq tuzalmagan
edim toksikoz oqibatida yemay quyganim
uchun 35 kg bulib qolgandim. qaynonamni
kunglini olay deb burnimga rumol boglab
ovqatlar pishiriqlar pishirardim. chunki hidga
toqatim yo'q edi. bu orada tugilgan kunim
ham o'tdi. erim bilan yarashib ham oldik. endi
erim ham qaynonam ham ishqilib
tug'gunizcha zags qilamiz derdi. bolamni
egizakligiga qaynonam umuman ishonmasdi
uzi tahlilini kursatsam ham hali tug'ingchi
kuramiz siz egizakni bu gavdayiz bilan
ko'tarolmaysiz hali 9 oy ko'tarib bilasizmi
yoqmi derdi. hatto uchyotga qo'yishgayam
janjallar qildi. hammasiga chidadim.
homilam 8 oyligigacha o'lib tirilib
qaynonamni xizmatini qildim ikkitani ko'tarish
judayam og'ir oxiri 8 oyni boshida endi men
homilador ayoldan qurqaman yana uyda
tug'ib quymang deb turli bahonalar qilib meni
onamnikiga haydadi ugli bilan birga. otam
kelib olib ketdilar qaynonam esa otam
kelganida boshqa xonada yashirinib turdi.
Shunday qilib 10 kuncha onam menga
uylarida qarab turdilar undan keyin juda ham
og'irlashganim sabab tug'ruq muddatidan
oldin shifoxonaga shifokorlar nazoratida
bo'lish uchun yotdim. ishonasizmi na erim
keldi na erimni uydagilari keldi. hatto erim
telefon qilmadi xotinim og'iroyoq edi deb. rosa
qayg'urib davlenie bo'lib reanimatsiyaga
o'tkazub operatsiya qilishdi 2 qiz ko'rdim
ollohga shukur soglom chiroylikgina biri 2700
kg ikkinchisi 2500 kg. hamma xursand otam
erimga telefon qilib yangilikni aytganida hali
o'tarman o'zizni familyayizga olavering meni
pulim yoq degan ishonasizmi. chunki zagsdan
utmagandikku. bolaga familiya muammosi bor
edi. kelib 2,3 marta meni bolalarini ko'rib
ketdi men kun sayin og'irlashaverdim ichimda
qon quyulib ketib qarib koma ahvoliga
tushdim qayta operatsion xonasiga kirgizishdi.
yana va yana qon quyishdi hammasi bulib 1
oy deganda balnitsadan chiqdim.
chaqaloqlarim qarib 1 oylik edi. shu vaqt
ichida na qaynonam na qaynotam keldi erim
2,3 marta nomiga keldi xolos ustiga ustak
bolalariga familyasini bermay voz kechdi
hisob.
bolalarim uzimni familyamga utdi va meni
otamni ismi otchestva hisobida yozildi. yani
bobosini ismi otchestva bo'ldi otasinikimas.
shifoxonadan chiqyotib onam qaynonamga tel
qilib biz chiqyapmiz dedilar hatto chiqarishga
ham kelmadi erimni ham kelishga quymadi
ustiga ustak onamga men kasalmandman
uyizga olib keting biznikiga olib kelmang usha
yerda katta qiling dedi ishonasizmi? Chillam
chiqqandan keyin borib mebellarimni olib
orani ochiq qilib keldim chunki bolalarini
ko'rgani ham kelmasdi. mebellarimni olib
kelgandan keyin erim otamnikiga uzur surab
keldi olib ketaman deganda otam egizaklar
hali yosh bularga kamida 2 ayol kerak sizni
onayiz parvarish qila olmaydila katta
bulaversin keyin olib ketasiz uziz kelib
ketavering qancha xoxlasayiz dedilar. shu shu
erim bilan yarashib til topishib ketdik erim
kelib ketadigan 2,3 kun qoladigan bo'ldi. bu
orada meni ota onamni yaxshi yaqindan bilib
oldi va onasi uzi nohaqligini tushundi.
qaynonam esa ug'li uzgarganini sezib boshqa
otamnikiga kelishiga ruxsat bermadi.
qaynonamni odati bor agar gapini qilmasayiz
uzini tapi tashlab bexush qiladida va albatta
tez yordam keladi.
erim ota uyimizga bosh egib men uchun
uyimizga qaytgin deb qaynukam bilan keldi
otam bor dedilar. 2 bolamni olib bordim
mayli. qaynonam boshiga yaxshi kutib oldi
oldingiday xizmatlarini qilib yurdim bolamga
qarashda erim yordam berdi ora chorada
qaynonam beshigini tebratardi bolalarim u
paytda 5 oylik edi. qaynonamnikiga
qaytganimda bildimki qaynukam 2 chi bor
uylanibdi va u homilador. birinchi xotini bilan
ajrashgan va aliment tulayot ekan u ham erim
kabi. yana bitta sabab topildi zags
qilmaslikka meni. shunda erimga yalindim
ketdik mana men keldim endi zags qiling
paysalga solib yurdi bu orada qaynonam bitta
bolangni uyimga keltirma ikkinchisini onang
katta qilsin deb meni haydab soldi. buni
eshitib erim ham keldi hozir otamnikida
yashayapmiz bolalarim 9 oylik bo'lib qolgan
erim onasini har haftada bir bor kurib keladi.
erimni oyligi uziga yarasha. erimni yaxshi
joyga ishga quyamiz desam pasporti haliyam
onasida. zags qilishimizdan qurqadi. zags
qilishga ham quymaydi haligacha.pasportni
bering desa propiskadan chiq beraman
dermish. erimni pasporti yoqligi sabab
zagsimni yoqligi sabab mahalla ham
bolalarimni nafaqa pullarini bermadi.
iltimos yaxshilar boshim qotgan nima qilsam
to'g'ri bo'larkin o'glini uziga asir qilib
normalniy yashashga quymayotgan
qaynonamga nima qilsam tugri bo'larkin?
Shuncha yaxshilik qilib ko'nglini
yumshatolmadim nima qilsam to'gri bularkin?
qanday yul tutay maslahat bering.balki sizda
ham shunga uxshash voqea bulgandir?
Sayyod: -Ғирт жиннихона ва жинни оилаку.
Биринчи эрингизни жисмоний импотентлиги
хозирги эрингизни маънавий импотентлиги
олдида холва бўлибдику. Хуллас
маслахатим эрингиз ва қайнонангизга
айтинг судга бериб оталикни исботлатиб
алиментга бераман , ана кейин учта болага
алимент тўлайди, кейин суд орқали ўша
қайнонангиз турган уйга суд орқали
пропискадан ўтиб, уйни бўлишгаям судга
бераман денг. Ишонаверинг қонун сиз
тарафда! Аввалига огохлантиринг,
тўғриликча ЗАГС қилиб эрингиз нима қилса
хам фарзандларингизни хужжатларини
керак бўлса суд орқали бўлса хам
тўғирлатсин.
Йўқ дейишса туман фуқаролик судига ариза
билан мурожаат қилиб адашмасам "об
установлении отцовства" даъво аризасини
топширасиз. Суд давомида гувохлар ва
хоказолар билан унинг оталиги аниқланиб
исботлангач қолганини қилаверасиз.
Лаллайиб икки болангизни отангиз
фамилияси билан хор яшаб юргандан кўра
курашинг, бу нимасси, хаётми шуям? Инсон
хуқуқлари нима бўлди? Қулдан бешбаттар
муносабатку бу. Бемалол қонун билан
хаммасини жой жойига қўйсангиз бўлади.
Лекин аввал яхшиликча огохлантиринг
уларни!
Ха айтганча, эрингиз латта эканлигиниям
айтишни унутманг!
Manba: Sayyod.Com
Смс Шерлар