Главная » Jinoyat va Ja'zo » Koreyaga borish uchun pul olib, aldab ketishdi
Koreyaga borish uchun pul olib, aldab ketishdi

Koreyaga borish uchun pul olib, aldab ketishdi

  • Категории: Jinoyat va Ja'zo
  • Название: Koreyaga borish uchun pul olib, aldab ketishdi
  • Дата релиза: 14-07-14, 18:49
Koreyaga borish uchun pul olib, aldab ketishdi
Savol: 2010-yil akamni Janubiy Koreya Respublikasiga ishlash uchun Toshkent shahridagi ishsizlarni o’qitish markaziga murojaat qilganimizda, markaz rahbari bir tanishi borligini va u qonuniy yo’l bilan Koreya Respublikasiga etkazib qo’yish sharti bilan 4600 (to’rt ming olti yuz) AQSH dollari olishdi. Koreya Respublikasining aeroportida hujjatlari noqonuniyliga va shu bilan birga kutib olish uchun hech qanday odam yo’qligi sababli akamni aeroport ichidan chiqarishmadi va necha kun davomida ushlab turib O’zbekiston Respublikasiga qaytarib yuborishdi. Akam qaytgach u kishilarga vaziyatni tushuntirishganda o’zlarini olib qochgan. Oilamizdagi sharoit og’irligi tufayli shu yilning aprel oyida o’zim Toshkentga (shu kishilarni qidirib) bordim. Ular hali ham puli yo’qligini va boshqa odamlar ham olishgani va ular ham berishi kerakligini aytishdi. Biz ushbu ko’rsatilgan summani akam uchun qurilgan 12 sotihli turar joyini sotib berganmiz. Bu ishni qonuniy yo’l bilan hal qilsa bo’ladimi va kimlarga murojaat qilish mumkin. Biz ushbu pulni qonuniy yo’l bilan qaytarib olishimiz mumkinmi

Javob:
Mazkur holatda bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilib, firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan akangizning mulkini yoki akangizning mulkiga bo‘lgan huquqini (4600 AQSh dollari) qo‘lga kiritishgan. Shuningdek, akangizga tegishli bo‘lgan hujjatlar tayyorlagan va ularni qalbakilashtirgan.

Ushbu holatda mazkur shaxslar qilmishlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) alomatlari mavjud.

Siz mazkur jinoyatchi shaxslarning sodir etgan jinoiy qilmishlari ustidan javobgar yashaydigan shahar (tuman) prokuratura organlariga yohud ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

4600 AQSh dollari so‘mga nisbatan qiymati (1 AQSh dollarining 2013-yil 13-iyun holati bilan davlat qiymati 2116,0 so‘m x 4600 ) 9 733 600 (to‘qqiz million etti yuz o‘ttiz uch ming olti yuz) so‘mni tashkil etadi. Bu esa eng kam oylik ish haqining (2013-yil 13-iyun holatiga ko’ra, 79590 so’m) 122 baravarini tashkil etadi. Jinoyat qonunchiligida – bu ancha miqdorni (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha) tashkil etadi, ya’ni Jinoyat kodeksining 168-modda 1-qismi, lekin jinoyat bir guruh shaxslar (ular mansabdor shaxsmi bo’lsa, yana og’irlashtiruvchi holat sifatida qo’shiladi) tomonidan oldindan til biriktirilib sodir etilgani uchun 168-modda 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.

Akangizga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tayyorlagan va ularni qalbakilashtirganligi uchun Jinoyat kodeksining 228-modda 1-, 2-qismi bilan jinoiy javobgarlik masalasi hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasiga asosan Jinoyat kodeksining 168, 228-moddalari bilan nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib borilishi belgilangan. Demak, siz bu borada ichki ishlar organlariga murojaat qilganingiz maqsadga muvofiq.

Akangizdan pulni olgan va soxta hujjatlar tayyorlagan shaxslar sudda aybdor deb topilsa, sizlarga yetkazilgan barcha zarar qonuniy ravishda aybdorlardan undiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismiga binoan etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda mazkur jinoyatchilarga nisbatan qonunda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: