17 ta eng qiziqarli MALUMOTLAR

17 ta eng qiziqarli MALUMOTLAR

17 ta eng qiziqarli MALUMOTLAR
1. Eng qimmat film bugungi kunga qadar "Titanik" hisoblanadi, unga 200 million dollar sarflangan. Shunday bo'lishiga qaramasdan bu film allaqachon o'zining sarflangan xarajatlarini bir necha barobar oqlagan.

2. Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qog'ozga bitilgan "Lester kodeksi" va "Yerdagi suv va osmon ishlari" deb nomlangan asarlar bo'lib, uni Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan.

3. Eng qimmat reklama "Pepsi" kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya mahsulotini reklama qilgan pop yulduzi Britni Spirsga 7,53 million dollar to'lagan.

4. Dunyodagi eng qimmat stadion Parij shahri yaqinida joylashgan "Stade de France" o'yingohi hisoblanadi. Ushbu o'yingohning qurilishiga 460 million yevro sarflangan.

5. Jahondagi eng qimmat savdo markasi "Koka-kola" hisoblanadi. Uning bahosi 68,9 milliard dollarga teng.

6. Dubaydagi "Burj Al Arab" mehmonxonasining eng arzon xonasida mehmon bo'lmoqchi bo'lsangiz, 770 yevro to'lashingizga to'g'ri keladi. Agar cho'ntagingiz baquvvatroq bo'lsa, bemalol barcha qulayliklarga ega bo'lgan xonani ijaraga olishingiz mumkin. Bunday xonalarning bir kunlik narxi 7700 yevro turadi.

7. Sayohatga eng ko'p mablag' sarflaganlar dunyo bo'yicha amerikalik Dennis Tito va Janubiy Afrika Respublikasining fuqarosi Mark Shattlvort hisoblanadi. Ular kosmosga sayohat qilish uchun 20 million dollardan haq to'lashgan.

8. Eng qimmat sigareta "Treasure" deb nomlanib, uning bir qutisi 24 yevro narxda turadi.

9. Jahondagi eng qimmat shahar kunchiqar mamlakatning poytaxti Tokio hisoblanadi. Yuqori texnologiyalar markazi hisoblangan shaharga tashrif buyurish uchun anchagina miqdorda mablag'ga ega bo'lishingiz kerak.

10. Piter Paul Rubensning surati eng qimmat rasm hisoblanadi. U 73,5 million yevroga sotilgan.

11. Eng qimmat tufli mashhur zargar Styuart Vaytsman tomonidan yaratilgan. Mazkur tufli 642 dona yoqut bilan bezatilgan bo'lib, tannarxi 1,6 million yevro turadi.

12. Zaminimizdagi eng qimmatbaho qahva Indoneziyaning Sumatra orolida yetishtiriladi. "Kopi Lyuvak" deb nomlangan bu qahva turining to'rtdan bir funti bahosi 75 dollar turadi.

13. Eng qimmatbaho avtomobil hozirgi kunda "Maybach-62" hisoblanadi. Bu avtomobilning o'rindiqlari yotish uchun ham moslashtirilgan. Unda DVD pleyer ham mavjud. Ushbu o'rindiqning narxi 360 ming yevro turadi.

14. Dunyodagi eng qimmatbaho qo'g'irchoq "Barbi" hisoblanadi. Ko'ylaklari haqiqiy olmoslar bilan bezatilgan ushbu qo'g'irchoqning bahosi yuz ming yevro turadi.

15. Dunyodagi eng katta shaxmat donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan "qirol" ekan. Uning balandligi - 4 metr, asosining diametri - 1,4 metrni tashkil etadi. www.voydodshou.net - saytidan olindi.

16. 200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tug'riq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan. U to'rt marta to'rttadan, yetti marta uchtadan va 16 marta ikkitadan bola tuqqan. Eng ajablanarlisi u biron marta yakka farzand ko'rmagan. Farzandlari soni ko'pligi jihatidan ikkinchi o'rinni bundan 500 yil avval dunyodan ko'z yumgan nemis ayoli band etgan. Uning Beniggeymdagi qabrtoshida 38 nafar o'g'il va 15 nafar qizning onasi bo'lgani qayd etilgan.

17. 2000 yilning 28 noyabrida Nyu- York (Amerika Qo'shma Shtatlari)dagi Tayms-Skverda ochilgan "Izi Evrising" internet- kafe 648 kompyuter terminallari bilan jihozlangan.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: