Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

7 ta tabiiy tinchlantiruvchi vosita

Hayotimiz turli-tuman tashvishlar va stresslar bilan birga kechadi: ishdagi muammolar, uydagi ko‘ngilsizliklar, doimiy pul yetishmasligi va hamma narsaga ulgurishga bo‘lgan intilish asablarning jiddiy buzilishiga olib kelishi muqarrar.

Bunday holatda dam olish, asab tizimi uchun esa yaxshi tinchlantiruvchi vosita kerak bo‘ladi.

Moychechakli choy
Agar siz qattiq asabiylashgan bo‘lsangiz, bunday hollarda moychechakli xushbo‘y choy yordam beradi. Tadqiqotlarning ta’kidlashicha, bu shifobaxsh o‘simlik gullaridagi ba’zi birikmalar miya retseptorlariga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘k choy
Ma’lum bo‘lishicha, choy bargi tarkibidagi L-tianin aminokislotasi ta’sirida organizm bir necha soat davomida meditatsiya holatida bo‘lishi mumkin ekan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu aminokislota xavotirlikni yo‘qotishga va yurakning tez o‘rishi, qon bosimi ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi.

Muntazam mashqlar
Jismoniy mashqlar nafaqat mushaklarni, balki inson ruhiyatini ham mustahkamlaydi va unga har xil stressli holatlarga chidamli bo‘lishga yordam beradi.

Nafas olmasdan turish
Yoga tajribasi tashvishlanish va stressga qarshi kurashda nafasni ushlab turishning samarali ekanligini isbotlaydi. Buning uchun og‘iz orqali to‘liq nafas chiqarish, asta-sekinlik bilan to‘rtgacha sanash va burun orqali nafas olish kifoya qiladi. Bundan keyin yettigacha sanash va yana og‘iz orqali nafas chiqarish kerak. Bu mashqni bir necha marta takrorlang.

Omega-3 yog‘ kislotalari
Tadqiqotlar Omega-3 yog‘ kislotalarining ajoyib antidepressant ekanligini va tashvishlanishni kamaytirishini isbotladi. Yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalari sardinalarda, midiyalarda, anchouslarda va boshqa dengiz mahsulotlarida mavjud.

Hammom va sauna
Yuqori harorat ta’sirida mushaklar tarangligi kamayadi, bu esa asablarni tinchlantirishga olib keladi. Shu o‘rinda, tinchlanish uchun albatta saunaga borish shart emas, chunki bir piyola issiq choy ham sizni ichdan isitadi, natijada tanangizni xotirjamlik egallaydi.

O‘rmonda sayr qilish
O‘rmonda sayr qilish yaponlar tilida “o‘rmon vannasi” ma’nosini anglatadi. 20 daqiqa davomida o‘rmonda sayr qilish tana haroratining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tez-tez o‘rmonda sayr qiluvchilarda stress gormoni ancha past bo‘ladi, demak bunday sayrlar shahar bo‘ylab sayr qilishga qaraganda foydaliroqdir.
Manba: Daryo.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (04 Апр 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: 7 ta tabiiy tinchlantiruvchi vosita | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]