Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Anor: nevroz, yurak o`ynog`i va jigarni yog` bosishidan himoyalaydi
Anor: nevroz, yurak o`ynog`i va jigarni yog` bosishidan himoyalaydi

Anor: nevroz, yurak o`ynog`i va jigarni yog` bosishidan himoyalaydi

Anor: nevroz, yurak o`ynog`i va jigarni yog` bosishidan himoyalaydi
Mavsumiy mevalardan biri hisoblangan anorni 101 dardga davo deyishadi. U haqida juda ko`p va xo`p gapirish mumkin. Quyida anorning inson organizmi uchun foydali jihatlari hamda qay bir kasalliklarda asqatishi bilan tanishtiramiz.

HOMILADORLAR UChUN FOYDALI

Tarkibida jamiki vitaminlarni yiqqan anor, ayniqsa, homiladorlikning ilk oylaridagi toksikozda yordam beradi. Buning uchun anorni siqib, sharbatini ozroq mineral suv bilan aralashtrib ichish lozim. Chunki anor shirasining o`zi oshqozonga og`ir botishi va organizm oshqozon kasalliklariga moyillik bo`lganida, gastritni keltirib chiqarishi mumkin. Anor qonda gemoglobin darajasini ham oshiradi. Foydasi bo`lsin desangiz, anorni salatlarga qo`shib iste`mol qiling. Homiladorlikning so`nggi oylarida qo`l-oyoqlaringiz shisha boshlasa, choyingizga yarim siqim anor donasini siqib, novvot qo`shib iching.

ORGANIZMNI TOZALAYDI

Anorni iste`mol qilganingizda qon bosimi darrov me`yoriga tushadi, jigar tozalanadi, ortiqcha suyuqlik chiqib ketadi, chunki meva siydik va safro haydovchi ta`sirga ega.

GIJJADAN XALOS QILADI

Anor po`sti bir hafta oftob tagida quritib olingach, 2 hovuchi yarim litr suvda 1 soat qaynatiladi. Tayyor qaynatma ertalab och qoringa ichilib, 2 soatdan keyin huqna qilinsa, organizm parazitlardan tozalanadi.

PO`STI HAM DAVO

Ish yoki uydagi muammolar tufayli anchadan beri halovatsizlik, yurak siqilishi, asabiylik, qo`l titrashi, kayfiyatning o`zgarib turishidan madorsizlanib borayotgan bo`lsangiz, bir dona anor po`stini yarim litr suvda 10 daqiqa qaynatib, asal qo`shib iching. Bu qaynatma nevroz, yurak o`ynog`i, surunkali charchoq, vasvasaga tushish holatlarida yordam beradi. Qaynatma gripp va yallig`lanish xastaliklari, jigarni yog` bosishi, sariq kasalidan keyingi tiklanish davrida ham ichilishi mumkin.

IMMUNITETNI KO`TARADI

Kuz mavsumida bir donadan anor eyishga odatlansangiz gripp va shamollashdan cho`chimasangiz ham bo`ladi. Negaki, anor S vitaminiga nihoyatda boy. Uni salat bargi, ozroq zaytun moyi va mayda to`g`ralgan limon bilan birga tanovul qilsangiz, organizmingizga yordam bergan bo`lasiz. Oddiygina salat shamollashdan asraydi, qonni yurishtiradi, ichaklarni tozalab, yuz ko`rinishingizni tiniqlashtiradi.

Foto: anor qo`shilgan salat

KOSMETOLOGLAR TAVSIYa QILIShADI

Yuz teringiz uchun krem tanlayotgan paytda tarkibida anor borligini ko`rsangiz, ikkilanmay olavering. Anor terining so`lg`inligi, mayda ajinlar bilan kurashadi. Ayniqsa, bunday kremni yotishdan oldin surtgan yaxshi.

SUYaKLARNI MUSTAHKAMLAYDI

Keksalar anorni kunora eb turishlari shart. Negaki, tarkibidagi kalsiy kattalarda uchraydigan osteoartroz kasali bilan kurashadi. Anor palovga qo`shib iste`mol qilinsa, qon bosimi me`yorga keladi, yurak quvvatlanadi. Haftada 2-3 marta, nahorga 2 osh qoshiqdan anor sharbatidan ichilganida esa insult va infarkt xavfi kamayadi. Keksalarda uchraydigan Alsgeymer kasalida ham anor yordam beradi. U xotirani mustahkamlab, bosh miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi.

OZMOQChIMISIZ?

Ozish payida yurgan xonimlar sabzavotli yoki mevali salatlariga anor donalaridan qo`shishlari kerak. Yana anorli parhez vazn ketish qiyin bo`lgan sohalar – qorin va bo`ksani tez ozdirishiga qodir!

QANDAY TANLAYMIZ?

Xarid payti mevaning yirikligiga, po`sti quruq va yupqa, ustida dog`lari bo`lmasligiga ahamiyat bering. Anor quruq, salqin joyda 2 haftagacha saqlanishi mumkin. Agar uni uzoqroq saqlashni istasangiz po`stidan tozalab, elim xaltaga soling-da, muzlatgichga joylang. Anorning yangi siqilgan sharbti esa 2 kungacha muzlatkichda saqlanishi mumkin.

Qarshi ko`rsatmalar ham bor!

Anor tarkibidagi moddalar tish emalini yumshatishi mumkin. Mevani iste`mol qilishdan avval ozroq pishloq eb yuborilsa, hech qanday muammo yo`q. Anor egach, albatta, og`izni iliq suvda chayish lozim.

Yana anorning qon bosimini tushiruvchi ta`siri borligini ham yodda tutmoq zarur. Shuning uchun gipotoniya bilan og`rigan bemorlar bu mevani bir kunda bir donadan oshirmasliklari kerak.

Anorni ko`p eb yuborsangiz, qabziyat yuz berishi mumkin. Shuning uchun kolit, kolpit va boshqa ichak kasalliklari bilan og`rigan bemorlarga anor sharbati tavsiya etilmaydi.

Shifokor-terapevt Abduhalil BANNAEV tavsiyalari

asosida BARNO tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: