Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Anoreksiya — yolg`on ideallarga ergashgan qizlar xastaligi
Anoreksiya — yolg`on ideallarga ergashgan qizlar xastaligi

Anoreksiya — yolg`on ideallarga ergashgan qizlar xastaligi

Anoreksiya — yolg`on ideallarga ergashgan qizlar xastaligi
— Singlimning bo`yi 160 sm. Vazni esa 60 kilogramm edi. Nima bo`ldi-yu, bir yil ichida 20 kiloga ozib ketdi. Shu darajada o`zini turli parhezlar bilan qiynab yuborganidan, hozirda egan ovqatini ham qayt qilayapti. Taom tanovul qilishga majburlasak ham foydasi bo`lmayapti. Nima qilishni bilmay qoldik. O`zi bo`lsa xastaligi, bu hatti-harakatining oqibati yomon bo`lishi to`g`risida eshitishni ham, gaplashishni ham istamaydi. Undan juda xavotirdaman.

Dilfuza, Namangan viloyati

Mutxassis — tibbiyot fanlari doktori, professor Shahnoza Magzumova.

Bu qanday xastalik?

Asab tizimi faoliyatining buzilishi oqibati yuzaga keluvchi anoreksiya — og`ir psixologik va fiziologik xastalik bo`lib, tana vaznining katta qismi yo`qotilishi bilan kechadi. U bemor tomonidan ataylab orttirilgan bo`lib, odatda balog`at yoshiga etgan qizlarda uchraydi. Biroq o`smir yigitlar, bolalar, hatto katta yoshli erkagu ayollar ham kasallikdan himoyalanmagan.

Xayoliy qo`rquv haqiqiy kasallikka olib keladi

Anoreksiyaning asosida taomlanish tartibining buzilishi yoki vazn bilan bog`liq muammolar emas, aynan psixologik, ya`ni inson ruhiyati, ongidagi kemtikliklar yotadi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri esa vazn ortishidan qattiq qo`rqishdir. Bu hissiyot miyaga shu qadar chuqur o`rnashib olganidan bemor taomdan butunlay voz kechishga ham tayyor turadi. Oddiyroq qilib aytganda bemor o`z tanasini noto`g`ri qabul qila boshlaydi. Tassavvurida yaratib olgan ideal qomatga o`xshashga tirishadi, unga o`xshamasligidan tushkunlikka tushadi. Bunday holatlarda atrofdagilarning — ota-ona, shifokor, do`stu dugonalarning fikrlari hech qanday ahamiyat kasb etmay qo`yadi. Bemorning yagona maqsadi idealiga yaqinlashishga aylanib qoladi. O`smirlar shunchalik ta`sirchan bo`lishadiki, bir qarashda arzimasdek tuyulgan har qanday e`tiroz yoki tanbeh ham ularning ruhiyatiga ta`sir o`tkazib, anoreksiyani ishga tushuruvchi tugmachaga aylanishi mumkin. Shuning uchun tashqi ko`rinish borasida tanbeh berayotgan kattalarga juda ehtiyot bo`lish tavsiya etiladi.

Erta aniqlangani yaxshi!

Xastalik rivojlanishining bir qancha bosqichlari mavjud bo`lib, davo choralari aynan qaysi bosqichda ekaniga qarab ko`riladi.

1. Dastlabki bosqich — ikki yildan to`rt yilgacha davom etishi mumkin. Bu davrda asosan bemorda tashqi ko`rinishidan qoniqmaslik, o`zi ortiqcha deb hisoblagan vazndan xalos bo`lishga harakat qilish, depressiyaga moyillik kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari kayfiyatning keskin o`zgarishini ham kasallik alomati deya qabul qilish lozim. Odatda, qancha kam vazndan xalos bo`lsa, kayfiyati shuncha tushib boraveradi.

2. Anoreksik bosqichida bemor o`z tashqi ko`rinishi va tana vaznini «me`yor»ga keltirish ishlari bilan jiddiy shug`ullanishni boshlaydi. Ya`ni dastlabki holatidan 20-50 foizga ozib ketishi, hayzning kamayishi yoki butunlay yo`qolishi kuzatiladi.

Bu bosqichda bemorlar tana vaznini turli usullar bilan kamaytirishga intiladilar. Va avvaliga atrofdagilardan bu niyatlarini yashirishadi. Jismoniy mashqlar bilan o`zlarini azoblash bilan bir paytda egulik miqdorini qattiq cheklashadi. Har bir ishni turgan holda bajaradilar, uyquni kamaytirib, belni ingichkalashtiruvchi belbog`lardan foydalanishlari ham mumkin. Shuningdek, nazoratsiz holda surgi dorilarini qabul qilish, tinimsiz huqna (klizma)ga murojaat etish ham anoreksiyaning belgilaridan hisoblanadi.

Yana bir keng tarqalgan usul qorin ochganida qayt qilishni keltirib chiqarish hisoblanadi. Quvvat etishmasligi oqibatida miyaga egulik haqidagi fikrlar tobora qiynoq bera boshlaydi, natijada bemor taomni chaynab, keyin qaytarib chiqarish yo`liga o`tib olishi mumkin. Bu davrda unda taomdan qo`rqish, kuchli ochlik hissini kutish, qayt qilish istagi va kaloriyalarni hisoblash odati paydo bo`ladi. Ikkinchi bosqichda bemorning vazni kamayganiga qaramay, holsizlik deyarli kuzatilmaydi. U harakatchanligini saqlab qoladi va ish faoliyatiga ta`sir ko`rsatmaydi. Taom tanovul qilgandan keyin esa tez-tez nafas qisishi, yurakning tez urishi, ko`p terlash kuzatilishi mumkin.

3. Kaxtetik bosqich. Ushbu davrga kelib bemorga ichki organlar distrofiyasi (moddalar almashinuvining buzilishi) tashxisi qo`yladi. Vazn yo`qotish tezlashadi, teri ostidaga yog` qatlami butunlay yo`qola boshlaydi. Yurak mushagi o`zgarib, tana harorati pasayadi, terining elastikligi yo`qoladi. Ko`pgina bemorlar tez sovuqotish, tirnoqlarning sinuvchanligi, soch to`kilishi, tish tushishidan shikoyat qiladilar. Bunday holatda tibbiy yordam ko`rsatilmasa, achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar xasta kishi davolanishni istamasa, unga nisbatan majburiy davo choralari ko`rilishi mumkin.

Davosi bormi?

Albatta, anoreksiya xastaligini davolash mumkin. Bunda psixoterapevt, psixiatr, endokrinolog, oilaviy psixolog va dietolog shifokorlar yordamiga murojaat qilinadi. Shuningdek, mutaxassis nafaqat bemor, balki uning oila a`zolari bilan ham tushuntirish ishlarini olib borishi lozim. Davolashning samaradorligi oila a`zolari, yaqinlarining qo`llab- quvvatlashlariga ham bog`liq.

Mutaxassis — dietolog shifokor Dmitriy Vdovin:

“Dietoterapiya ham samara beradi”

Bir qarashda bizning o`lkaga aloqasi yo`qdek ko`ringan bu xastalik bilan murojaat qiluvchilar soni oxirgi yillarda ortib bormoqda. Tajribadan kelib chiqib, anoreksiya bilan xastalangan bemorlar o`zlarini butunlay sog`lom insonlar qatoriga qo`shishlarini va tashqaridan qaraganda boshqalardan farqlanmasliklarini ayta olaman. Biroq muammoning asl sababi psixologik buzilishlar bo`lgani uchun, bemorlarni avval nevropatolog shifokor ko`rigidan o`tishga undaymiz. Anoreksiyadan aziyat chekayotgan kishilarga ko`p miqdorda va quvvatga boy taomlarni berish mumkin emas. Shuning uchun har bir organizmning o`ziga xosligini inobatla olgan holda mutaxassis tomonidan alohida taomnoma tuziladi. Bunday taomnomada organizmga tushayotgan makro va mikroelementlar, oqsil, yog` va uglevodlar me`yorlashtirilgan bo`ladi.

Vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini tushuntirish uchun bir necha misollarni keltirib o`tishni istardim. Braziliyalik mashxur fotomodel Anna Karolina Reston 22 yoshida, o`zi uzoq kutgan fotosessiyaga sanoqli kunlar qolganida shu xastalik tufayli olamdan o`tgandi. Uning bo`yi 175 sm. vazni esa 40 kilogramm edi. Biroq xastalikdan shifo topganlar ham bisyor. Masalan, Glazgolik Keyt Pancher yigiti «Semirib ketsang, tashlab ketaman» degani uchun uzoq yillar o`zini ochlikka mahkum etgandi. Oxir oqibat uning hayotida bu yigitga o`rin yo`qligi ma`lum bo`ladi. Ko`p o`tmay taqdir Keytga Barri ismli yigitni uchratadi. U Keytga ikki o`lcham katta kelinlik libosini ko`rsatib, «Shu ko`ylakni kiygan kuning senga uylanaman» deydi. Hozirda ularning shirinigna qizaloqlari bor.

Saodat OChILOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: