Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Antibiotiklardan voz kechish uchun 5 sabab
Antibiotiklardan voz kechish uchun 5 sabab

Antibiotiklardan voz kechish uchun 5 sabab

Antibiotiklardan voz kechish uchun 5 sabab
2009-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar Norvegiya bakteriologik zararlangan bemorlarni yotqizish borasida dunyo bo‘yicha eng pastki o‘rinlardan birini egallashini ko‘rsatdi.

Bunday ko‘rsatkichlar sabablari tahlil qilinganda, Norvegiyaning bundan 30 yil oldin antibiotiklardan foydalanishni keskin qisqartirgani va mamlakatga shu guruhdagi kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori-darmonlarni kiritishni taqiqlagani ma’lum bo‘ldi.

Bu mamlakatning tibbiyot xodimlari 80-yillardayoq antibiotiklar organizmga zarar yetkazadi degan xulosaga kelgan. Bu maqolamizda antibiotiklardan voz kechish uchun 5 sababni ko‘rib chiqamiz.

Bakteriyalar mutatsiyaga uchraydi
Ko‘pchilik mamlakatlar tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, bakteriyalarning antibiotiklarga o‘rganish darajasi shundayki, uzog‘i bilan 10 yildan keyin bu dorilar butunlay foydasiz bo‘lib qoladi.

Haqiqatan ham antibiotiklar bilan bir marta davolangandan keyin ularning yana bir marta foyda berishiga ishonib bo‘lmaydi.

Immun tizimi zaiflashadi
Ma’lumki, antibiotiklar zararli va foydali mikrofloralarni bir xilda o‘ldiradi. Buning natijasi organizmga immunitetning jiddiy pasayishi bilan xavf soladi.

Agar kasalliklar bilan antibiotiklarning yordamisiz kurashishga harakat qilinsa, organizmda o‘ziga xos xotira rivojlanadi, buning natijasida esa zararli mikroblar bilan kurashish qobiliyati ham o‘sadi.

Infeksiya yana paydo bo‘ladi
Bakterial zararlanish bilan antibiotik dori-darmonlar yordamida kurashgan bemorlarda takror zararlanish ulardan voz kechgan bemorlarga qaraganda uch marta ko‘proq kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

OITSga chalinish ehtimoli
O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar antibiotik vositalarni muntazam ravishda qo‘llash vaqt o‘tishi bilan immunitetning jiddiy buzilishiga olib kelishini, bu esa o‘z navbatida OITS yuqish xavfini oshirishini isbotladi.

Saratonning paydo bo‘lish xavfi
2002-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar kasalliklarni davolash uchun olti va undan ko‘proq marta antibiotiklardan foydalangan odamlarda saraton kasalliklarining paydo bo‘lish xavfi 1,5 baravar kattaroq ekanligini ko‘rsatdi.

Antibiotiklarni ko‘p qo‘llash ayollarda ko‘krak saratoniga uchrash ehtimolini keskin oshirishi ancha ilgari isbotlangan.

Balki, biroz vaqt o‘tishi bilan tibbiyot antibiotiklardan foydalanishdan butunlay voz kechishga qaror qilishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: