Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ayol ''YO'Q'' Desa Yani Nozlansa Nima Qilish Kerak ?
Ayol ''YO'Q'' Desa Yani Nozlansa Nima Qilish Kerak ?

Ayol ''YO'Q'' Desa Yani Nozlansa Nima Qilish Kerak ?

Ayol ''YO'Q'' Desa Yani Nozlansa Nima Qilish Kerak ?

Ayolning noz qilishi uning aybi
emas, balki erkakning uni oldida
kuchini ko'rsata olishi uchun
imkoniyatdir. Bir shoir "Ayolni
tushunish kerak emas, uni sevish
kerak", deb aytgan ekan. Nega,
desangiz, chunki ayolni erkak
hech qachon tushunmaydi.
Erkak o'ylaganidek ayol mantiqsiz
yoki aqlsiz bo'lgani uchun emas,
balki ayol atrof-muhitga hissiyot
bilan qarashi va barcha amallarni,
gaplarni hissiyot bilan qilishi
uchundir. Erkak esa aksincha,
hissiyotlarga berilmay faqat
mantiqan ish tutishga qodir.
Demak, ayolda mantiq yo'q deyish
notog'ri. Chunki ba'zi
muammolarni hal qilishda quruq
mantiq kerak bo'lsa, ba'zida
hissiyot yordam bera oladi. Undan
tashqari hamma erkak ham o'ta
yuqori darajadagi aqlga ega emas.
Shunda muammo hal qilishda
uning mantiqi unga pand berishi
hech gap emas.
Agar er-xotin muammoni hal
qilishga birgalikda yondashsalar,
ya'ni hissiyot va mantiq ila, u holda
uning yechimi shunchalik to'g'ri
bo'la oladi.
Demakki
erkaklar, ayol
gapiga ham
nazar solishlari
darkor...har
doim ham
mantiq to'g'ri
bo'la olmaydi.
Ba'zida erkaklarning asabi
buziladi, "bu ayollarni tushunib
bo'lmaydi", u meni hech
tushunmaydi", deb. Shunda bir
o'ylab ko'ring, yoningizda sizni
har tomonlama tushinadigan, siz
bilan bir fikrga har doim ega
bo'ladigan, erkak kabi har bir
ishga mantiqan yondashadigan
ayol bo'lgani yoki sizni hal qilib
bo'lmas bir muammo
qiynayotganda u muammoni hal
qilishga mantiqan urinishdan
ko'ra sizni mehr ila yupatayotgan,
yoki farzandlaringiz yig'laganda
ularni jajji muammolarini hal qilish
bilan ovora bo'lmay, bag'riga
bosayotgan, ikki yo'l orasida qay
biri to'g'ri ekanligini bilolmay
turganingizda o'z hissiyotlari bilan
sizga kerakli yo'lni ko'rsatib bera
oladigan ayolning bo'lishi yaxshi
emasmi?
Albatta yaxshi, erkak aynan shu
hissiyotlarga muhtoj. Unda bu
yo'q, bu ham uning aybi emas, bu
uning erkakligidandir. Agar
shunday bo'lmaganda, qadimdan
erkak erkak bilan yashashni
istardi, lekin erkakni doim ayol jalb
qilgan, shunday mantiqqa
tayanmaydigan, lekin chuqur
hissiyot bera oladigan ayol.
Erkaklar,
ayoldan ranjish
kerak emas,
ayolni seving
xolos. voydodshou.net saytidan olindi. Tashrif buyuring afsuslanmaysiz.... Shunda u
naqadar ajoyib
ekanligini
anglaysiz.
Ayol sizning talab yoki
iltimosingizga hafa bo'lib "yo'q"
deyayotgan bo'lsa, demak, "u
qarshi", deb mantiqqa berilmang,
ayol shunchaki shu payt o'zini
haqiqiy ayol, nozlanish tabiatan
berilgan ayol, yonidagi erkak esa
uni ko'tara oladigan kuchli erkak
ekanligini anglashni istaydi xolos.
Albatta, har kuni har bir gapga
"yo'q" deb erini asabiga tegadigan
holatni nazarda tutmayammiz, bu
ayollik emas, balki o'ziga hos
xarakterdir xolos.
Lekin ba'zida ayol ko'ngliga qo'l
solib turish kerak. Shunda uning
nozlanishi, qilayotgan erkaligi,
"yo'q" deyishi sizdan "buning
sababi nima ekan?" yoki "bugun
nima bo'ldi bunga?" degan
savollarga javob izlash emas, balki
ayolingizni erkalab, ko'nglini olish,
mehr va hissiyotlar bilan "ha"
deyishiga undashingiz talab etiladi.
Bir eslab ko'ring, er-xotin urishish
davomida erkak hech narsa
demay, ayolini qattiq quchoqlab
olsa, ayol qay holatga
kelishini.....unga shu payt boshqa
hech narsa kerak emas


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: