Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ayol va qizlar uchun (o'qing ajoyib)...
Ayol va qizlar uchun (o'qing ajoyib)...

Ayol va qizlar uchun (o'qing ajoyib)...

Ayol va qizlar uchun (o'qing ajoyib)...
Ayollar uchun CHIROYLI QOMAT
SIRLARI
Har bir ayol ko‘rkam qaddi
qomatga, go‘zal xusnga ega
bo‘lishni istaydi. Ayniqsa, hozirgi
ayollarning asosiy muammosi
ortiqcha vazn bo‘lib, qomatni
saqlash maqsadida turli parhezlaru
mashqlarni bajarishga
erinishmaydi. Lekin ba’zan tinka
quriganda, sehrli tayoqcha bo‘lsa-
yu, bir zumda 5-10 kiloga ozdirib
qo‘ysa deb, orzu qilib ham
qo‘yamiz. Bunday sehrli tayoqcha
bo‘lmasa-da, bir necha oson usullar
shunday mo‘’jiza ko‘rsatishi
mumkin.
Dunyo mutaxassislari ozish yo‘llari
va vaziyatlarni o‘rganib chiqib,
ularning eng oson 12 ta usulini
tanlab olishgan:
Ko‘proq uxlang Lancet ilmiy
jurnalida yozilishicha, uyqusizlik
semirishga sabab bo‘lar ekan.
Uyquga to‘ymaslik gormonal
me’yorning buzilishiga olib keladi.
Ayniqsa, ishtahani bosuvchi va
jismoniy faollikni oshiruvchi leptin
degan gormon miqdori kamayib
ketadi. Darvoqe, leptin so‘zi yunon
tilidan “ozish” ma’nosini anglatadi.
Uning o‘rnini ko‘proq ovqat talab
etuvchi gormon egallab boradi.
Tabassum qiling
Ishonasizmi, 10 daqiqa miriqib
kulganimizda, 50 kaloriyani
yo‘qotar ekanmiz. Bu degani bir
bo‘lak shokoladga teng quvvatni
chiqarib yuboramiz. Bir yilda kulgi
bilan 2 kilogacha vazndan qutilish
mumkin.
Kulgini engil yugurish bilan
tenglashtirish mumkin.
Mutaxassislarning tushuntirishicha,
kulganda yurak qisqarishi ikki
barobarga oshib, organizmga
kislorod ko‘proq kirar ekan.
Shuningdek, qorin mushaklari va
o‘pka faoliyati oshadi. 10 daqiqalik
kulgi 3 daqiqalik bajarilgan
jismoniy mashqlarga to‘g‘ri keladi.
Iforlardan nafas oling
Aromatli shamlar olib, piyolaga bir
necha tomchi efir moyidan
tomizing va uning isidan nafas
oling va mo‘’jizani poylang.
Odatda ortiqcha vazndan xalos
bo‘lishga qora murch hamda yangi
yanchilgan imbir yaxshi yordam
beradi. Tsitrus (limon, mandarin,
apelьsin va h. k. ) ifori organizmdagi
moddalar almashinuvini
tezlashtiradi. Binafsha va zanjabil
(vanilь) isi ishtahani yo‘qotadi.
Zanjabil ovqat xazmini
me’yorlashtiradi. Yalpiz, limono‘t,
sandal daraxti moyi kishini
bo‘shashtirib, xavotirlarni tarqatadi.
Ayniqsa, parhez tutgan ayollardagi
asabiylikni (istagan egulikni eya
olmagan ayollar ko‘pincha
asabiylashishadi) bosib, ko‘ngilni
tinchlantiradi. Shuningdek, lavanda,
bergamot (tsitruslilarga mansub
daraxt), pixta (oqqarag‘ay) efir
moylari depressiya holatidan
chiqishga ko‘maklashadi.
Aramatli (efir) moylarni atir sifatida
qo‘llash yoki vannalarga qo‘shish,
kiyim javoniga qo‘yib, kiyimlar isini
yaxshilash ham mumkin.
Kiyimlaringizni yangilang
Agar yangi kiyimlar qanchalik
qimmat bo‘lsa, ozishga bo‘lgan
ishtiyoq shunchalik katta bo‘ladi.
Negaki ko‘rkam kiyimni tezroq
kiyish istagi har bir ayolga xos.
Bundan tashqari, qimmat narsani
keyinga, ozgunga qadar javonda
turishiga ko‘z qiymaydi. Shu sababli
ayollar tezroq ozishga harakat
qilishadi va odatda buning
uddasidan chiqishadi ham.
Sevib qoling
Fiziologlar sevgini murakkab
biologik kimyoviy jarayon deb
bilishadi. Bu ma’lum ma’noda
gormonal portlash bo‘lib,
odamning ishtahasiga ta’sir etib,
kishi tomog‘idan egulik o‘tmay
qolarkan. Bundan tashqari,
gormonlarning bu tarzda ishlashi
ovqatning tez xazm bo‘lishiga
yordam beradi. Qarabsizki, ortiqcha
vazndan asar ham qolmaydi. . .

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: