Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bir nechta homilalik homiladorlik (egizaklar)
Bir nechta homilalik homiladorlik (egizaklar)

Bir nechta homilalik homiladorlik (egizaklar)

Bir nechta homilalik homiladorlik (egizaklar)

1. Ikki va undan ko'p homilali
homiladorlik qachon ro'y beradi?
Ikki va undan ko'p homila
ayolning urug'langan tuxumining
bo'linishi natijasida (odatda
urug'langandan so'ng ikkinchi
kuni) sodir bo'lishi mumkin yoki
urug'lanish jarayonida ayolning
bir necha tuxumi bir vaqtning
o'zida urug'lanishi natijasida
vujudga keladi.
Tuxumning bo'linishi
tufayli vujudga kelgan
homiladorlikdan tug'ilgan bolalar
bir-biriga juda o'xshash boladilar.
Bir necha tuxumning urug'lanishi
natijasida tug'ilgan bolalar bir-
birlariga oddiy aka-singil (opa-
uka)dek o'xshash bo'ladilar.
2. Homiladorlikning qaysi
muddatida bir necha homila
borligi aniqlanishi mumkin?
Odatda shifokorlar bir nechta
homila borligini bachadonni tez
o'sib borishidan gumon qiladilar.
Ultra tovushli diagnostika (UTD)
yordamida esa, homiladorlikning
6-7 - haftasida homila sonini aniq
bilsa bo'ladi.
3. Nega ko'p homilali
homiladorlikda bolalar ko'pincha
muddatidan oldin tug'iladilar?
Bachadon ayolning umumiy
jismoniy holatiga bog'liq ravishda
kattalashishi mumkin. Undan ortiq
katta bo'la olmasligi tufayli ko'p
homilali homiladorlikda bolalar
odatda 37 hafta atrofida
tug'iladilar. Ko'p homilali
homiladorlikning faqatgina 10%
40 haftagacha cho'ziladi. Shuning
uchun ayolning asosiy maqsadi
homiladorlikni iloji boricha
uzoqroq cho'zish, kerak bo'lsa u
shifoxonada maxsus ko'rikda
bo'lishi talab etiladi.
4. Ko'p homilali homiladorlikda
bolalar jarrohlik yo'li bilan
tug'ilishi shartmi?
Hozirgi kunda bunday
homiladorlikdan tug'ilgan
bolalarning yarmi tabiiy ravishda
tug'dirilsa, yarmi kesarevo kesilish
yo'li bilan tug'diriladi. Bunda
ayolning salomatligi va
homilalarning bachadondagi
holati alohida ahamiyat kasb etadi.
5. Ko'p homilalikda birinchi
dunyoga kelgan bola keyingi
tug'ilganlaridan ko'ra rivojlanishi
tezroq bo'ladimi?
Yo'q, qaysi homila birinchi
tug'ilishi bolaning keyinchalik
rivojlanishiga aloqasi bo'lmaydi.
6. Ko'p homilali homiladorlikning
o'ziga xos xususiyatlari nimadan
iborat?
- Oddiy homilador ayoldan
shifokor ko'rigida ko'ra ko'proq
bo'lishi kerak.
- Ko'p dam olishi, kuniga kamida
2-3 soat davomida oyoqlarni
baladroqqa ko'tarib yotishi lozim.
- Ortiqcha jismoniy og'irlikdan xoli
bo'lishi kerak.
- Oddiy homilador ayoldan ko'ra
ikki barobar ko'proq vitaminga
boy oziq-ovqatlar bilan
ovqatlanish kerak: kasha, go'sht,
baliqlarning turlari, qovun,
shpinat, dukkakli mahsulotlar,
mevalar, quritilgan mevalar,
vitamin Cga boy mahsulotlar,
sabzavotlar. Faqat ovqatlanishni
oz-ozdan tez-tez amalga oshirish
foydali bo'ladi.
7. Ko'p homilali homiladorlikni
rejalashtirsa bo'ladimi?
Afsuski, yo'q. Faqatgina sun'iy
urug'lantirishda buning iloji bor.
8. Ko'p homilali homiladorlikdan
tug'ilgan bolalarning salomatligi
qanday bo'ladi?
Ko' homilalikda bir homila nobud
bo'lishi, homila juda kam vazn
bilan tug'ilishi va bir yoki bir
nechta homilaning rivojlanishiga
patologik o'zgarishlar vujudga
kelish ehtimoli bor. Shuning uchun
homilador ayol mutaxassislarga
vaqtida uchrab, talab etilayotgan
muolajalarni to'g'ri amalga
oshirishi maqsadga muvofiq
bo'ladi.
9. Ko'p homila bo'lganda nimaga
ahamiyat berish lozim?
Homilador ayol anemiyaga ko'p
uchraydi, ko'p homilali homilador
ayolda esa anemiya vujudga
kelish ehtimoli 2 barobar
ko'payadi. Shuning uchun temir
moddasiga boy mahsulotlarni,
kerak bo'lsa shifokor maslahati
bilan temir moddasiga boy
vitaminlarni iste'mol qilish kerak
bo'ladi.
10. Tug'ilgan bolalarning vazni
bir xil bo'ladimi?
Yo'q, ularning vaznidagi farq bir
necha grammdan 1000
grammgacha farq qilishi mumkin.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: