Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Ba’zilar har doim va hamma joyga kechikadi. Ma’lum bo‘lishicha bunday odamlar tayyorlanishga va yo‘lga ketadigan vaqtlarini qanday rejalashtirishi bilan farq qilishar ekan.

Amerikalik psixoterapevt Xelpmenning fikricha, odatda bunday odamlar yoki tayyorlanish vaqtida qilishlari kerak bo‘lganlarning hammasini hisobga olmaydi yoki har bir ish uchun qancha vaqt ketishini o‘ylab ko‘rmaydi.

Surunkali kechikadigan odamlarga aniqlikka intilishni boshlashi uchun aniq sabab kerak bo‘ladi.

“Ularga boshqalarning dilini og‘ritayotgani to‘g‘risidagi fikr odatda yordam bermaydi. Aksincha bu ularni yaxshi tushunmayotganliklari uchun xafagarchilikni keltirib chiqaradi, — deydi Xelpmen. — Aniqlik ularga nima berishini o‘zlari ko‘rishi kerak”.

Vaqtni to‘g‘ri mo‘ljallashni o‘rganing

Muammoni idrok qilishning o‘zi undan qutulishga yordam bera olmaydi. Shuning uchun Xelpmen shunday mashq qilishni tavsiya qiladi.

Odatda siz tayyorlanishga va yo‘lga qancha vaqt sarflashingizni yozing. Keyin tayyorlanish vaqtida qiladiganlaringizning hammasini ro‘yxat qiling va har bir ish uchun qancha vaqt ketishini hisoblab chiqing. Oxirida hammasini qo‘shing.

Hammasini hisobga oldingizmi? Ko‘pincha biz yuvinish yoki pochtani tekshirish kabi ishlarga ancha vaqt ketsa ham ularga unchalik e’tibor bermaymiz.

Biror joyga borishdan oldin qilishingiz kerak bo‘ladigan ishlaringizning ikkinchi ro‘yxatini tuzing va har birining yoniga bajarishga ketadigan maksimal vaqtni ko‘rsating. Ikkala ro‘yxatni solishtiring. Agar siz kechikishga odatlangan bo‘lsangiz, farqi ancha katta bo‘ladi.

Endi o‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan omillarni aniqlab oling: biror narsani unutgan va qaytib kelishga to‘g‘ri kelgan, avtobus kechikkan yoki siz tirbandlikda qolgan holatlar. Va bu holatlar qanday takrorlanishini hisobga oling.

Yuz berishi mumkin bo‘lgan bunday voqealarning har biri uchun qo‘shimcha vaqt va yana 5 daqiqa har ehtimolga qarshi vaqt qo‘shing.

Hafta davomida bu rejimga amal qilishga harakat qiling. Agar sizda baribir ko‘p vaqt ketayotgan bo‘lsa, sababini o‘ylab ko‘ring, ro‘yxatdagi har bir ishni boshqatdan ko‘rib chiqing.

Har bir ish uchun haqiqatda qancha vaqt ketishini tushunganingizdan keyin sizga vaqtni to‘g‘ri hisobga olish va kechikmasdan aniq vaqtida borish oson bo‘ladi.

Manba: Men’s Health
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: