Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?
Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?

Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?

Biz nima uchun ortiqcha yeb qo‘yamiz?
Bizning bobo-buvilarimiz bir kunda kam-kamdan 5-6 marta ovqatlanishgan, bugungi kunda esa uch marta to‘yib ovqatlanish qoidaga aylangan. Bizning ortiqcha yeyishimizning sababi nimada?

Odamning ozuqaviy fe’l-atvori bir-birini to‘ldirib turadigan ikki gormon – grelin va leptin bilan xarakterlanadi. Grelin – peptid gormon bo‘lib, ishtaha qo‘zg‘atadi, iste’mol qilinayotgan ovqatlar va yog‘lar miqdori sonini oshiradi. Bu belgilar odamning ovqatlar masalasiga javob beruvchi gipotalamusga yetib boradi. Natijada ishtaha ochiladi va ochlik hissi paydo bo‘ladi.

Me’da to‘lishi bilan yog‘ to‘qimalari gormoni – leptin ishlab chiqarila boshlaydi. Leptin – bu energiya almashinuvini boshqarib turuvchi, ishtahani bo‘g‘uvchi peptid gormoni hisoblanadi. Leptin me’da devori asab uchlari va gipotalamus retseptorlariga ta’sir o‘tkazadi, bu bilan miyaga to‘qlik belgisini beradi.

Shunday qilib fiziologik nuqtai nazardan, keragidan ortiqcha yeyish – bu to‘qlik xabarini o‘tkazib yuborish. Lekin nima uchun biz uni e’tiborsiz qoldiramiz? Ortiqcha yeyishning sababi nimada?

Mazali taomning ko‘rinishi va xushbo‘y hidi quvonch gormoni – dofaminni qo‘zg‘atadi. Bu oddiy hol. Muammo shundaki, biz xohlagan ovqatimizni yeya oladigan zamonda yashayapmiz va bunday qo‘zg‘alishlarning har biri ortiqcha yeyish tomon yaqinlashtiradi.

Zamonaviy dunyoda ortiqcha yeyishdan qanday qutulish mumkin? Esingizda bo‘lsin: siz berilgan imkoniyatlarning hammasida ham yemasligingiz kerak.

Har doim organizmga quloq soling. Do‘stlaringiz bilan qahva yoki choy ichishga qaror qilganingizda — qo‘shimcha pirog bo‘lagini haqiqatan ham xohlaganingiz uchunmi yoki odatga ko‘ra yemoqchimisiz, buni yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Mehmondami yoki uydami beixtiyor konfetlar, pishiriqlar va boshqa shirinliklarni yeyishni bas qiling. Biror narsa yeyishdan oldin ortiqcha yeyish ham va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar ham sizga qo‘rqinchli emasligini o‘ylang ko‘ring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: