Bola oldida chekish ta'qiqlanadi!

Bola oldida chekish ta'qiqlanadi!

Bola oldida chekish ta'qiqlanadi!

Ota-onalar farzandi uchun ko'p
narsa qilishga tayyor. Tumandagi
eng zo'r maktabga yuboradilar,
betob bo'lsa, topilmas dori-
vositalarini keltiradilar, o'zi yemay
farzandiga eng zo'r krossovka olib
berishga tayyor bo'ladilar.
Ko'zbo'yamachilikmi yoki haqiqiy
mehrmi bu?
Albatta haqiqiy mehr. Shak-
shubhasiz ota-ona bolasi uchun
bor-yo'gini ayamaydi. Lekin
farzandi uchun, uning salomatligi
uchun chekishni tashlay
oladiganlar bormi? Vaholanki,
aynan shu sigaret isi bolaning
salomatligi uchun eng xavfli
vositadir. Birov farzandingizga
tosh otsa, jahlingiz chiqadimi?
Uning oldida sigaret
chekayotganingizda siz bundan
battar qilasiz.
Afsus yuzlab erkaklar yonida
homilador ayoli bo'la turib chekib
yuradilar, uyda chaqaloq
tug'ilgach uy havosini sigaret hidi
bilan to'ldirib tashlaydilar. Shunday
bo'lsa, yuqoridagi qimmatbaho
kiyim-kechaklar, topilmas dori-
vositalarni keltirishning nima
keragi bor? Bu haqiqiy
ko'zbo'yamachilik. Boshqalarni
oldida bolasi uchun
qayg'urayotganini ko'rsatish
imkoniyati xolos.
Agar erkak haqiqatan
farzandining salomatligi haqida
qayg'urganida avallo uning oldida,
u yashayotgan uyda chekmagan
bo'lar edi.
Tadqiqotlarning
ko'rsatishicha,
chekayotgan
odam oladigan
zarardan ko'ra,
sigaret isini
hidlayotgan
odam bir necha
barobar ko'proq
zarar oladi.
Sigaret isi bor uyda o'sayotgan
bolalar pnevmoniya, astma, otit,
bronxit, sinusit, krup (o'tkir
yo'tal) va ba'zi ko'z kasalliklariga
boshqa bolalarga nisbatan bir
necha barobar ko'proq
chalinadilar.
Halqaro Sog'liq Tashkilotining
statistikasiga binoan chekuvchi
ota-onalar farzandlari
shifoxonaga nafas olish a'zolari
kasalliklari tufayli chekmaydigan
oilalar farzandlaridan 2 barobar
ko'proq murojaat qilar ekanlar.
Undan tashqari sigaret isini
hidlab o'sayotgan bolalar qon
tarkibida organizm uchun foydali
lipoprotein moddasining
kamaygani kuzatiladi. Aynan shu
modda yurakni ishemik
kasallikdan himoya qilib turadi.
Afsus oxirgi yillar tadqiqotlari
shuni ko'rsatdiki, ikki va undan
ko'p oila a'zosi chekadigan
xonadonlarda o'sayotgan
bolalarda kelajakda o'pka
saratoni rivojlanish ehtimoli
yuqori ekan.
Ba'zi sabablarga ko'ra, dunyoda
chekishni qonuniy ravishda
ta'kidlamaydilar. Lekin bizning oila
bu bizning bir kichik dunyodir.
Ana shu o'zimizning dunyoda
farzandlarimizni salomatligi uchun
kurashish o'zimizning qo'limizda.
Xonadonda, bolaning va
homiladorlarning oldida
chekmaslik, sigaret isi bilan bolaga
gapirmaslik unga haqiqiy mehr
ko'rsatishdir.
Qimmatbaho krossovka olib
berish yoki kasal bo'lganidan
keyin qimmatbaho dorilarni topib
kelib maqtanish shart emas, bolam
uchun chekishni tashladim deb
maqtanish kerak. Xotinim
homilador bo'lib qolgani uchun
uyda, uning yonida
chekmayamman deb g'ururlanish
lozim. Mana bu haqiqiy mehr va
kuchdir.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: