Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Bolaga pul berish tarbiyasini buzadimi?
Bolaga pul berish tarbiyasini buzadimi?

Bolaga pul berish tarbiyasini buzadimi?

Bolaga pul berish tarbiyasini buzadimi?
Bolaga pul berish kerakmi? Lozim bo`lsa, necha yoshdan va qanchadan? Kerak bo`lmasa, nimaga? Pul bolani buzadimi yoki pulsizlik? Bunday savollar har qanday ota-onani o`ylantirishi tabiiy. Quyida shu masalaga to`xtalamiz.

Hammasi oiladan boshlanadi!

Agar farzand tinch-totuv, risoladagidek oilada tarbiyalansa, oila a`zolari bir-birlariga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo`lsalar, bolaga pul berish, uning pulga munosabatini shakllantirish borasida turli tajribalar qilib ko`rsa bo`ladi. Ammo oilada muhit nosog`lom bo`lsa, pul bola uchun har qanday holatda ham (ya`ni bersangiz ham, bermasangiz ham) muammoga aylanadi. Demak, eng avvalo, oiladagi muhitni yaxshilang.

«Ha» mi yoki «Yo`q»

Bolaga pul berish kerakmi degan savolga “ha” deguvchilar ham, “yo`q” deguvchilar ham bisyor.

“Yo`q” deguvchilar dalillari:

Bola pulni to`g`ri sarflashni bilmaydi, ota-ona unga nima kerak bo`lsa o`zi olib berishi lozim;
Halitdan pulga o`rgansa, kelajakda xasis va ta`magir bo`lib qoladi;
Doim pul berib turmasangiz, injiqlik qiladigan bo`ladi, o`zi ishlab topmagani uchun pulning qadriga etmaydi;
Yonida ko`p pul yursa, yomon o`rtoqlari ko`payadi, urib olib qo`yuvchilar ham topiladi.
Atrofdagi hammada: ota-onasida, aka-opalarida, tengdoshlarida pul bor-u, faqat unda yo`q. Bola o`zini noqis seza boshlaydi, o`ziga bahosi tushib ketadi;
Pul bersangiz, uni mustaqil ishlatishni, rejalashni, tejashni o`rganadi. Qo`liga pul bermay pulga to`g`ri munosabatni shakllantirish imkonsiz;
Bermasangiz, o`jar, qaysar bo`lib boradi, o`sha pulni o`g`irlab olishi mumkin.

“Ha” deguvchilar dalillari:

Shu sababli qat`iy bir gapni aytishga shoshilmang. Bolalar ham, kattalar ham, oilalar ham turlicha. Vaziyatga qarab ish tutish kerak.

Necha yoshdan boshlanadi?

Ikki qarash bor: yo bola pul sanashni bilgandan boshlab, yoki maktabga chiqqach. Ko`pincha bu ikkisi bir vaqtga to`g`ri kelib qoladi. Bola pul sanash va ishlatishga tayyorligini bilish uchun uni do`konga jo`natib turing. Ko`ring-chi: aytgan narsangizga bergan pulingiz etmasligini sezarmikan, qaytim olishni unutmasmikan, qaytim noto`g`ri qaytarilsa, bilarmikan. Shularning o`zidan bolangiz hayotida pul qanchalik o`rin egallaganini bilib olsangiz bo`ladi.

Qancha berish kerak?

Bolaning yoshi, ehtiyojlari va albatta, imkoniyatlaringizdan kelib chiqib berasiz. Hech qachon falonchi maktabga shuncha olib kelyapti, menga ham bering degan gaplarga ko`nmang. Bolaning real ehtiyojlarini biling va shunga loyiq pul bering. Bordi-yu, har kuni pul bera olmasangiz, buni bolaga tushuntiring. Aytaylik, siz falonchining ota-onasi kabi har kuni unga pul bera olmaysiz, ammo ma`lum vaqtdan keyin unga kutgan narsasini sovg`a qilishingiz mumkin. Mutaxassislar bir masalada yakdil: bolaga xoh haftada, xoh oyda bir bo`lsin, pul berib turish kerak. Bo`lmasa, u o`zi pul ishlab topganda sarflashni bilmaydi.

Qanday ko`rinishda bo`ladi?

Mutaxassislar, bolaga pulni ma`lum vaqt oralig`ida, faqat nimaga sarflashini avvaldan kelishib olgan holda berishni tavsiya etadilar. Masalan, har kuni tushlik uchun yoki oyda bir marta kundalik xarajatlari uchun va hokazo. Ammo bola bu pulni olish uchun ma`lum shartlarga rioya etishi kerakligini bilsin. Ota-ona bolani jazolashda unga pul bermaslik usulini qo`llamasligi kerak. Bu samarasiz, hatto, zararli jazo turidir. Bola ota-ona bilan savdolashishni boshlaydi.

To`g`ri sarflashni qanday o`rgatamiz?

Bolalar ko`pincha pulni birdaniga sarflab qo`yishadi. Pulga engil munosabatning nimalarga olib kelishini bildiring: aytilgan muddatgacha etkaza olmadimi, demak bir-ikki kun pulsiz yuradi. Boshida harajatlarni rejalashtirishni o`zingiz o`rgatib boring: mablag`ni mayda qismlarga bo`lib, vaqti-vaqti bilan berib turing. Bola ortiqcha sarf-harajatga yo`l qo`ymay, rejalab ishlatayotganiga ishonsangiz, haftada bir marta bir haftalik qilib berishingiz mumkin. Bordi-yu, to`g`ri sarflashni eplolmasa, demak, hali u mustaqil xaridlarga tayyor emas. Vaqt, imkon berasiz va kutasiz. Faqat harajatlarni doimiy nazorat qilib borishni unutmang.

Shahnoza TO`RAXO`JAEVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: