Buni har kim bilishi kerak

Buni har kim bilishi kerak

Buni har kim bilishi kerak

Yoxud reproduktiv salomatlik, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va jinsiy tarbiya borasidagi targ’ibotlar xususida ayrim mulohazalar

Odamizotning boshqa mavjudotlardan farqi shundaki, u o’zining jinsiy, intim hayotini maxfiy tutadi, boshqalar ko’zidan yashiradi. Uning fe’lidagi uyat, sharm-hayo, or-nomus kabi hissiyotlar bunday munosabatlarni oshkor etishga yo’l qo’ymaydi.

Shuning uchun har bir odam hayotida, ayniqsa balog’at yoshiga etgan o’smirlar hayotida jinsiy hayot o’ta sirli, maftunkor, jozibali bo’lib, doimo o’ziga tortib, qiziqtirib keladi. Jinsiy hayot oilaviy munosabatlarning poydevori hisoblanadi. Shuning uchun er yuzidagi har bir millat, har bir xalq o’ziga xos uslub bilan o’sib kelayotgan yosh avlodini jinsiy hayotga, oilaviy munosabatlarga tayyorlaydi. Jumladan o’zbeklarning ham qadim-qadimdan yoshlarni jinsiy hayotga, oila qurishga tayyorlaydigan o’z udumlari, an’analari bo’lgan va ular hozir ham mavjud. Bunday o’zbekona tarbiya uslubida inson uchun eng zarur omillarga, ya’ni odob-axloq normalariga, sharm-hayoga, or-nomusga putur etmagan.

Shuning uchun ham insonlarda axloqiy tozalik, jamiyatda ma’naviy poklik saqlangan. Tajribalar ko’rsatadiki, bokira, jinsiy aloqaga kirishmagan, bu borada tajribaga, ma’lumotga ega bo’lmagan yoshlarda uyat, sharm-hayo tuyg’ulari kuchli shakllangan bo’ladi. Bu tuyg’ular yoshlarni odob-axloqli, go’zal xulqli bo’lishlarni ta’minlaydi va milliy qadriyatlar, an’analar ruhida tarbiyalashni osonlashtiradi. Jinsiy aloqaga erta, nikohsiz kirishgan, yoki uni sir-asrorilarini yaxshi bilgan o’smirlarda tajanglik, o’jarlik, buzuq, hayosiz hatti-harakatlar shakllanib, ularni go’zal xulq-atvorli qilib tarbiyalashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham biz o’zbeklarda jinsiy hayot sirlari haqidagi ma’lumotlar maxfiy saqlangan va ilk bora faqat turmush qurish, to’y oldidan qizga yangalari, yigitga kuyov jo’ralari tomonidan o’rgatilgan. Ming-ming yillar davomida yashab oilalarni mustahkam, jinslar orasidagi munosabatlarni barqaror, jamiyatni ma’nan pokiza qilib asrlar osha bizgacha etib kelgan bunday an’ana ayni kunga kelib “yaroqsiz” bo’lib qoldi.

Hozirgi aksariyat qizlar yangalarining nisihatlariga, yigitlar esa kuyov jo’ralarning maslahatlariga muhtoj emaslar. Biz yashayotgan ijtimoiy muhit ularga juda yoshlikdanoq bu sirli olamning sir-asrorini mavh etib, ularning yuzlaridagi iffat pardalarini yirtib tashlayapti. Bu hol qizlarimiz yuzidagi jozibani, latofatni, maftunkorlikni, xulqidagi andishani, nazokatni, tavozeni, yigitlarimiz fe’li atvoridagi go’zallikni qadrlash, sevgi, ishq-muhabbat tuyg’ularini siyqalashtirib ularni bachkana, ma’nan sayyoz qilib qo’ymoqda. Kundalik hayotimizda “gender”, “reproduktiv salomatlik”, “yoshlarni oilaga tayyorlash”, “jinsiy tarbiya” degan terminlar paydo bo’lib, bu borada ko’plab ilmiy va amaliy tadbirlar o’tkazilgan sari biz o’zbeklarning milliy xususiyatimizga, tarixiy madaniyatimizga, ma’naviyatimizga yot bo’lgan holat, ya’ni jinslar orasidagi munosabatlar uyg’unligiga putur etib, oilaviy munosabatlar zaiflashib, ko’plab oilalar kunpoyakun bo’lmoqda.
Ayniqsa xorijiy mamlakatlardan kontratseptiv mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalarning vakillari, ularning mollarini targ’ib etuvchi muassasalar xodimlari, turli-tuman insonparvarlik tashkilotlari o’zbekistonda aholining tug’ilish darajasi ko’pligini bahona qilib yurtimizga oqib kelmoqdalar. Ular aholi orasida, ayniqsa o’smir yoshlar orasida o’ziga xos uslub: turli-tuman dasturlar, seminarlar, o’quvlar, treninglar yo’li bilan jinsiy munosabat sirlarini o’rgatmoqdalar. Bu borada bir qancha uslubiy qo’llanmalar, ommabop broshyuralar yozilib yoshlar o’rtasida bepul tarqatilayapti. Yoshlarni jinsiy tarbiyalash, intim hayotga o’rgatish masalasi suv bilan havodek zarur bo’lib turgan paytda bu holning nimasi yomon, axir u koni foyda-ku?!, degan savol tug’ilishi tabiiy albatta. Hazon.ru saytidan olingan.Kamina ham bu ishlarning barchasidan ezgulik kutgandim. Lekin respublikamizda olib borilayotgan bunday faoliyatlar bilan yaqinroq tanishib shu narsaning guvohi bo’ldimki, o’tkazilayotgan tadbirlarda, nashr qilinayotgan qo’llanmalarda xalqimizning o’ziga xos milliy xususiyati, mentaliteti, qadriyatlari, an’analari hisobga olinmagan. Shuning uchun ham bunday tadbirlardan ko’zlangan ijobiy natijalardan ko’ra salbiy oqibatlari o’zini ko’proq zohir qilmoqda.
Misol tariqasida, reproduktiv salomatlik sohasida UNESCO, UNFPA va O’z.R.Sog’liqni saqlash vazirligining qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “tengdosh-tengdoshga” ta’limi bo’yicha treynerlar tayyorlash qo’llanmasi bilan tanishaylik. Ta’lim dasturi 5 kunga mo’ljallangan bo’lib unda ishtirok etuvchilar maktab yoshidagi o’smir qizlar va o’g’illardir. Mashg’ulotlarda qizlar va o’g’illar aralash holda guruhlarga bo’linib, davra qurib o’tirgan holda ishtirok etadilar. Turli o’yinlar, suhbatlar, savol-javoblar, ko’rgazmali materiallar bilan qiz va yigitlar jinsiy a’zolar, jinsiy holatlar, intim munosabatlar haqida ma’lumot oladilar.

Shulardan biri, masalan, uchinchi kungi mashg’ulot tafsiloti bilan tanishaylik:

1. Prezirvativni ishlatilishi Prezirvativnidan to’g’ri faydalanishni namoyish qiling.

Trener prezirvativni yasama olatga kiydirish va olib tashlashni namoyish qiladi.

Kichik guruhlarga bo’linib yasama olat bilan mashq qiling.

Bir yoki birnecha qatnashchilardan shu mashqni namoyish qilishlarini so’rang. Guruhning qogan a’zolari ularni nazorat qilib turishadi.

Guruh mashqlar yuzasidan muhokama qiladi.

Trener unga yakun yasab, prezervativlardan to’g’ri faydalanish yo’llarini batafsil tushuntiradi. 1.Breynstorm: Nima uchun odamlar prezervativdan foydalanishni yoqtirmaydilar?

Javoblarni doskaga yozing.

Va hokazo. Endi shu mashg’ulotlarda birga-birga, aralash-quralash bo’lib o’tirgan o’zbekning ma’suma qizaloqlari-yu, navjuvon yigitchalarining holatini ko’z o’ngingizga keltiring-u xulosa chiqaring. Biz qosh qo’yamiz deb ko’z chiqarib qo’ymayapmizmi? Bokiralik ramzi bo’lgan ibo, uyat, sharm-hayo degan nafis xulq-atvorlarning kushandasiga aylanmayapmizmi? Bunday mashg’ulotlarni bizning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizdan kelib chiqgan holda, ya’ni qizlar va o’g’illar alohida-alohida tarzda tashkil etilsa natijasi samaraliroq bo’lardi.

Bugungi kunda bolalarga jinsiy tarbiya berish, intim hayotning sir-sinoatlarini o’rgatish suv bilan havodek zarur. Chunki, birinchidan, o’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy tuzimi, u tanlagan yo’l, ya’ni bozor munosabatlariga tayangan huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyati qurish yo’li butun dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar olib borish imkoniyatini ochdi. Bu holat ko’plab pornografik, shahvoniy axborotlarni yurtimizga kirib kelishiga sabab bo’lmoqda. Bular bolalarda juda erta shahvoniy tuyg’ularini uyg’otib, jinsiy hayotga qiziqishilarini oshirmoqda. Shunday holatda biz bolalarimizga jinsiy masalalarni o’zimiz to’g’ri o’rgatmasak, ular o’zboshimchalik bilan turli hatti-harakatlar qilib, o’zlarini ham jismonan, ham ruhan majruh qilib qo’yishlari mumkin. Ikkinchidan, chegaralar ochilib, fuqarolarimizning chet ellarga chiqishlari va chet elliklarning yurtimizga ko’plab kirib kelishlari turli-tuman jinsiy kasalliklarni tarqalish imkoniyatini paydo qilmoqda. Bunday kasalliklarni yuqtirishdan muhofazalanish uchun jinsiy munosabatlar haqida ma’lumotga ega bo’lmoq kerak. Uchinchidan, er-xotin orasidagi jinsiy, intim munosabatlarning uyg’unligi oilaviy hayotning barqarorligini, ular orasidagi munosabatlar mustahkamligining asosiy mezoni ekanligini hozirgi zamon fanlari ilmiy tahlillar bilan isbotlab berdi. Shuning uchun oila qurishga kirishgan yoshlar jinsiy hayot haqida etarlicha ma’lumotga ega bo’lmoqliklari shart.

Shuni ochiq aytish kerakki, biz o’zbeklarda farzandlarimizga beriladigan tarbiyaning eng zaif tomoni - jinsiy tarbiyadir. Bu borada biz mutlaqo tajribaga, bilimga ega emasmiz. Har birimiz o’z yoshligimizni, o’spirinlik, o’smirlik yillarimizni eslasak, jinsiy faoliyat bilan bog’liq masalalarda ko’plab qiyinchiliklarga, tahlikalarga, ruhiy iztiroblarga duch kelganligimizni ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa hozirgi ulkan ijtimoiy-ruhiy o’zgarishlar davrida biz o’zbeklar jinsiy hayot borasidagi no’noqligimiz, bilimsizligimiz oqibatida ayanchli, ba’zan kulgili holga tushib qolmoqdamiz. Hazon.ru saytidan olingan.Qanchadan-qancha ne-ne yaxshi niyatlar, ibratli tadbirlar bilan barpo etilayotgan oilalarning barbod bo’layotganligi ham, jinslar orasidagi munosabatlarga putur etib, er-xotin orasidagi nizo va janjallar kun sayin ortib boryotganligi ham, yoshlar juda erta, nikohsiz jinsiy aloqaga kirishib, jamiyatda axloqsizlik avj olayotganligi ham, ularning hatti-harakatlarida hayosizlik, andishasizlik, orsizlik tobora gurkirab borayotganligi ham biz katta avlodni hanuz hushyor torttirmayapti. Muammoning echimini jo’ngina, ya’ni qaynanaga, ota-onaga, yoshlarning sabrsizligi, engil-elpiligiga bog’lab tushuntirishga urinmoqdamiz. Biz ota-onalar hali ham farzandlarimizni jinsiy tomondan tarbiyalashni o’zimizga ep ko’rmay, eski, qadimiy an’analarimiz qobig’iga o’ralib yuribmiz. Bunday an’analarning umri tugab bo’lganligini hali ham his eta olmayapmiz.

Vaholanki, bunday illatlarning eng asosiy sababilaridan biri - jinsiy tarbiyaning yo’qligidir. Jinsiy tarbiyaning zaifligi ayniqsa millatimizning barkamolligi uchun mas’ul bo’lgan qizlarimizni baxtsiz qilib, ularni qattiq, ayanchli ruhiy iztiroblar, ma’naviy qiyinchiliklar girdobiga otmoqda. Yashirishning hojati yo’q, ayni kunlarda aksariyat yigitlar nikohga jinsiy munosabatlar borasida etarli tajribaga ega bo’lib kirishmoqdalar. Nikohga kirayotgan qizlarda esa bu borada tajriba ham, etarli bilim ham yo’q. Chunki, bizning an’anaviy muhitimiz yigitlar ga nisabatan qizlarni nikohsiz jinsiy aloqaga kirishini qattiq qoralaydi. Bunday holat oila qurgan yigit va qizning jinsiy munosabatlarida ilk kundanoq nomutanosiblik paydo qilib, bir-birlaridan jinsiy qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi. Jinsiy qoniqmaslik esa er-xotin orasidagi nizolarning eng asosiy manbaidir.

Buning oqibati er-xotinni “mijozimiz to’g’ri kelmadi”, degan iboradan iborat arizasini ko’tarib sudgacha borishga majbur qilmoqda. Xo’sh, jinsiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish uchun biz kattalar nimalar qilishimiz, qanday yo’l tutmog’imiz darkor? Ishonchim komilki, biz o’zbeklarda biror bir ona qiziga , yoki ota o’g’liga jinsiy hayotning barcha ikr-chikrlarini gapirib berolmaydi. Andisha, uyat, ota-ona va bola orasidagi nozik pardalar bunga yo’l qo’ymaydi. Har bir ota-ona tarbiyaning samaradorligini oshirish uchun ham bu pardalarni ko’tarilmasligini xohlaydi. Lekin ular o’z bolalariga jinsiy munosabatlarning ayrim bir jihatlarini chiroyli qilib, bolaning shahvoniy tuyg’ularini qo’zg’atmay tushuntirib berishlari mumkin. Tushuntirib bera olmagan tomonlarini esa ishonchli, yaqin qarindosh yoki tanish-bilishlardan iltimos qilish kerak.

Agar jamiyatimizda jinsiy tarbiya borasida turli muassasalar tashkil etilsa, yoki hech bo’lmaganda zags idoralari qoshida maslahatxonalar, o’quv markazlari ochilsa, ota-onalarning mushkuli biroz engillashgan bo’lardi. Maktablarda, o’quv muassasalarida bolalarni jinsiy tarbiyalash, yoshlarni oilaga tayyorlash ishlarini izchil yo’lga qo’yish darkor. Chet el tashkilotlarining ham bu boradagi faoliyatlarini kengaytirish, qo’llab quvvatlash lozim. Lekin, bu borada juda zarur bo’lgan bir narsani, ya’ni bizning milliy xususiyatlarimiz, an’analarimiz hisobga olishnishini, ular hurmat qilinishini, unga putur etkazmasliklarini qattiq talab qilishimiz lozim. Bunday mashg’ulotlarga qizlar va yigitlar alohida-alohida bo’lib qatnashishlari, imkoni bo’lsa yakka, individual tartibda ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday uslubning yoshlarda shahvoniy tuyg’ularini qo’zg’atmaslik, ularning odob-axloqlariga, xulq-atvorlariga sal biy ta’sir etmaslik borasida samaradorligi baland bo’ladi. O’qitish, o’rgatish uslublari bilan ayniqsa ota-onalar qiziqishlari va uni qattiq nazorat qilishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, bizning jinsiy tarbiya, reproduktiv salomatlik va yoshlarni oilaga tayyorlash borasida amalga oshirish lozim bo’lgan ishlarimiz juda ko’p va murrakkabdir. Bu borada loqaydlikka yo’l qo’ysak uning oqibati tuzatib bo’lmas darajadagi fojealarga sabab bo’lishi mumkin. Eng yomoni yosh avlodning ta’na-malomatiga qolib, ularning la’natiga uchrashdir. Bundan bizni ollohning o’zi asrasin!


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: