Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Buyumlarning oqligini qanday saqlash mumkin? Beshta oddiy maslahat
Buyumlarning oqligini qanday saqlash mumkin? Beshta oddiy maslahat

Buyumlarning oqligini qanday saqlash mumkin? Beshta oddiy maslahat

Buyumlarning oqligini qanday saqlash mumkin? Beshta oddiy maslahat
Maqolada kiyim-kechaklar va boshqa buyumlarning oppoq tusini qanday saqlab qolish haqidagi maslahatlar bilan tanishasiz.

Eskirgan, ketishi qiyin bo‘lgan dog‘lar va ter dog‘laridan qutulamiz

3 dona limon sharbatini 80 g kir yuvish kukuni, 1 osh qoshiq osh tuzi va 2 litr suv bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmaga buyumlarni 1 soat ivitib qo‘ying, keyin ularni yaxshilab chayqab oling. Samarasini kuchaytirish maqsadida aralashmaga bir necha tomchi nashatir spirti qo‘shing. Ehtiyotlik choralariga amal qiling!

Yoqa va yenglarni asl holiga qaytaramiz

Kirlangan yuzaga osh tuzi seping, limonni ikkiga bo‘ling va muammoli joylarni u bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng buyumni iliq suvda chayqang.

Ko‘ylaklarni va choyshablarni oqartiramiz

Bir litr suv va 2 dona limon sharbatidan iborat aralashma ichiga buyumlarni ivitib qo‘ying. 40 daqiqadan so‘ng ularni kir yuvish mashinasiga soling.

Nozik matolarni tozalaymiz

2 litr suvga 50 ml idish yuvish vositasi va 50 ml vodorod peroksidi qo‘shing. Buyumni hosil bo‘lgan aralashma ichida yarim soat qoldiring, keyin esa iliq suvda yaxshilab chaying.

Choyshablarni yuvamiz

Choyshablarni achigan sutga ivitib qo‘ying. Bir-ikki soat qoldiring. Bakteriyalar choyshablarni nafaqat tozalaydi, balki gazlamaning tuzilishiga va iplarining qalinligiga zarar yetkazmasdan uni yumshoq qiladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: