Chet elga chiqish qachon cheklanadi?

Chet elga chiqish qachon cheklanadi?

Chet elga chiqish qachon cheklanadi?
— Men o`tgan yili 7 million so`m kredit olgan edim. Kreditni yopish uchun yana 2 yil to`lov qilishim zarur. Rossiyaga ishlash maqsadida bormoqchi bo`lsam meni chegaradan qaytarishlari mumkinmi?

Ba`zida qandaydir sabab bilan aeroport yoki vokzaldan chiqishiga “zapret” bor ekan deb qaytarib yuborilgan odamlar haqida eshitib qolamiz. O`z o`zidan savol tug`iladi, kimlarning O`zbekistondan chiqishi cheklanadi?

Amaldagi qonunchilikka ko`ra quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin deb ma`lumot berildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida:

a) agar shaxs davlat siri hisoblangan ma`lumotlardan voqif bo`lsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo`lsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lsa — ish bo`yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
v) agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli residivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining ma`muriy nazorati ostida bo`lsa — sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish to`xtatilgungacha;
g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo`lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;
d) agar shaxs o`zi to`g`risida qasddan soxta ma`lumotlarni bergan bo`lsa;
e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da`vosi qo`zg`atilgan bo`lsa — ish ko`rib chiqilgunga qadar;
j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro`yxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo`lsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni o`tagunga qadar O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
z) agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida vakolatli organlarning ushbu shaxsning chet elda bo`lgan vaqtda kelgan mamlakati qonunlarini buzganligi to`g`risidagi axboroti, shuningdek borishi maqsadga muvofiq emasligini ko`rsatadigan axboroti mavjud bo`lsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki yil o`tgunga qadar.

Yuqoridagi holatlarning aksariyati tushunarli va cheklash qo`llanilgan shaxs undan juda yaxshi xabardor bo`ladi.

Shu bilan birga, amaliyotdan ma`lumki ayniqsa kommunal sohada, shaxslar o`zlariga nisbatan qarzdorlikni undirish bo`yicha sud qarori borligini bilishmaydi yoki unutib qo`yishadi.

Bunda shuni hisobga olish lozimki, sudni qarzni undirish bo`yicha tegishli hujjati mavjud bo`lib, davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi ochilgan bo`lsa shaxsga nisbatan xorijga chiqishga taqiq joriy etilgan bo`lishi mumkin.

Xorijga chiqishni cheklash faqatgina eng kam ish haqining ikki baravaridan ortiq qarzdorlik uchun qo`llaniladi.

Davlat ijrochisining qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to`g`risidagi qarori ijro etilishi shart va faqat sud yoki davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda to`xtatiladi.

Davlat ijrochisi qarorining ijrosi ichki ishlar va Davlat chegarasini qo`riqlash organlari tomonidan muhokama qilinishiga, to`xtatilishiga yoki boshqacha tarzda to`sqinlik qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.

Yuqoridagilarga ko`ra yaqin orada chet elga safar qilishni rejalashtirayotgan shaxslar barcha qarzlarini to`laganliklariga amin bo`lishi lozim.

Taqiq bor-yo`qligini esa https://mib.uz/restriction manzili orqali tekshirib ko`rish mumkin.

Agar shaxsga taqiq qo`llanilgan bo`lsa u qarzlarni to`lagandan keyin ijrochidan taqiq olib tashlanganiga aniqlik kiritib olishi lozim.

Bunda to`liq ishonch hosil qilish uchun albatta rasman yozma ravishda murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: