Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?
Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?

Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?

Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?
Inson organizmidagi minerallar va foydali moddalar konsentratsiyasi dengiz suvi konsentratsiyasiga o‘xshash bo‘ladi, shuning uchun dengiz tuzi — tana va terini boshqarish, himoya qilish va tiklashda bizning sodiq ittifoqchimiz ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

Dengiz tuzining oddiy tuzdan farq qiluvchi asosiy xususiyatlaridan biri minerallardan tashkil topganidir. Dengiz tuzida har biri teri holati va faoliyatida muhim rol bajaruvchi magniy, kalsiy va kaliy moddalari mavjud. Uning mineral muvozanati izdan chiqsa, u quruq, so‘ligan, bezovta va toshmalar toshishga moyil bo‘lib qoladi. Bu muvozanatni tuzatishda va teri qarishini sekinlashtirishda dengiz tuzi yordam beradi.

Tiklovchi niqob

Dengiz tuzi va asal terini yumshatishga, toshmalar va bezovtalikni ketkazishga yordam beruvchi yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Ular shuningdek yog‘ bezlari ishini yaxshilash va kerakli joylarda namlik darajasini tiklashga yordam beradi.

Qo‘llanilishi: 2 choy qoshiq mayda dengiz tuzini 4 osh qoshiq xom asal bilan aralashtirib pasta holatiga keltiring. Aralashmani tozalangan quruq teriga ko‘z atrofi sohasini qoldirib,tekis qilib suring. Niqobni 10—15 daqiqa qoldiring. Yuzingizni yuvishdan oldin iliq suvga botirilgan yumshoq sochiq bilan niqobni artib oling. Keyin yuzingizni iliq suvda ehtiyotlik va mayin silovchi harakatlar bilan yuving va qurigandan so‘ng krem suring.

Yog‘li teri uchun qurituvchi vosita

Dengiz tuzi teshikchalarni chuqur tozalashda, teri yog‘i ishlab chiqarilishini tenglashtirishda va toshmalarni yuzaga keltiruvchi bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.

Qo‘llanilishi: 1 choy qoshiq dengiz tuzini 0,5 piyola iliq suv bilan aralashtiring, batamom erib bo‘lishini kuting va purkagichga quying. Suvni quruq va tozalangan teriga ko‘z atrofini qoldirib seping. Bir kunda 1—2 marta seping.

Tana uchun yumshatuvchi skrab

Dengiz tuzi — terining o‘lik hujayralarini ehtiyotlik bilan ko‘chiruvchi tabiiy vosita. Uning tarkibidagi minerallar terini yumshatadi va undagi suv muvozanatini tiklaydi.

Qo‘llanilishi: 0,25 piyola dengiz tuzini 0,5 piyola zaytun yog‘i yoki eritilgan kokos yog‘i bilan quyuq pasta holiga kelguncha aralashtiring. Ta’bingizga ko‘ra sevimli bo‘lgan efir yog‘idan 10 tomchi qo‘shishingiz mumkin. Skrabni tanangizga silovchi yumshoq aylanma harakatlar bilan suring.

Yoshartiruvchi skrab

Dengiz tuzi terini nafaqat yumshatadi, va uni tiklaydi ham. Aloe namlantiradi, tuzatadi va teri hujayralarini yangilaydi, shuningdek lavanda ham tabiiy zararsizlantirish xususiyatiga ega va qon aylanishini yaxshilaydi

Qo‘llanilishi: 0,5 piyola dengiz tuzini 0,25 piyola aloe toza sharbati yoki geli, 0,25 piyola o‘zingiz yoqtirgan yog‘, 1 osh qoshiq quritilgan lavanda gullari va 10 tomchi lavanda efir yog‘i bilan aralashtiring. Skrabni tanangizga silovchi yumshoq aylanma harakatlar bilan suring.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: