Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​«Dovuchcha egim kelayapti…» Nima egingiz kelayotganining farzand jinsiga ta`siri bormi?
​«Dovuchcha egim kelayapti…» Nima egingiz kelayotganining farzand jinsiga ta`siri bormi?

​«Dovuchcha egim kelayapti…» Nima egingiz kelayotganining farzand jinsiga ta`siri bormi?

​«Dovuchcha egim kelayapti…» Nima egingiz kelayotganining farzand jinsiga ta`siri bormi?
Men

Homiladorlik davrida falon narsani eging kelsa o`g`il, pismadon narsaga boshqorong`i bo`lsang, qiz ko`rasan, degan gaplarni ko`p eshitganman. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqadigan bo`lsam, bu gaplarda jon bordek. Masalan, o`g`limga homiladorlik paytimda nuqul go`sht egim kelardi. Toksikoz ham juda engil o`tgan, rangim tiniqlashib, chehram ochilib, bir husnimga o`n husn qo`shilgandi. Buni o`sha paytlar tushgan fotosuratlarim ham tasdiqlab turibdi. Qizimda esa aksincha, toksikoz og`ir kechdi, uch oy hatto suv ham icholmay, nuqul tomchi dorilar bilan kun ko`rdim. Ozib-to`zib, rangim qorayib, sochlarim to`kilib, tirnoqlarim sinib, juda xunuklashib ketgandim. Meni ko`rganlar qiz (qiz bo`lgandayam, sohibjamol) tug`asan, deyishardi. Toksikoz o`tib, ul-bul eya boshlaganimda esa nuqul shirinlik, mevalar, barra bodring va pomidorli salatlarga ko`nglim sust ketdi. Taxmin qilinganidek, chiroylikkina qiz ko`rdim. Ammo bu birgina holat olamshumul nazariyaning isboti uchun kamlik qiladi. Shunga ko`ra, atrofimdagi tanish ayollardan, opa-singillar, dugonalardan homiladorlik davrida nima egilari kelganiyu, buning bo`lajak bola jinsidan naqadar to`g`ri darak bergani haqida surishtirdim.

Nafisa, ikki o`g`ilning onasi, uchinchisiga homilador

Birinchi homiladorligimda nuqul go`sht egim kelardi, o`g`il ko`rasan deyishdi, rostdan ham o`g`il tug`dim. Ikkinchisida esa yangi uzilgan qulupnayga boshqorong`i bo`ldim. Qishning chillasi edi, hech qaerdan topib bo`lmadi. Qulupnayli murabbo, sharbat, yogurt, hatto sovun, qog`oz sochiqchalar va yuvinish vositalari ham xumorimni bosolmadi. Oxiri allaqaerdan muzlatilganini topib kelib berishdi, shu bilan biroz tinchlandim. Qiz bo`ladi deb o`yladik. Qayoqda! Yana o`g`il. Ammo o`g`illarimning ikkisi ikki xil tabiatli. To`ng`ichim o`t-olov, erga ursangiz, ko`kka sapchiydi. Kichigim esa yuvoshgina. Uchinchi safar qiz bo`lishidan umidimiz katta edi. Nuqul muzqaymoq va tortlar egim kelayapti. Lekin o`tgan hafta ultratovush tekshiruvidan o`tsam, yana o`g`il dedi. Shirinlikka boshqorong`i bo`lsa, qiz tug`iladi degan gap to`g`ri yo noto`g`riligini bolam tug`ilgach aytaman.

Olima, ikki farzandning onasi

O`g`limga homiladorligimda faqat «kola» ichgim kelardi. Zararli deyishsa ham bir kun ichmasam, o`lib qoladigandek edim. Qizimda esa tarvuz, olma va qurutsiz kunim o`tmaydigan bo`lib qoldi. Chindan ham, nimaga boshqorong`i bo`lganingga qarab kim tug`ilishini aniqlasa bo`ladi, shekilli.

Fazilat, to`rt qizning onasi

Aytishlaricha, homilador bo`lish arafasida er-xotin qattiq ruhiy zarba olsa, kim bilandir urishib, asabiylashsa, qiz tug`ilarkan. Buni olimlar aniqlashibdi. Ammo men qizlarimni yaxshi niyat bilan Xudodan tilab olganman. Chunki turmushimizning ilk etti yilida befarzand edik. To`rt qizimda to`rt xil narsaga boshqorong`i bo`lganman. To`ng`ichimda dovuchcha, ikkinchimda qovurilgan tovuq, uchinchimda handalak, to`rtinchimda esa gazlangan mineral suvga ehtiyojim baland bo`ldi.

Mastura, ikki qizning onasi, uchinchisiga homilador

Xamirli ovqatlarga o`ch bo`lsang qiz, go`shtli taomlar eging kelsa, o`g`il tug`iladi, deyishgandi. To`ng`ichimda somsaxo`r bo`lganimni shu gaplarning isbotiga yo`yib, ikkinchimda kabob egim kelsa, rosa xursand bo`lgandim. Erim ham har ikki kunning birida kabob ko`tarib kelardi. Ammo Yaratganning ishlariga aralashib bo`lmas ekan, yana qiz ko`rdik. Uchinchi homiladorligimda muzqaymoq egim kelganini avval erimga aytishga qo`rqdim. Yana qiz ekan deb xafa bo`lishini istamadim-da! Ammo yashirincha muzqaymoqxo`rlik qilib yurganimni bilib qolib, mendan xafa bo`ldi. «O`g`ilmi, qizmi, pushti kamarimdan bo`lgan farzandim, bolaning ko`nglini halitdan o`ksitma» deb, o`zi har kuni muzqaymoq olib keladi. Kecha ultratovush tekshiruvi o`g`il ko`rsatdi! Boshimiz osmonda!

Nargiza, bir o`g`ilning onasi

Homiladorligimda nimalar egim kelmadi deysiz. Birinchi uch oyda hech nima eya olmadim. Keyin dovuchchaga dilim ketdi. Erim sho`rlik yarim kechasi qo`shnining tomiga tirmashib uzib tushgan bir hovuch dovuchchadan bittaginasini eb, teskari burilganimni ko`rib, yig`lamoqdan beri bo`lgani esimda. So`ng shaftoli egim keldi, mavsum bo`lmasa-da topib kelishdi. Keyin gamburgerga o`tdim, oxirgi oyda esa faqat sho`r bodringni qo`msayman deng. Aksiga olib, oxirgi haftalarda sho`r eyish mumkin emas. Xullas, bir amallab bolamni bag`rimga bosdim. Hozir to`rt yashar bo`lgan o`g`limiz ovqatga shunaqangi injiqki, bir narsani edirish amri mahol.

Aslida biron narsaga boshqorong`i bo`lishning ilmiy izohi bor: homila o`z rivojlanishida etishmayotgan moddani u yoki bu tabiiy mahsulot ko`rinishida talab qiladi. Masalan, kaliy zarur bo`lsa, banan, kalsiy uchun qurut, oqsillar kerak bo`lsa, go`sht va h.k. Lekin ayollarga birgina ilmiy izohning o`zi kamlik qiladi. Ayniqsa, chor atrofimizda biz ishongan (yoki ishonishni istagan) irimlar kunda-kunora o`z hayotiy tasdig`ini topib turganda. Demak, homiladorlikda nima eyishimiz tug`ilajak farzand jinsi bilan bog`liqligi haqidagi gaplarda jon bor. Chunki biz bunga IShONAMIZ!

Shahina tayyorlad
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: