EHTIYoT BO`LING: ShAMOLLASh MAVSUMI!

EHTIYoT BO`LING: ShAMOLLASh MAVSUMI!

EHTIYoT BO`LING: ShAMOLLASh MAVSUMI!
Kimdir yo`talgan, kimdir aksirgan, yana kimdir isitmalagan… Kuz mavsumida bunday holatlarga ko`p guvoh bo`lish mumkin. Xo`sh, gripp yoki tumovga chalinganda, shamollaganda, tomoq og`rig`i, yo`tal bezovta qilganda uy sharoitida qanday choralar ko`rsa bo`ladi? Bu noxush holatlarning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Qaerda, qanday, qanchaga emlatish mumkin? Sahifamizdan shu kabi savollarga javob topasiz.

Tumovda…

Aloening yirik barglarini qaynatib sovutilgan suvda yuvib, arting. So`ng qirg`ichdan chiqarib, doka yordamida suvini siqib oling. Kuniga 3 tomchidan har 2-3 soatda burunga tomizing. Tomog`ingiz og`rigan bo`lsa, aloe sharbati bilan g`arg`ara qilishingiz mumkin.
Tuyatovon (mat-i-machexa) barglarini 2-3 daqiqaga issiq suvga soling. Keyin go`shtqiymalagichdan chiqarib, sharbatini siqib oling-da, 1:1 miqdorda iliq (qaynatilgan) suv qo`shing. Kuniga 3-4 mahal burningizga tomizing.
1 osh qoshiq qizilmiya (solodka) ildizini 1 stakan qaynagan suvda damlang va 15 daqiqaga suv hammomiga qo`yib, aralashtirib turing. 45 daqiqa tindirib, dokada suzib oling. Bu damlama kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
5-6 dona behining o`rtasini, ya`ni urug`i joylashgan qismini 2 stakan suvga solib, qaynating. Biroz sovutib, kun davomida ichiladi. Bu damlama bronxlarni tozalab, balg`am ko`chishiga yordam beradi.
Laringitda…

Surunkali laringitda: zupturum (podorojnik) barglarini maydalab, 1 stakan qaynagan suvda 1 soatga damlab qo`ying. Bu damlama bilan kuniga bir necha mahal tomog`ingizni chaying.

O`tkir laringitda: mavrak (shalfey), qizilpoycha (zveroboy) va moychechak (romashka) gullaridan yarim choy qoshiqdan olib, 1,5 stakan qaynagan suvda damlang. Damlamani tindirib, dokada suzib, tomog`ingizni kun davomida har yarim soatda tez-tez chayib turing.

Shuningdek, 1 bo`lak sarimsoq piyozni 1 stakan sutda qaynating va yarim soat davomida iching.

Bronxitda…

1 osh qoshiq qizilmiya (solodka) ildizini 1 stakan qaynagan suvda damlang va 15 daqiqaga suv hammomiga qo`yib, aralashtirib turing. 45 daqiqa tindirib, dokada suzib oling. Bu damlama kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
5-6 dona behining o`rtasini, ya`ni urug`i joylashgan qismini 2 stakan suvga solib, qaynating. Biroz sovutib, kun davomida ichiladi. Bu damlama bronxlarni tozalab, balg`am ko`chishiga yordam beradi.
Anginada…

1 bosh piyozni qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling. 1 choy qoshiq sharbatni kam-kamdan qultumlab yuting. Muolajani kuniga 3 marta takrorlash zarur.
Bodomsimon bezlar shamollaganda lavlagi sharbati yordam beradi. Lavlagini qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling. Sharbatga 1 choy qoshiq sirka qo`shing va bu aralashma bilan kuniga 5-6 marta tomog`ingizni chaying.
Shamollaganda, isitma ko`tarilganda...
Kattaroq piyolaga 3-4 ta murch donachalari va biroz quruq choy (ko`k choy bo`lgani ma`qul) solib, damlang. Ustini yopib, 5-7 daqiqa tindiring. Issiqligida iching, murchning mazasini ham sezmaysiz. Choyni ichib, yaxshilab o`ranib yoting. 20 daqiqalardan keyin terlaganingizni his qilasiz, isitmangiz ham tushadi.
Shamollaganda ovqatlanishga ham e`tiborli bo`ling. Bunday paytda hazm bo`lishi og`ir ovqatlar iste`mol qilmagan ma`qul. Qaynatma sho`rva, yog`li qatiq, asalli sut kabi mahsulotlar iste`mol qilish kasallikni tezroq engishga yordam beradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: