Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Er-xotinning o`rtasiga kim tushadi?

Er-xotinning o`rtasiga kim tushadi?

Gohida turmushimizda shunday vaziyatlar bo`ladiki, kimningdir maslahatiga, ko`magiga ehtiyoj sezamiz. Har kim ham o`z xatti-harakatlarini chetdan baholay olmaydi. To`g`ri, oiladagi sir sirligicha qolishi kerak. Ammo o`sha oilaning o`zi jar yoqasida turgan bo`lsa-chi? Tahririyatimizga ana shu kabi mazmunda maktublar keladi. Ulardan ayrimlariga ekspertlarimiz yordamida chora izlashga harakat qilamiz...

“OILAMNING BUZILIShINI ISTAMAYMAN, AMMO...”

“Hozir juda mushkul vaziyatdaman. Yoshim o`ttizda. Turmushga chiqqanimga bir yarim yil bo`ldi. Turmush o`rtog`imning fe`liga hech ham tushunolmayapman. Qandaydir qizlar bilan tez-tez telefon orqali gaplashadi, “SMS”lar yozadi. Bir kuni telefonini titkilab ko`rsam, ko`plab qizlarning nomeri yozilgan ekan. “SMS”larni-ku, aytmasam ham bo`ladi. Har birida erkalaydigan so`zlar. Yaqinda bir tanishining tug`ilgan kuniga tort bilan guldasta olib borib, eshigi oldida soatlab kutibdi. Mening tug`ilgan kunimga bir dona gul ham sovg`a qilmagan. Bu menga juda alam qildi. O`zi haydovchi, yaxshi topadi. Lekin menga pul sarflashni istamaydi. Shubhalarimdan xabar topgach, telefonini blokka qo`yibdi. Bu xaqda qaynonamga aytsam, “O`g`limning ishlariga arlashmang”, deb urishib berdi. Hozir homiladorman. Erimning bu qilig`ini qanday tushunishni ham bilmayman. Ayrimlar “Farzanding uchun yashashing kerak”, deydi. Ammo uy zindon, ko`cha xandon bo`lgan inson bilan qandayyashashim mumkin. Farzandimga qanday otalik qiladi? Nima men ko`chada qolganmanmi? Iltimos, maslahat bering, erimning bu fe`lini qanday o`zgartirsam bo`ladi. Oilamning buzilishini istamayman…”

Muattar, Toshkent viloyati

TO`TI AYaDAN 6 TAVSIYa

Avvalambor hamma narsaga sabr bilan erishiladi. Mana ko`rasiz, eringiz sizning oldingizga qaytib keladi. Erinigzdagi bu vaqtinchalik ko`ngilxushliklar o`tib ketadi. Eringiz sizni yaxshi ko`rmaganida, o`z oilasining bekasi qilib olmas edi.
Farzand kutayotgan ekansiz, bu ham sizlarning baxtingiz. Farzand oilani bog`lovchi zanjir deyishadi. Hademay, hammasi iziga tushib ketadi, meni aytdi, deysiz. Siz faqat biroz sabr qiling, ko`proq o`zingizga ahamiyatli bo`ling.
Hozir faqat eringizga insof so`rab, tug`ilajak farzandingiz haqida o`ylashingiz kerak.
Ayrim erkaklar yoshliklarida xato qilib,vaqti-soati bilan o`zlarini o`nglab olishadi. Ungacha ayolga yaratgan sabr bersin, deymiz.
Ba`zilar “Erim oldin qanaqa bo`lganini bilmaysiz-da!” deb qolishadi. Bu ham turmushning osoyishta o`tgunicha bir qancha sinovlarni engib o`tish kerak, degani emasmi? Aytishadi-ku, «Suv bir loyqalanib, keyin tinadi», deb.
Yaqinda farzandli bo`lar ekansiz, bolali bo`lgach, eringizda otalik mehri uyg`onib, “Qilib yurgan noma`qul ishlarimning kasri bolamga urmasin”, deb ko`zi ochilar. Nima bo`lganda ham, oilangizni saqlab qolishni istayotganingiz yaxshi. Ammo sabrqiling, bir kun kelib hammasi joyiga tushadi.

MIRABBOS OTADAN 4 MASLAHAT

Bu vaziyatda sizga yagona maslahatim, o`zingizni avaylang. Siqilib, tushkunlikka tushib o`zingizni ham, bolani ham qiynamang.
Sizni hozirgi eng asosiy vazifangiz — yuragingiz ostidagi mitti odamchani eson-omon dunyoga keltirish. Qolgan muammolarni chetga surib turing.
Eringiz bilan munosabitingizga kelsak, birgalikdagi hayotingizning ilk kunlaridan hozirga qadar nimalar bo`lganu qaysilari e`tiboringizdan chetda qoldi, shu haqda ham o`ylab ko`ring. Axir birinchi kundan shunday bo`lmagandir. U bilan bu haqda gaplashganmisiz? Sizni “hurmat” qilmasligining sababi nimada?
Ba`zi erkaklar ayoliga shunday muomala qilishni to`g`ri deb biladi, kimdir o`z hurmatini ko`rsatishni istamaydi. Bunday vaziyatlarda oldingizda hamisha ikki yo`l turadi. Shu inson bilan toqat qilib yashash yoki oilaviy hayotga nuqta qo`yish. Ammo siz bu ikkisidan tashqari uchinchi yo`lini ham izlang. Ehtimol farzandingiz tug`ilgach, eringiz bunday odatlarini tashlar.
Manba: Darakchi.uz



«Er-xotinning o`rtasiga kim tushadi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]