Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Erkakning ham ko`ngli nozik

Ma`lumki erkak kishi ishlagani sababli, ko`chada, ishxonada go`zal va ko`rkam ayollarga ko`p ko`zi tushadi. Ba`zilari bilan ish yuzasidan muloqotda ham bo`ladi. Albatta, ularga nisbatan havasi bo`ladi, bu tabiiy. Chunki uyida ayoli bunday yurmaydi, u uy tashvishlari bilan o`ralashgan, o`ziga qaramagan bo`ladi. Er rafiqasini beixtiyor ko`chadagi ayollar bilan taqqoslaydi. Va afsuski, moyillik tarozusi o`shalar tomoniga og`a boshlaydi. Sababi kunday ravshan: ular tashqi qiyofalariga qaragan, jozibali, xushmuomala. Bu hislatlar esa ayolida turli sabablarga ko`ra oqsaydi. Er bu tafovvutga ko`z yumishi, kezi kelganda ayolini tushunishi mumkin. Lekin, bu uzoq davom etmaydi. Vaqt o`tgan sari erkakning ko`nglida bezangan, xushbo`y atir-upa sepgan ayollarga nisbatan moyilligi oshib boradi. Uydagi jufti haloliga bo`lgan munosabati o`zgarib boradi, uni suymaydigan, shirin so`zlarni aytmaydigan, ko`ngli bilan hisoblashmaydigan va qo`rs bo`lib boradi. Chunki, er o`zi istagan go`zallikni, nazokat va latofatni uyidan topa olmaydi. “Erkaklar ko`zi bilan sevadi” degan gap bejiz aytilmagan. Modomiki shunday ekan, ayollarimiz, uy bekalarimiz uy ishlaridan vaqt orttirib, ozgina bo`lsa ham o`zlariga qarashlari lozim, to`g`rirog`i shart!

Biz ayollar, yana bir narsani unutmasligimiz lozim. E`tibor, munosabat borasida erkakning ham ko`ngli nozik bo`ladi. Ayol kishi nafaqat tashqi ko`rinishi, balki oqilaligi, go`zal xulqi bilan ham erni oilaga bog`lab turmog`i lozim. Buning uchun u erkakning yaxshi va og`ir kunida yaqin dardkashi, maslahatchisi bo`lmog`i kerak. Sabr-chidamga da`vat qilib, tushkunlikdan chiqishi uchun ko`nglini ko`taradigan gaplarni aytib, yanada irodaliroq bo`lishga undashi kerak. Shu yo`l bilan ayol o`z erining yaqin kishisi bo`lib, uydagi barcha yumushlarni tartibga solib turadi. Hattoki erining ish yuzasidan bajarmoqchi bo`lgan ishlariga hurmat bilan qarab, va`da va uchrashuvlarini o`z vaqtida o`tkazishiga yordam berib tursa, erini yanada uyiga bog`laydi. Chunki bunday oqila, dono ayoli bor har qanday erkak o`z uyida rohat-farog`at topadi, huzur ko`radi. Lekin barcha narsa me`yorida bo`lgani kabi, ayol kishi erining har bir katta-kichik, arzigan-arzimagan yumushlariga ham aralashaverishi yaxshi emas, har bir insonning o`z erki va faqat o`ziga hos yumushi bo`lgani kabi, har bir erning erki va o`z ishi borligini unutmaslik lozim.

Oilada erning bosh bo`lishi, unga itoat qilish, sharq ayollari uchun yozilmagan qonundir. Bunda erga itoatlikni xoru-zorlik, mutelik, o`zini pastga urish deb tushunish va qabul qilish mutlaqo noto`g`ri. Bunday fikrlagan ayollar erining gapini tan olmay, oilada tushunmovchilik keltirib chiqaradilar. Shoshqaloqlik, tez achchiqlanish, talashib-tortishish, tirnoq ostidan kir qidirish va o`zgalarga o`xshab hayot kechirishni erdan talab qilish kabi ishlar ayol kishiga hech qachon obro` keltirmagan. Bunday manmanliklar oilani buzilishiga olib kelishi aniq.

Xulosa shuki, oilaning mustahkam bo`lishi asosan biz, ayollarga bog`liq!
Manba: Darakchi.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (10 Фев 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Erkakning ham kongli nozik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]