Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ERKAMISIZ, SERKAMISIZ? O`TA MAS`ULIYaTLI VA O`TA MAS`ULIYaTSIZ AYoLLARGA BAG`IShLANADI.
ERKAMISIZ, SERKAMISIZ? O`TA MAS`ULIYaTLI VA O`TA MAS`ULIYaTSIZ AYoLLARGA BAG`IShLANADI.

ERKAMISIZ, SERKAMISIZ? O`TA MAS`ULIYaTLI VA O`TA MAS`ULIYaTSIZ AYoLLARGA BAG`IShLANADI.

ERKAMISIZ, SERKAMISIZ? O`TA MAS`ULIYaTLI VA O`TA MAS`ULIYaTSIZ AYoLLARGA BAG`IShLANADI.
Ayrimlar ayollar bor: uyga kirsa ayol, ko`chaga chiqsa erkak. Ya`ni ro`zg`orning butun tashvishi zimmasida. Yana ayrim ayollar bor: bozorda kartoshka necha pulu chiroqning kilovati qanchaligini bilish u yoqda tursin, o`g`lining kundaligiga bir boqishni ham o`ylamaydi. Ular uchun er hamma narsani qilib berishi kerak, hatto biron tadbirga borsa, tog`orasini ham erlari tayyorlab beradi. Xalqda «Tayoqning boshi ham, oxiri ham bo`lma» degan naql bor. Ayol kishi oiladagi mas`uliyat bobida oltin o`rtalikda turishi uchun nima qilmoq kerak? Toki u erkakka aylanib qolmasin-u, ona, beka, rafiqa ekanini ham unutmasin. Shu haqda gaplashamiz.

«Serka» sindromi

Bunday ayollar har jihatdan lider bo`lishga intilishadi. Yo`q, ataylab emas, tabiatan shundaylar. Nimaiki muammo chiqmasin, o`zlari hal qilishga urinishadi. Yonlaridagi er shunchaki bir atribut, xolos. Bozorni ham o`zlari qiladilar, qarorni ham. Xo`sh, bunga kim aybdor? Ayolning o`zi! Erga gapini uqdirolmaydigan, undan oila boshlig`i qila olmaydigan ayollar hamma mas`uliyatni o`z zimmalariga oladilar. Podani ortidan ergashtirib yurish serkaga yarashadi, ayolga emas. Bundan erlar baxtli bo`ladimi? Yo`q, albatta! Erkaklar ikki toifaga bo`linadi: HAQIQIY erkaklar va qolganlar. Haqiqiy erkaklar bunday ayol oldida o`zlarini kamsitilgan, noshud his qiladilar. Natijada, oilaviy muammolar kelib chiqadi. Qolganlar esa shundoq ham ayolning sho`ri. Lekin o`shalarni ham u-bu ishga jalb qilish, elkasiga oz-ozdan mas`uliyat ortib borish mumkin. Xo`sh, kimlar erni mas`uliyatsiz qiladi?

Eriga muntazam pul beradigan ayollar. Erkak o`zi ishlamagani etmagandek, boshqa tekin daromad manbaini topib oladi, bu – xotini. Endi umuman biron narsa qilish va vaziyatni o`zgartirishga urinishning keragi yo`q. Er kundalik xarajat uchun ota-onasidan pul oladigan yosh bolaga aylanadi-qoladi.

Eridan sovg`a kutmaydigan (kerak bo`lsa, talab qilmaydigan) ayollar. Er ayoliga atab nimadir olib kelsa, ayol uni mamnunlik bilan qabul qilsa, ular orasida ma`lum energiya almashinuvi paydo bo`ladi. Bu munosabatlarni uyg`unlashtiradi. Er o`zini qahramon his qiladi. Bu his erkaklar uchun juda zarur, ular vaqti-vaqti bilan qahramon ekanliklarini sezib turishlari kerak. Eriga shunday imkoniyatni bermaydigan, sovg`a olib kelsa «Bekor xarajat qilibsiz» deb urishadigan ayollar o`zlariga ham, erlariga ham, oilalariga ham ziyon keltiradilar.

Hammasini o`zi qilishga intiladigan ayollar. Erni divandan turg`izib biron narsa qildirish – katta mehnat. Bu ayoldan farosat, diplomatiya, ayyorlik kabi qator xususiyatlarni talab qiladi. Undan ko`ra shartta o`zi qilib qo`yaqolgani yaxshi-da, to`g`rimi? Ana shu psixologik erinchoqlik kun kelib ayollarga katta ziyon keltiradi.

Nima qilmoq kerak?

Erkaklarda ro`zg`or yukining kattaroq qismi bo`lishi kerak. Bu ijtimoiy tengsizlik emas, tabiat qonuni. Ayrim ayollar bilan erkak milliarder bo`lib ketadi, ba`zilar bilan esa boridan ham ayriladi. Ayol hammasini o`zi qilishi emas, eriga qildira bilishi kerak.
Yordam kutishni va so`rashni biling. Muammo chiqdimi, ota-onangiz, opa-singlingiz, dugonangiz emas, eringizdan ko`mak so`rang. Uni katta ishlarga ilhomlantirishning yo`llaridan biri – shu. Sizga yordam qilish uchun issiq o`rnida turib, nimadir qilishni boshlaydi, qarabsizki, u yog`i inersiya bo`yicha ketaveradi: nimadir qilaveradi, qilaveradi. Ishlagan esa tishlaydi.
Asabiylashmang, xotirjam bo`ling, niyatni yaxshi qiling. Shu ishni men qilmasam, erim baribir qilmaydi, degan o`ydan voz keching. Biroz tinchlanib, kutib turing, u o`rnidan albatta qo`zg`aladi. Sabr!
Inkor emas, tasdiq bilan gapiring. Shu ishni qilmasangiz, undoq bo`lodurman, bundoq qilodurman, degan «shantaj» va po`pisalar kutilgan natijani bermaydi. Shu ishni qilsak, bundoq bo`pketamiz, falon narsalarga erishamiz, deya rag`batlantiruvchi gaplar bilan eringizning zimmasiga mas`uliyatlarni yuklashingiz mumkin.
Mas`uliyatni oz-ozdan yuklang. Maqolani o`qib bo`liboq birdaniga hamma vazifani eringizga ortishga urinmang. Musulmonchilik asta-sekinlik, deganlaridek, bosqichma-bosqich amalga oshiring, toki yuki og`irlashib borayotganini erning o`zi sezmasin.
«Erka» sindromi

Ayrim ayollar erkalik menga yarashadi, deb umuman ulg`aygilari kelmaydi. Kap-katta xotin ikki bekat naridagi to`yxonaga borish uchun taksi emas, shaharning narigi chekkasida ishlaydigan erini chaqirsa, maktabdagi ota-onalar majlisiga borish u yoqda tursin, farzandini o`qitayotgan o`qituvchining ismini ham bilmasa, mening ishim bola tug`ish, qolganini erim eplasin, u erkakku, deb o`tiraversa, bunisi endi erning sho`ri. Ayrim ayollar ulg`ayishni istamaydilar, jismlari o`ssa-da, psixologik jihatdan taraqqiy etmaydilar. Bu ayyorlikmi, mug`ombirlikmi, aytish qiyin. Faqat bir narsa tayin: katta bo`lish – mas`uliyatlarni zimmaga olish ekanini bu ayollar juda yaxshi tushunishadi. Shu sababli bir umr yosh bola bo`lgilari keladi. Lekin bu juda xunuk ko`rinishini bilmaydilar. Bunday ayollarning erlari yo tashlab ketadi, yo yurib ketadi va yo erta o`lib ketadi (Xudo asrasin!)

Nima qilmoq kerak?

Avvalo, ayolning o`zi o`zgarishni istashi kerak. O`zgarmasa, kelajagi nima bo`lishini anglasa, albatta tipirchilab, otini qamchilab qoladi-ya. Demak, erim bilan qo`sha qariy desangiz, quyidagi maslahatlarga amal qiling:

Nega mas`uliyatni zimmangizga olgingiz kelmayapti? Shu savolga javob izlang. Ya`ni muammoning tub ildizini toping va bartaraf eting. Qo`rquvmi, beparvolikmi, erinchoqlikmi – nima bo`lishidan qat`i nazar, tan olsangiz va o`zgarishni istasangiz, albatta, o`zgarasiz.
Ertangizni o`ylang. Shu ketishda nima bo`lishini tasavvur qiling. Pushti ko`zoynagingizni eching. Xo`jayinim endi nima qilsam ham chidaydi, bir umr men bilan bo`lishga majbur, deb o`ylasangiz, adashasiz. Erni na go`zallik, na yoshlik, na farzandlar bilan ushlab qolib bo`ladi. Chunki bularni boshqa ayol ham berishi mumkin. Erkaklar qaysi ayol yonida o`zlarini qulay his qilsalar, o`shanga intiladilar. Demak, unga hadeb noqulaylik tug`diravermang.
Oz-ozdan mas`uliyatli bo`la boring. Masalan, bu safar ota-onalar majlisi qachonligini o`g`lingizdan so`rang. Bilmasa, o`qituvchisining raqamini olib gaplashing. Qarabsizki, asta-asta maktab hayotining ikir-chikirlarini bila boshlaysiz.
O`zingizni mukofotlang. Deylik, serial ko`rishni yoqtirasiz. Demak, serialni faqat biror ish qilganingizdan keyingina ko`ring. Agar rejalashtirgan yumushingizni bajarolmasangiz, o`zingnizni jazolang va o`sha kuni oynai jahoningizga yaqinlashmang.
Oldingizga maqsadlar qo`ying. Shu maqsadlarga erishish yo`lida har kuni kichik bo`lsa-da, qadam tashlang. Muhimi, boshlashda va irodangizda!
Shahnoza TO`RAXO`JAEVA.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: